O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Bozor munosabatlariga o`tish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
3.Bozor munosabatlariga o`tish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondoshuvlar tarkib topgan.Bulardan biri monetar yondoshuv deb ataladi.U pulning qadrsizlanishi darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to`lovga qodir bo`lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalalarini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investitsiya faoliyatining to`xtab qolishiga olib keladi. Ikkinchisi- ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantirishga, tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondoshuv. Respublikada o`tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondoshuvga ustunlik beriladi. Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo`l qo`ymaslik; boshqalardan ustun bo`lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag`batlantirish; davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash; to`lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash; muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi turmush darajasini yaxshilash. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o`tishda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o`zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo`jaligi kompleksini bunyod etishga qaratilgan. Bu esa iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuningdek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni talab qiladi. Respublikada bozor munosabatlariga o`tish jarayonida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar demokratik, adolatli va fuqarolar jamiyatini barpo etish vazifasiga bo`ysundiriladi. Davlatchilikdagi demokratizm qonunlarining qay darajada yaxshiligi, huquq va erkinliklar qanchalik keng berilgani, ijtimoiy kafolatlar kuchi bilan belgilanadi.Adolatparvarlik esa aholiga ijtimoiy yordam ko`rsatish va kishilarni ijtimoiy himoyalash mexanizmida o`z aksini topadi. Shunday qilib, Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, yangi bozor munosabatlariga asos soladi, iqtisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma'naviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlaydi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling