O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Sug`urtalash, uning moliya tizimidagi o`rni


Download 0.92 Mb.
bet86/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Sug`urtalash, uning moliya tizimidagi o`rni.
Sug`urta huquqi sug`urta haqidagi barcha qonunlar, huquqiy, me'yoriy xujjatlarni o`zida mujassamlashtiradi.Fuqarolik kodeksining 52- bobi sug`urta masalalariga bagishlangan. Bunda sug`urtaning eng muhim huquqiy masalalari - sug`urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug`urtalash, hamkorlik sug`urtasi, kayta sug`urtalash, bu sug`urtalashni amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi va boshqalar fuqarolik kodeksi doirasida tushuntirib berilgan.
Sug`urta haqidagi qonunda sug`urtaning iqtisodiy masalalarini bayon qilishga alohida e'tibor berilgan.Respublika Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 6 mayda qabul qilingan 5 bob 33 moddadan iborat bo`lgan bu qonunda respublika iqtisodiyotida sug`urtaning tutgan o`rni, sug`urta bozorini shakllantirish masalalari, sug`urtani tashkil etish va huquqiy asoslari bayon qilingan, shu hisobda fuqarolar va yuridik shaxslarning sug`urta tashkilotlari bilan munosabatlari, sug`urta tashkilotlarining moliyaviy masalasi, sug`urta bo`yicha davlat nazorati va boshqalar bayon qilinadi.
Qonunning I bobida sug`urtaga ta'rif beriladi, sug`urta ob'ektlari, sub'ektlari, shakllari, ta'riflari; to`lovlari, kayta sug`urtalash va birgalikda sug`urtalash masalalari bayon qilinadi. 11 bob asosan sug`urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning huquqlari va unlarni rasmiylashtirish hamda to`xtatish masalalariga bagishlangan. III bobda sug`urtalanuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari yoritilgan. IV bob sug`urta faoliyati ustidan davlat nazorati urnatishga, V bob esa yakunlovchi masalalarga bag`ishlangan.
Sug`urta haqidagi qonunda qator yangi tushunchalar, masalan, qayta va birgalikda sug`urtalash, sug`urta broqeri, sug`urta ro`xsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.
1997 yilda sug`urta qonunchiligida muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Sug`urta haqidagi qonunga qo`shimcha sifatida quyidagi uchta farmon qabul qilindi.

  1. «O`zagrosug`urta» davlat aktsiyadorlik kompaniyasini tashkil etish;

  2. «Kafolat» davlat aktsiyadorlik kompaniyasini tashkil etish;

  3. «O`zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasini tashkil etish.

Lekin sug`urta huquqi haqida ma'lumot berar ekanmiz, ayrim sug`urta tashkilotlarining o`z nizomlari bo`lib, bunda har bir sug`urtaning eng muhim yo`nalishlari, sug`urtalovchi va sug`urtalanuvchilarning huquqlari ifoda qilinganini ko`rsatib o`tishimiz kerak.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling