Ishlab chiqarish xarajatlari
Doimiy xarajatlar
|
|
O`zgaruvchi xarajatlar
| |
|
Xom-ashyo
Materiallar
Yonilg`i
Transport xizmati
Ishchilar ish haqi
Boshqa xarajatlar
|
Doimiy xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan, tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlardir.
O`zgaruvchi xarajatlar - ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o`zgarishiga bog`liqlikda o`zgaradi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o`rtacha umumiy, o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi.
O`rtacha umumiy xarajatlar yalpi xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng.
O`rtacha doimiy xarajatlar- doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi: O`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar o`zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur.Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo`lib, qo`shimcha xarajat tushunchasi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |