O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Firmalar va ular o`rtasidagi aloqadorlik


Download 0.92 Mb.
bet45/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

2.Firmalar va ular o`rtasidagi aloqadorlik.
Firmalarning asosiy shakllari.

Tadbirkorlik mavhum narsa bo`lmay, firmalar faoliyatida ifoda etiladi. Firma bozor uchun ishlovchi korxona.Korxona qaysi mulkka taalluqli bo`lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan yuritiladi. Dehqon xo`jaligi bundan istisno, u fermer xo`jaligi deb ataladi. Qishloq xo`jaligida agrofirmalar ham faoliyat ko`rsatadi.


Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashadi, bozorga qarab ish yuritiladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`ladi.
Firmalar va xo`jaliklar, birinchidan, erkin bozor uchun ishlasalar, ikkinchidan, davlat buyurtmasiga binoan ishlaydilar, tovarni davlatga xarid narxida sotadilar. Shu jihatdan ular yarim mustaqil bo`ladilar.
O`zining faoliyat miqyosiga qarab firmalar kichik, o`rta va yirik korxonalarga bo`linadi. Korxonalarni kichik, o`rta va yirik korxonalarga ajratilishining asosiy belgilari birinchidan, ishlovchilar soni bo`lsa, ikkinchi-

75
dan, korxonada ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi, uchinchidan korxonaning asosiy va aylanma fondlarining qiymati va miqdoridir. O`zbekistonda ishlovchilar soni sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko`rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha bo`lsa bunday korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi.


Korxonalar o`z navbatida kichik, o`rta va yirik biznesni tashkil etadi. Kichik va o`rta biznes serkapital bo`lmaydi, sharoitga tez moslashadi, uning uchun pul topish oson, muhimi unda iqtisodiy xatar kamroq bo`ladi.
Kichik va o`rta biznesda yuqorida qayd qilingan afzalliklar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud.Ular quyidagilardan iborat:

  • xodimlarni jalb etish qiyinroq bo`ladi;

  • shaxsiy muammolar qiyin yechiladi (ta'tilning yo`qligi, xom ashyo, yonilgi-energetika resurslari narxi ko`tarilishi, soliqlar oshirilgani);

  • tadbirkor yakka javobgar hisoblanadi;

  • o`z majburiyatlarini doimiy ravishda ado etib borishga to`g`ri keladi;

  • ixtisoslashgan menejerlik yetarlicha bo`lmaydi;

  • faoliyat muddatining noaniqligi, uning faqat faol paytdagina serdaromad bo`lishi va xokazo.

Firmalarning turlari ko`p, ulardan asosiylarini ko`rib chiqamiz.
Xususiy firma ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona bo`lib, yakka xususiy mulk hisoblanadi.Bunday korxonalar asosan kichik biznes doirasida ish yuritadilar. Xususiy firma egasi yakka sohib, uning ustidan hech kim xo`jayinlik qila olmaydi, topilgan foydani o`zi oladi, ya'ni uni boshqalar bilan baham ko`rmaydi, zararni ham faqat o`zi ko`taradi.
Bunday firmada xatar faqat bir kishining, ya'ni sohib zimmasiga tushadi.
Shirkat firmalari tadbirkorlikda javobgarlikni kamaytirish uchun shirkat shaklidagi firmalar tuziladi. Shirkat bir necha sohalarning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olingan foydani baham ko`rishga asoslangan sherikchilik firmasidir. Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab katta pul yig`ish va uni tadbirkorlikka qo`yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik javobgarligini ko`pchilikka, hatto, puli ozlarning ham tadbirkorlik bilan shug`ullananishiga imkon beradi, ya'ni u kapitalni demokratiyalashtiradi. Shu afzalliklari tufayli shirkatlar keng tarqalgan va ular ikki xil bo`ladi.
A) Mas'uliyati cheklanmagan firma. Uning mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi.
Bu mulkka har bir sherik o`z hissasini qo`shadi. Ammo hissadorlar to`la huquqli va huquqi cheklangan sheriklarga bo`linadi. To`la huquqli sheriklar firmaning ham javobgarligini, foyda-yu zararini ham baham ko`radilar, ular ustav fondiga qancha pul qo`ysalar, hissasiga qarab foyda oladilar.
B) Mas'uliyati cheklangan firma.Uning kapitali sheriklarning ustav fondiga qo`ygan payi hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited» degan so`z qo`shiladi, bu inglizcha «cheklangan» degan ma'noni beradi. Bunday firma bilan munosabatda bo`lganda firmaning faoliyatida ishkallik yuz bersa, undan faqat ustav kapitaliga teng pulni undirish mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak.
Mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli aktsiyadorlik jamiyatlaridir. Aktsionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo`ladi. Ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatida aktsiyalar erkin sotilishi va sotib olinishi mumkin bo`ladi. Yopik turdagi aktsionerlik jamiyatlarida esa aktsiyalar bir necha kishilar (korxonalar)ga tegishli bo`lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas. Aktsionerlik jamiyatlari o`ziga qo`yilgan kapitalning miqdoriga qarab aktsiyalar chiqaradi. Ushbu aktsiyalarni sotib olgan kishilar aktsionerlarga aylanadilar va foydadan o`z hissasi dividendni olishga haqli bo`ladilar.
Aralash firmalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Qo`shma (korxonalar) firmalar ham shunday firmalar qatoriga kiradi.
Kontsern korxonalarning ishlab chiqarish, investitsiya, moliya, texnika, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko`zlaydigan uyushmasi hisoblanadi.
Firmalar shoxobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bo`lib, turli joylarda ish yuritadi. Mazkur korxona mustaqil bo`lmay, bosh firmaning bir qismi hisoblanadi.
Firma mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi sifatida u yoki bu sohada ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir.
Shu sababli universal, ya'ni hamma ish bilan mashg`ul firmalar bo`lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tomoni bor: birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, xarajatlarni pasaytirib, foydani oshirish imkonini beradi. Ikkinchidan, sifatli tovar chiqarishni; binobarin, tovarning bozorda yaxshi sotilishini ta'minlaydi.




  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling