O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.92 Mb.
bet60/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Tayanch iboralar:


Agrar munosabatlar. Renta munosabatlari. Differentsial renta. Absolyut renta. Monopol renta. Undirma sanoatda renta. Agrosanoat majmuasi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi. Ijtimoiy infratuzilma. Agrosanoat integratsiyasi Agrobiznes.


1.Agrar munosabatlarining mohiyati va mazmuni.

Qishloq xo`jaligi har qanday jamiyat iqtisodiyotining eng muhim, hayotiy zarur tarmogi hisoblanadi.


Iqtisodiyot tarmog`i sifatidagina emas, balki insoniyat mehnat faoliyatining birlamchi sohasi ham qishloq xo`jaligi bo`lib, insoniyatning birinchi avlodlari iqtisodiy faoliyati yerni ishlash, undan tirikchilik ne'matlarini yaratishdan boshlangan. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi faoliyatining moddiy zamini esa yerdir.
Shu sababli Prezident I.A.Karimov: «Butun agrar siyosatning muhim masalasi - negizi -erga mulkchilik masalasidir. yer - o`lkamizning eng asosiy boyligi.U yediradi, ichiradi, yashash uchun shart-sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli, Respublika kelajagi, O`zbekiston xalqining kelajagi ko`p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga bog`liq»1degan edilar.
Shunga ko`ra yer bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlari deb ataladi.
Agrar munosabatlarning ob'ekti yer, sub'ektlari esa ko`p bo`lib, yer egalari, undan foydalanuvchilar yoki yerda xo`jalik yurituvchilar hisoblanadi.
Er ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus, o`ziga xos resursi bo`lib:

  • er har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti bo`lib, iqtisodiy faoliyat yerdan tashqarida yuz bermaydi;

  • er takror yaratish mumkin bo`lmagan alohida resursdir;

  • er o`z o`rinbosarlariga ega bo`lmagan ishlab chiqarish vositasidir;

  • er cheklangan, foydalaniladigan qisminigina nisbatan ko`paytirish mumkin, bu esa tobora ko`p mehnat va investitsiyani talab etadi;

  • er tarkibi noelastik, o`zgarmas resurs, unga talab esa doimo orta borish xarakteriga egadir;

  • er hammabop resurs, undan foydalanish alternativalari juda ko`p (dehqonchilik, undirma sanoat, qurilish qilish, ijaraga berish, sotish va xokazo).

Agrar munosabatlar yer bilan, usimliklar va hayvonot dunyosi bilan, har bir mamlakatning tabiiy va iqlim sharoiti bilan uzviy bog`liq bo`lgani sababli bu munosabatlar ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, u ikki yoqlama xarakterga ega bo`ladi:
Birinchidan, qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqarish ham boshqa sohalardagi kabi iqtisodiy jarayon, u inson mehnati natijasida yuz beradi;
Ikkinchidan u tabiiy biologik jarayon (o`simlikning o`sishi, hosildorligi, hayvonot dunyosi vakillarining ko`payishi, tabiiy tanlanish, mahsuldorligi va hokazo) bo`lib, u nafaqat inson mehnati bilan, balki tabiiy - biologik jarayonlarning kechishi iqlim va ob-havo qulayligi, tuproq hosildorligi va ko`plab boshqa omillar ta'sirida bo`ladi.
Er tabiat in'omi ekan, u sifat jihatidan ham tabiiy ravishda tabaqalashtirilgan ishlab chiqarish omilidir.
Erlar tabiiy iqlim sharoitiga ko`ra turli mintaqalarda yotadi, har bir mintaqa yerlari o`zining tabiiy hosildorligi jihatidan har xil bo`ladi, uning qa'rida joylashgan ma'danlar ham tarkibiga, ham ma'danning ko`p-ozligiga ko`ra joylashish o`rniga, yerlarning uning ne'matlarini iste'mol qiluvchilarga nisbatan joylashish o`rni (uzoq yoki yaqinligi)ga ko`ra bir-biridan farqlanadi.
Erning bu tabiiy xossalari insoniyatdan unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lish, oqilona foydalanish va nihoyat kelajak avlod uchun asrab-avaylashni talab qiladi.
Erga odatda ikki xil monopoliya o`rnatiladi, ya'ni ikki xil yo`sinda egallab olinadi:

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling