Vazifa (masala)
|
Kichik vazifa
|
1. Bozor talabini to`la hisobga olish.
|
Marketingning izlanishi.
|
2.Ishlab chiqariladigan mahsulotni muqobil assortimentini aniqlash.
|
Mahsulot chiqarish va mahsulot turini rejalashtirish bo`yicha siyosat ishlab chiqarish.
|
3.Xaridor uchun mahsulot narxini aniqlash.
|
Narx siyosati, narx belgilash.
|
4. Tovarni yetkazib berish.
|
Taqsimlash, Taqsimlash kanalini tanlash va boshqarish.
|
Marketing tadqiqotlar-bu tovar va xizmatlarni ayirboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog`liq barcha ma'lumoti va muammolarining maqsadli to`plamini tahlil qilishdir. Marketing tadqiqotini o`tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-masalani qo`yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash;
-tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash;
-axborot to`plash va uni turkumlash;
-tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot tadbirkorlar uchun xo`jalik strategiyasini ishlab chiqishda va amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega.
Marketingni rejalashtirish-bu bir necha variantdagi muqobil rejalar ichidagi eng yaxshisini tanlab olish jarayonini hisoblash mumkin. Kichik shakldagi xo`jaliklarni marketing rejalashtirilishiga quyidagilar kiradi.
Firma xo`jaligi ichidagi bo`linmalarining faoliyat harakatlarini muvofiqlashtirish; tashqi muhitning kutiladigan taraqqiyoti omillarini va uni o`zgaruvchilik darajasini aniqlash;
firma xodimlarini kutilmagan holda paydo bo`lganda befoyda harakatlarini kamaytirish; bajaruvchilar o`rtasidagi samarali munosabatlarni ta'minlash.
Marketing strategik rejasi korxonaning xom-ashyo, mehnat, moliya va boshqa resurslarini samarali ishlatilishiga mo`ljal qilib yo`naltirilgan, faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |