O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Milliy maxsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakati


Download 0.92 Mb.
bet67/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3.Milliy maxsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakati.


Yalpi milliy maxsulot (YaMM) - milliy xo`jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molchilarga borib tushishi mumkin bo`lgan tayyor pirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo`ladi.
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard maxsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasidan iborat. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha maxsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to`ldiradi, ya'ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o`sishi hisobga olinishi zarur, ya'ni YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to`g`ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur.YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni ko`p marta hi sobga olishlarini bartaraf qilish uchun, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan kushilgan qiymatlar yig`indisi olinadi.
Qo`shilgan qiymat- bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste'mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymatidir.
YaMM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar (xizmatlar) ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi.
YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor bahosidagi summasi bo`lganligi uchun tovarning o`zi, uning nafliligi ko`paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib borishi mumkin.Baho ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarkalgan ko`rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy maxsulotga baho berishda nominal va real milliy maxsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy maxsulot nominal milliy maxsulot, o`zgarmas baholarda hisoblangan milliy maxsulot esa real milliy maxsulot deb yuritiladi.Turli yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat narx o`zgarmagan taqdirda o`zaro taqqoslash mumkin bo`ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o`rnini tutganligini va uning miqiyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma'lum guruh tovarlar va xizmatlar to`plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning miqdorini bazis davridagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang`ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko`rinishni oladi:


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling