4. Menejmentning mohiyati va uning vazifalari.
Menejment korxonaning faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, rag`batlantirish va nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
Korxonalarning (korporatsiyalarni) samarali harakat qilishi uchun ichki mustahkam aloqalar zarurdir, bu esa uni har xil bo`laklarini yaxlit qilib birlashtirib tashkil etish va boshqarish orqali ta'minlanadi. Menejment nazariyasi sistemali yondashishga asoslangandir, bunda tashkil etish, bir-biri bilan bog`liq va ma'lum darajada tartibga solingan ko`p komponentlardan iborat deb qaralib, u yaxlitlikka va tashqi muhit bilan birlikka ega bo`ladi.
«Tashkil etish» tushunchasi quyidagi tarkibiy qismlarni o`z ichiga oladi.
1. Maqsad, vazifalarni aniqlash. 2. Ish turlarini aniqlash maqsadida vazifalarni guruhlarga bo`lish. 3. Tegishli bo`limlarda mehnat turlarini guruhlarga bo`lish. 4. Vakolatlarni berish, javobgarlikni taqsimlash va boshqarish ierarxiyasida darajalar sonini aniqlash. 5. Tashkilotlarning maqsadga erishishi uchun xodimlarni undaydigan tashkiliy muhitni vujudga keltirish. 6. Qarorlarni qabul qilish, nazoratni va muvofiqlashtirishni ta'minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash. 7.Tashkil etishning hamma tarkibiy qismlari o`rtasida uyg`unlikni ta'minlovchi yagona tashkiliy tizimni qurish.
Boshqaruv sikli.
Boshqaruv sikli to`rtta vazifani bajaradi, bular -rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazoratdir. Bu vazifalar moddiy boyliklar yaratish, mablag` bilan ta'minlash, marketing va boshqalarga doir boshqaruv faoliyatining hamma turlarini o`z ichiga oladi.
Rejalashtirish. Bu vazifa mohiyat e'tibori bilan qarorlar tayyorlash jarayonidir.Rejalashtirish bosqichlari: a) maqsadni o`rtaga qo`yish, b) mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlarni aniqlash, v) muqobil shartlarni belgilab olish, g) eng yaxshi yo`lni tanlash, d) rejani ishga solish va bajarish.
Tashkil etish. Tashkil etish vazifasi menejer va ijrochilar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.
Motivatsiya. Tayyorgarlik choralarini ko`rib bo`lganidan keyin menejer ishning muvaffakiyatli suratda bajarilishini ta'minlashi kerak.Shu maqsadda quyidagilardan foydalaniladi. a)rag`batlantirishdan, ya'ni tashqi omillar yordamida xodimni jo`shqin faoliyatga undashdan; b) asl motivatsiya, ya'ni xodimda mehnatga ichki nazorat (psixologik) rag`batlar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |