O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


MAVZU : RAQOBAT, UNING ShAKLLARI VA USULLARI


Download 0.92 Mb.
bet55/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

MAVZU : RAQOBAT, UNING ShAKLLARI VA USULLARI.
NARX VA UNING ShAKLLANISh MEXANIZMI


Asosiy savollar :



  1. Raqobatning mohiyati va turlari, usullari.

  2. Raqobat va monopoliya. Davlatning antimonopol siyosati.

  3. Narx shakllanishining ob'ektiv asoslari.

  4. Narxlar darajasiga ta'sir etuvchi omillar.Narxlar tizimi.



Tayanch iboralar:


Raqobat. Monopoliya. Oligopoliya. Antimonopoliya. Narx. Ijtimoiy mehnat sarfi. Ulgurji narx. Chakana narx. Dotatsiyalashgan narx. Demping narx. Muvozanat narxi.


1.Raqobatning mohiyati va turlari, usullari.

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo`jaligining eng muhim belgisi hisoblanadi.I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko`rsatib «Raqobat bo`lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo`lmaydi. Raqobat- bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1 deb yozadi.


Raqobat ishlab chiqaruvchilar o`rtasida, iste'molchilar o`rtasida, resurslarni yetkazib beruvchilar o`rtasidagi kurashdir.

Raqobat- bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidan iborat bo`lib, ular o`rtasidagi yuqori foyda va ko`proq naflikka ega bo`lishi uchun kurashni anglatadi. Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub'ektlarning alohidalashgan manfaatlari to`qnashadi.


Raqobatning to`rtta shakli mavjud bo`lib, erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko`p sonli korxonalar mavjud bo`ladi.Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko`plab sotuvchilar o`zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo`lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin.
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo`ladi: tarmoq ichida, ya'ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o`rtasidagi raqobat va tarmoqlararo, ya'ni turli tarmoqdagi korxonalar o`rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo`lish, qo`shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o`rtasida boradi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoq korxonalari o`rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo`lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o`tishiga sabab bo`ladi. Yangi kapitallar ko`proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko`payishiga olib keladi. Shu asosda narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o`zgaradi, tovarlarga bo`lgan talab ularni taklif qilinishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko`tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob'ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi.Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat'iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishini ta'minlaydi.
Raqobatning yana bir shakli monopoliyadir.
Monopoliya- tarmoq bitta firmadan iborat bo`lishi sababli mavjud mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Oligopoliya- tarmoqda u qadar ko`p bo`lmagan korxonalarning mavjud bo`lishi va hukmronlik qilishidir.Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling