O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 86.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.08.2017
Hajmi86.38 Kb.
#12649

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGI  

O‘QUV DASTURI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2016 



 

 



Mualliflar: 

 

S.Xo‘jaev  –  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi to‘garak rahbari. 



 

D.Ermatov  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi direktori 

 

Z.Tovboev  –  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat 

pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi 

 

 

 



Taqrizchilar: 

 

N.Shomansurova  –  “Barkamol  avlod”  respublika 

bolalar badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari 

 

 

 

T.To‘raev  –  Chilonzor  milliy  hunarmandchilik  kolleji 

o‘qituvchisi  



 

 

 

G‘.Yuldoshev  -  A.Xo‘jaev  nomli  Respublika  dizayn 

kolleji katta o‘qituvchisi 



 

 

 



 

 

 



 

                                                 

 

 

 



 

 

 



 

Ushbu  o‘quv  dasturi  Respublika  Ta’lim  markazi  huzuridagi  Ma’naviy-

ma’rifiy  yo‘nalishdagi  Ilmiy  metodik  kengashining  2016  yil  15  iyuldagi  

6-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan hamda 

Xalq ta’limi vazirining 2016 yil 1 avgustdagi 194-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

 

 



 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI 



 

 

KIRISH 

 

 

Duradgorlik  eng  qadimgi  hunarmandchilikdan  biri  bo‘lib,  u  jamiyat 

taraqqiyoti jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi 

davrlarida  duradgorlik  rivojlandi.  Uy  –  joy  qurishning  dastlabki  ko‘rinishlari 

taraqqiy  etib,  paxsa  tom,  g‘isht,  yog‘och  uylar  qurila  boshlashi  bilan  bu  tarmoq 

ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va 

boshqa.) yuzaga kela boshladi.  

O‘quvchilar “Duradgorlik” to‘garagida turli uy – ro‘zg‘or, inson uchun zarur 

bo‘lgan buyumlarni yasashni, duradgorlik asboblari va dastgohlaridan foydalanishni 

o‘rganadi.  

“Duradgorlik”  to‘garagiga  8  yoshdan  16  yoshgacha  bo‘lgan  o‘quvchilar  jalb 

qilinadi. “Duradgorlik” to‘garagining o‘quv rejasi ikki o‘quv yiliga mo‘ljallangan. 

Mazkur 

o‘quv 


dasturi 

Xalq 


ta’limi 

vazirligining 

2015 

yil  


31  martdagi  7-mh-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  maktabdan  tashqari  ta’limga 

qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. 

Ushbu  o‘quv  dasturida  berilgan  mavzular  va  mavzuga  oid  soatlar  miqdori 

(216  soatdan  chiqmagan  holda)  hududning  va  to‘garaklarga  jalb  qilingan 

bolalarning  yosh  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  to‘garak  rahbari  tomonidan 

25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGINING BIRINCHI O‘QUV YILIGA 

MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 



Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 


soat 

Amaliy 


soat 

Jami 


soat 

1. 


Kirish 

 



2. 


Duradgorlikda 

foydalaniladigan 

dastgohlarning vazifalari va ularni ishlatish 

15 



16 

3. 


Yog‘och va ularning turlari 



4. 


Yog‘ochlarni arralash usullari 

 

16 



16 

5. 


Lobzikda  faneradan  to‘g‘ri  va  dumaloq 

shakllarni arralash 

 





6. 

Qalamdon shaklini chizish va arralash  





7. 

Qalamdonning qirqilgan shaklini yig‘ish 





8. 

Olti qirrali quticha uchun faneralar kesish 

14 


15 

9. 


Quticha 

chizmasi 

asosida 

yog‘ochni 

arralab tayyorlash va ularni yig‘ish 



10.  Ilgak shaklini chizish va yasash 





11.  Bittalik  ilgak  shaklini  arralash  va  uni 

yig‘ish 




 

12.  Oraliq nazorat ishi 



 



13.  Uchtalik  ilgak  shaklini  arralash  va  uni 

yig‘ish 



14.  Tuzdon  shaklini  chizish,  arralash  va  uni 

yig‘ish 



15.  Gugurt  uchun  quticha  chizmasini  chizish 

va uni yasash 



16.  O‘qlov yasash 





17.  Ish stolini yasash 

13 



14 

18.  Sabzi taxtachasini yasash 





19.  Singan stullarni ta’mirlash 

10 



12 

20.  To‘rt qirrali stulcha yasash 





21.  Ketmon va bel dastalarini yasash 

20 



23 

22.  Ko‘rgazma 

11 


12 

23.  Yakuniy nazorat ishi 

 





      Jami: 

22 

194 

216 

 

 



1. Kirish.  

Duradgorlik  hunari  haqida.  To‘garak  maqsad  va  vazifalari.  Duradgorlik 

hunarining  jamiyatdagi  tutgan  o‘rni.  Duradgorlikda  ishlatiladigan  asbob-uskunalar, 

ularning  vazifalari,  xom-ashyolar.  Dastgohlardan  foydalanish  texnikasi.  Texnika 

xavfsizligi qoidalari.  

 

2.  Duradgorlikda  foydalaniladigan  dastgohlarning  vazifalari  va  ularni 

ishlatish.  

Duradgorlikda foydalaniladigan dastgohlar va ularning vazifalari. YOg‘ochga 

ishlov berish moslamalari, turli stanoklar, uskunalar, ularning ishlash prinsiplari.  

Amaliy mashg‘ulot: Duradgorlikda foydalaniladigan dastgohlar bilan ishlash. 

Qisqichda yog‘ochni qisib arralash, randalash, teshish, o‘yish.  



 

3. Yog‘och va ularning turlari.  

Duradgorlikda  ishlatiladigan  yog‘och  turlari.  Sosna,  terak,  yong‘oq,  tol  va 

hokozo. Ularning qattiqlik darajalari, turli buyumlar yasash uchun yog‘och tanlash.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Har  xil  turdagi  yog‘ochlar  namunalari  va  ularning 

zichligi, qattiqligini taqqoslash. 



4. Yog‘ochlarni arralash usullari.  

Duradgorlikda foydalaniladigan yog‘ochlarni ko‘ndalangiga, bo‘yiga arralash 

usullari.    Arra  turlari  va  ulardan  foydalanish  qoidalari.  Arralardan  foydalanish 

usullari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Arralar  bilan  ishlash,  har  xil  turdagi  yog‘ochlar 

namunalarini uzunasiga, ko‘ndalangiga kesish. 



 

 

5. Lobzikda faneradan to‘g‘ri va dumaloq shakllarni arralash.   

Lobzikda  to‘g‘ri,  dumaloq,  to‘rtburchak  kabi  shakllarni  arralash  qoidalari. 

Turli  yordamchi  moslamalardan  foydalanish  qoidalari.  Fanerani  lobzik  yordamida 

kesishda qisqich, botirmalardan foydalanish usullari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Lobzik  arrada  faneradan  to‘rtburchak,  dumaloq  va  turli 

shakllarni arralash.  



 

6. Qalamdon shaklini chizish va arralash. 

Qalamdon haqida tushuncha. Qalamdon shaklini chizish va arralash tartibi.  



Amaliy  mashg‘ulot:  Qalamdon  andozasini  karton  qog‘ozga  chizish. 

Tayyorlangan andozani faneraga chizib, lobzik yordamida arralash. 



 

7. Qalamdonning qirqilgan shaklini yig‘ish.  

Qalamdonning qirqilgan shaklini yig‘ish tartibi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Qalamdonning  qirqilgan  shaklini  yig‘ish  uchun 

elimlardan foydalanish. Qisqichlar bilan qisib turish va tayyor buyumni pardozlash. 

Qalamdonning qirqilgan shaklini yig‘ish. 

 

8. Olti qirrali quticha uchun faneralar kesish. 

Olti  qirrali  quticha  tushunchasi.  Olti  qirrali  qutichani  yasash  tartibi.  Olti 

qirrali quticha yasash uchun faneralarni kesish tartibi.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Quticha  yasash  uchun  chizmalar  tayyorlash  va  aniq 

o‘lchovlar asosida andozalar olish. Andoza asosida olti qirrali quticha yasash uchun 

faneralarni kesish.  

 

9.  Quticha  chizmasi  asosida  yog‘ochni  arralab  tayyorlash  va  ularni 

yig‘ish.  

Quticha  chizmasi  asosida  yog‘ochni  arralash  tartibi.  Arralab  tayyorlangan 

quticha qismlarini yig‘ish qoidalari.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Quticha  chizmasi  asosida  yog‘ochni  arralash.  Arralab 

tayyorlangan quticha qismlarini yig‘ish. Tayyor bo‘lgan qutichani pardozlash. 



 

10. Ilgak shaklini chizish va yasash. 

Ilgak tushunchasi. Uni chizish qoidalari.  



Amaliy mashg‘ulot: Ilgakni chizish va andozasini tayyorlash. 

 

11. Bittalik ilgak shaklini arralash va uni yig‘ish. 

Bittalik  ilgak  shakli  tushunchasi.  Ilgak  shaklini  chizish,  yog‘ochga  ishlov 

berish qoidalari. Arralangan shaklni yig‘ish tartibi.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Bittalik  ilgak  shakli  chizish.  YOg‘ochga  ishlov  berish. 

Arralangan shaklni yig‘ish. Unga pardoz berish. 



 

12. Oraliq nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yilining  birinchi  yarim  yilligi  davomida 

o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 



 

 



13. Uchtalik ilgak shaklini arralash va uni yig‘ish. 

Uchtalik  ilgak  shakli  tushunchasi.  Ilgak  shaklini  chizish,  yog‘ochga  ishlov 

berish qoidalari Arralangan shaklni yig‘ish tartibi.  

Amaliy mashg‘ulot: Uchtalik  ilgak  shakli  chizish.  YOg‘ochga ishlov berish. 

Arralangan shaklni yig‘ish. Unga pardoz berish. 



 

14. Tuzdon shaklini chizish, arralash va uni yig‘ish. 

Tuzdonning  tuzilishi.  Turli  qalinlikdagi  faneralarni  kesish  uchun  arralardan 

foydalanish qoidalari. Tuzdonning arralab tayyorlangan qismlarini yig‘ish tartibi. 

Amaliy mashg‘ulot: Tuzdon shaklini o‘lchovlar asosida andoza olib chizish, 

turli  qalinlikdagi  faneralarni  kesish.  Tuzdonning  arralab  tayyorlangan  qismlarini 

yig‘ish. 

15. Gugurt uchun quticha chizmasini chizish va uni yasash.  

Gugurt  uchun  quticha  yasash  uchun  o‘lchovlar  orqali  andoza  olish  tartibi. 

Faneraga tushirish va qirqib yig‘ishga tayyorlash tartibi. Uni yasash qoidalari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Tayyorlangan  andozalardan  foydalanib  faneralarni 

qirqish, qirqilgan shaklni yig‘ish.  



 

16. O‘qlov yasash.  

O‘qlov  tushunchasi.  O‘qlov  yasash  usullari  va  kerakli  xom-ashyolar,  ularga 

ishlov berish va pardozlash tartibi. 

Amaliy mashg‘ulot: O‘qlov yasash uchun yog‘ochga ishlov berish, o‘qlovni 

tayyor  g‘olatga  keltirish.  YAsalgan  o‘qlovni  qum  qog‘oz  bilan  silliqlash, 

pardozlash. 

 

17. Ish stolini yasash. 

Ish  stoli  tushunchasi.  Ish  stolini  yasash  usullari  va  kerakli  xom-ashyolar, 

ularga ishlov berish. Tayyorlangan qismlarini yig‘ish va pardozlash tartibi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Ish  stolini  yasash  uchun  kerakli  xom-ashyolarni 

tayyorlash.  Ish  stolini  qismlarini  arralash  va  tayyorlash.  Tayyorlangan  qismlariga 

ishlov berish. Tayyorlangan qismlarini yig‘ish va pardozlash. 

 

18Sabzi taxtachasini yasash.  

Sabzi taxtachasi tushunchasi. Sabzi taxtachasini yasash bosqichlari.  



Amaliy  mashg‘ulot:    Sabzi  taxtachasini  shaklini  arralab  tayyorlash.  va 

randalash.  Unga  oyoqchalar  o‘rnatish  va  ishlov  berish.  Yasalgan  sabzi  taxtachani 

pardozlash. 

 

19. Singan stullarni ta’mirlash. 

Singan stullarni ta’mirlash, ularga ishlov berish, elimlash, mixlash va yaroqsiz 

qismlarini almashtirish kabi ishlar tartibi 

Amaliy  mashg‘ulot:  Singan  stullarni  ta’mirlash,  ularga  ishlov  berish, 

elimlash, mixlash va yaroqsiz qismlarini almashtirish. 



 

 

20. To‘rt qirrali stulcha yasash.  

To‘rtburchakli  stulcha  tushunchasi.  Stulchaga  oyoqchalar  tayyorlash,  ustiga 

fanera qoplash, stulcha qopqog‘ini qoqib va pardozlash qoidalari.  



Amaliy mashg‘ulot: To‘rtburchakli stulchaga oyoqchalar tayyorlash.  Stulcha 

ustiga fanera qoplash. Stulcha oyoqlarini o‘rnatish. YAsalgan stulchani pardozlash.  



 

21. Ketmon va bel dastalarini yasash.  

Ketmon  va  beldastalar  haqida  tushuncha.  Ularni  yasashda  foydalaniladigan 

asob-uskunalar  va  ishlatiladian  xom-ashyolar.  Ketmon  va  beldastalarni  yasash 

tartibi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Ketmon  va  beldastalar  yasash  uchun  xom-ashyolar 

tayyorlash. Ketmon va beldastalarni tayyorlash va pardozlash. 



 

23. Ko‘rgazma. 

 

24. Yakuniy nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 

 


 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGINING IKKINCHI O‘QUV YILIGA 



MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 



Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 


soat 

Amaliy 


soat 

Jami 


soat 

1.  Kirish 

15 


18 

2.  Olti burchakli stulcha yasash 

12 


15 

3.  Lavx yasash 

27 


33 

4.  Eshik va romlarga qulflarni joylashtirish va 

tamirlash 

 

18 



18 

5.  Turli xil rasmlar uchun ramkachalar yasash 

va pardozlash 

 

16 



16 

6.  Oraliq nazorat ishi 

 



7.  Musavvirlar  uchun  uch  oyoqli  molbert 

yasash  

38 



40 

8.  Sandiqcha yasash 

34 


36 

9.  Kiyimlar ilish uchun uch oyoqli ilgich 

28 


34 

10.  Yakuniy nazorat ishi 

 



11.  Ko‘rgazma 

 

1 





Jami 

22 

194 

216 

 

1. Kirish.  

Duradgorlik  hunari  haqida.  Duradgorlik  to‘garagi  maqsad  va  vazifalari. 

Duradgorlik  hunarining  jamiyatda  tutgan  o‘rni.  Duradgorlikda  ishlatiladigan  xom-

ashyolar,  asbob-uskunalar  va  dastgohlardan  foydalanish  texnikasi.  Texnika 

xavfsizligi qoidalari. 

 

2. Olti burchakli stulcha yasash.  

Oltiburchakli  stulcha  tushunchasi.  Stulchaga  oyoqchalar  tayyorlash,  ustiga 

fanera qoplash, stulcha qopqog‘ini qoqib va pardozlash qoidalari.  



Amaliy mashg‘ulot: Oltiburchakli stulchaga oyoqchalar tayyorlash.   

 

3. Lavx yasash. 

Lavx  tushunchasi.  Lavx  uchun  yog‘och  tanlash  usuli.  YOg‘ochga  lavx  uchun 

o‘lchovlar  chizish  usuli.  Lavx  izlarini  arralash  usuli.  Lavxni  o‘yilgan,  arralangan 

qismlarini  qumqog‘oz  yordamida  tozalash  tartibi.  Lavxning  tayyor  qismlarini 

yig‘ish usuli. Tayyorlangan lavxni pardozlash tartibi. 

Amaliy mashg‘ulot: Lavx uchun yog‘och tanlash va uni arralash. YOg‘ochga 

lavx  uchun  o‘lchovlar  chizib,  uskunada  o‘yish.  Lavx  izlarini  arralash  Lavxni 

o‘yilgan,  arralangan  qismlarini  qumqog‘oz  yordamida  tozalash.  Lavxning  tayyor 

qismlarini yig‘ish.  



 

 

 

4. Eshik va romlarga qulflarni joylashtirish va ta’mirlash. 

Eshik  va  romlarga  qulflarni  joylashtirishda  o‘lchov  olish  tartibi.  Eshik-

romlarning qulf o‘rnatiladigan qismini o‘yish usuli. Qulfni mahkamlash jarayonida 

burama mixlardan foydalanish tartibi. 

Amaliy mashg‘ulot: Eshik va romlarga qulflarni joylashtirishda o‘lchov olish.  

 

5. Turli xil rasmlar uchun ramkachalar yasash va pardozlash. 

Turli  xil  estalik  suratlar,  rasmlar  uchun  ramkachalarning  o‘rni.    Ramkacha 

yasashda  material  tanlash  usuli.  Ramkacha  uchun  o‘lchov  olish  va  shu  asosida 

qirqib, yig‘ish tartibi.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Ramkachalar  yasash  uchun  material  tanlash.  Ramkacha 

uchun o‘lchov olish va shu asosida qirqib,  yig‘ish. Tayyorlangan ramchaga pardoz 

berish. 

 

6. Oraliq nazorat ishi. 



Amaliy mashg‘ulot: O‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida o‘tkazilgan 

mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 

 

7. Musavvirlar uchun uch oyoqli molbert yasash. 

Molbert  tushunchasi.  Molbert  vazifasi.  Molbert  jihozi  va  uning  tarkibiy 

qismlari,  chizmasini  chizib  o‘lchov  olish  tartibi,  qirqish  uchun  yog‘och  tanlash  va 

qirqilgan qismlarni yig‘ish qoidalari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Molbert  jihozi  va  uning  tarkibiy  qismlari  chizmasini 

chizish. Molbert uchun yog‘och tanlash. O‘lchov olish. Qirqish. Qirqilgan qismlarni 

yig‘ish. Tayyor bo‘lgan molbertni pardozlash.  

 

8. Sandiqcha yasash. 

Sandiqcha  tushunchasi.  Sandiqcha  yasash  qoidalari.  Sandiqchaning  tarkibiy 

qismlari. O‘lchov olish tartibi. YOg‘och tanlash, qirqilgan qismlarni yig‘ish usuli.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Sandiqcha  eskizini  chizish.  Sandiqchaning  tarkibiy 

qismlari  o‘lchovini  olish.  Sandiqcha  yasash  uchun  yog‘och  tanlash.  YAsalgan 

pardozlangan qismlarini yig‘ish.  

 

9. Kiyim javonchasini yasash. 

Kiyim  javonchasi  tushunchasi.  Kiyim  javonchasi  yasash  qoidalari.  Kiyim 

javonchasining  tarkibiy  qismlari.  O‘lchov  olish  tartibi.  YOg‘och  tanlash,  qirqilgan 

qismlarni  yig‘ish  usuli.  O‘rnatiladigan  qulf  va  oshiq  moshiqlar  o‘rnini  o‘lchov 

asosida o‘yish va o‘rnatish tartibi.   



Amaliy mashg‘ulot: Kiyim javonchasi eskizini chizish. Kiyim javonchasining 

tarkibiy qismlari o‘lchovini olish. Kiyim javonchasi yasash uchun yog‘och tanlash. 

YAsalgan  pardozlangan  qismlarini  yig‘ish.  Kiyim  javonchagaga  qulf  va  oshiq 

moshiqlar o‘rnatish.  



 

 

 

10 

 

10. Ko‘rgazma. 



Amaliy mashg‘ulotO‘quv yili davomida yasalgan ijodiy ishlardan ko‘rgazma 

tashkil etish. 

 

11. Yakuniy nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


11 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 



 

1.  I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 

2. Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Xalq 

ta’limi 


vazirining 

2015 


yil 

31 


martdagi  

7-mh-sonli buyrug‘i. 

3. S.Bulatov. O‘zbek xalq  amaliy san’at bezagi. – T.: Toshkent, 1991.  

4.  K.Davlatov.  S.  Usmonov.  Mehnat  ta’limi  bo‘yicha  ishlov  dasturi.  –  T.: 

Toshkent, 1998. 

5.  Uy- ro‘zg‘or buyumlarini yasash va ta’mirlash. – T.: Toshkent, 2000. 

6.  O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-2 jildlar. – T.: Toshkent, 2000 . 

 

Elektron manba.   

1.  Ziyonet.uz 



2.  Google.uz   

 

Download 86.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling