O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Narx darajasiga ta'sir etuvchi omillar. Narxlar tizimi


Download 0.92 Mb.
bet58/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

4.Narx darajasiga ta'sir etuvchi omillar. Narxlar tizimi.

Qiymat narxning ob'ektiv asosi bo`lsada, uni shakllantiruvchi yagona omil emas.Shu sababli narx boshqa omillar ta'sirida qiymatdan yuqoriga yoki pastga qarab harakat qiladi.


Narxni shakllantiruvchi eng muhim omil talab va taklif nisbatidir. Uning o`zgarishi narxni ham o`zgartirib yuboradi. Talab ehtiyojdan kelib
chiqsada uning aynan o`zi emas. Talabga ko`p narsalar ta'sir etadi. Birinchidan, xaridor o`z didiga ko`ra bir tovarni boshqasidan afzal ko`radi, unga ustunlik beradi, ya'ni uni xarid etishga moyillik bildiradi. Ikkinchidan, xaridorning mana shunday fe'l-atvoridan qat'iy nazar, xarid qilishi qobiliyatini uning daromadi, aniqrog`i o`z daromadidan xarid etish uchun ajrata oladigan puli belgilaydi. Uchinchidan, xaridorning didi va xarid qobiliyati jamlanib, uning iste'mol tanlovini belgilaydi, ya'ni o`z ehtiyojini qondirish uchun qanday miqdorda va qaysi xildagi tovarni olishi mumkinligi aniq bo`ladi.
Narxga boshqa yana bir nechta omillar ta'sir ko`rsatadi:

  • xaridorlarning didi;

  • raqobat holati;

  • davlatning iqtisodiy siyosati;

  • turli xil to`g`ri soliqlar:

Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug`diradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona narxlar tizimi amal qiladi.
Narxlar tizimi deb iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari majmuasiga aytiladi.
Ular ulgurji narxlar, shartnoma narxlar, chakana narxlar, chegaralangan narxlar, demping narx, nufuzli narx, kat'iy (standart) narxlar, erkin bozor narxi, dotatsiyalangan narxlardir.

  • Ulgurji narx- ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo`la, ko`tarasiga sotilgandagi narxdir.

  • Shartnoma narxlar- bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxdir.

  • Chakana narxlar- bu narxlarda tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladi.

  • Dotatsiyalangan narx- bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir.

  • Demping narx- rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi, bu bozorga kirib olish narxi ham deb ataladi.

  • Nufuzli narx- aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni sotishda qo`llaniladigan narx.

  • Erkin narxlar- talab va taklif ta'sirida shakllanadigan narxlardir.Prezident I.A.Karimov bu borada «chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarini amal qilishi bozor iqtisodiyotining g`oyat muhim bo`g`ini bo`lib, bu bo`g`in mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning o`zaro jips ta'sirini ta'minlaydi» degan edilar1.

Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub'ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg`unlashtirishga imkon beradi.
O`zbekistonda Respublika iqtisodiyotini isloh qilishning o`ziga xos printsiplari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo`li tanlab olindi.

  • 1992 yildan ishlab chiqarish- texnika vositasi bo`lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste'mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari.

  • 1994 yildan navbatdagi bosqichda- xalq iste'mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo`yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi.

Demak vaziyatga qarab narx darajasining o`zgarib turishi bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy bir holdir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling