O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
O`zbekiston va boshqa mamlakatlarda monopoliyaga qarshi kurash qonuni
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
5.O`zbekiston va boshqa mamlakatlarda monopoliyaga qarshi kurash qonuni.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri bu raqobatni himoya qilishdir. Raqobatga nisbatan qarama-qarshi qutbda monopolizm yotadi. Binobarin, raqobatni himoya etishning asosiy dastagi bu monopoliyalarning faoliyatini monopolizmga qarshi qonunchilik vositasi yordamida tartibga solishdir. Hozirgi zamon antimonopol qonunchiligi 2 ta asosiy yo`nalishga ega: Baholar ustidan nazorat; Kompaniyalarni qo`shilishi ustidan nazorat. Baholarni belgilash borasidagi firmalar o`rtasidagi har qanday bitim noqonuniy hisoblanadi. Bundan tashqari demping qonuni raqobatda baholarni pasaytirib sotish amaliyotini ham ta'qkiqlaydi. Bir firma 2-chi firmaning aktsiyalarini sotib olganda, kompaniyalarni qo`shilishi yuz beradi. 80-yillardan boshlab bu jarayonning kuchayishi barcha mamlakatlarda kuzatilmoqda. Bunga qonunchilik turli cheklash, bozorda kvotalarni o`rnatish kabi vositalar yordamida ta'sir ko`rsatadi. O`zbekistonda buyruqbozlik iqtisodiy tizim sharoitida davlat monopoliyasi yuzaga keldi va mustahkamlandi. Buning natijasida davlat korxonalari o`z tarmoqlarida monopolistlarga aylandilar. Shu tufayli, raqobat umuman yo`qolib ketdi, iste'molchi davlat tovarlaridan boshqa tovarlarni kelishilgan narxda tanlab olishdan mahrum bo`ldi. Davlat monopoliyasi iqtisodiy o`sish omillarini zaiflashtirib yubordi. Davlat monopoliyasi bozor iqtisodiyoti qoidalariga ziddir. Shu sababdan bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun O`zbekistonda demonopolizatsiyani amalga oshirish zarur edi. Avvalo O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni amalga oshirila boshlandi va u borgan sari avj olmoqda. O`zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlash-tirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish iqtisodiy islohotlar 2-chi bosqichining asosiy vazifalaridan biridir. Bundan «monopoliyalashtirilgan tuzilmalarning xususiylashtirish chog`ida», «texnologiya sikli» imkon bergan joylarda, ishlab chiqarishning o`zini nisbatan ixchamlashtirish, uni yakka hokimlikdan chiqarish choralarini kurish lozim. Monopoliya tufayli ortiqcha olingan foydaga soliq solishda o`sib boruvchi stavkalarni joriy qilish talab etiladi. O`zbekistonda 1992 yilda monopolizmga qarshi qonunchilikka asos solindi. Shu yili Respublikamizda monopolistik faoliyatni cheklash to`g`risida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatning oldini olish va girrom raqobatni cheklash va ta'qiqlash, xususan bozordagi ustunlik mavqeini suiste'mol qilishga yo`l qo`ymaslik, xo`jalik yurituvchi sub'ektlar o`rtasida qonunga xilof bitimlar tuzishni, raqobatni cheklaydigan tashkiliy kayta tuzishlarni ta'qiqlash masalalari ko`rib chiqilib, uni amalga oshirish chora tadbirlari ko`rilgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling