O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Navoiy davlat pedagogika instituti 2007-yil


Download 163.29 Kb.
bet2/45
Sana05.01.2022
Hajmi163.29 Kb.
#202676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik



Navoiy davlat pedagogika instituti 2007-yil

1-ma`ruza

Kirish. Umumiy tilshunoslik fanining maqsadi va vazifalari
«Umumiy tilshunoslik» fani tilshunoslik fanlari sirasida eng murakkab va keng qamrovli ilmiy-nazariy, falsafiy fan sifatida ajralib turadi. Ushbu fanning murakkabligi, keng qamrovli va falsafiy fan ekanligi bevosita o`rganiladigan o`ta jiddiy muammolar bilan, fikr yuritiladigan dolzarb masalalar bilan, lisoniy hodisalarning (faktlarning) mohiyati bilan, ularga qaysi nuqtai nazardan yondashish bilan, ularni chuqur tahlil qilish va ulardan obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish bilan belgilanadi.

«Umumiy tilshunoslik» fanining faollik ko`rsatish chegarasi «cheksiz» bo`lib, ayni fan o`z kuzatishlarini jahon tilshunosligi tarixiga oid zarur masalalardan, yetakchi oqimlar va yo`nalishlardan boshlab, hozirgi tilshunoslikning eng muhim va murakkab nazariy muammolarini, ta’limotlarini o`rganish bilan - nafaqat tilshunoslikning balki barcha fanlar uchun metodologik asos bo`lib xizmat qiladigan dialektik falsafa hamda psixologiya, mantiq kabi fanlarga ham bevosita aloqador bo`lgan muammolarni qamrab olishi bilan yakunlaydi.

Aytilganlarning isboti sifatida «Umumiy tilshunoslik» fani o`rganadigan asosiy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritamiz.


  1. Til va jamiyat (millat).

  2. Til va tarix.

  3. Til va tafakkur.

  4. Til semiotik ob`ekt sifatida.

  5. Til va nutq.

  6. Til sistema va struktura sifatida.

  7. Tilda substanciya va forma.

  8. Til belgisi va ma`no.

  9. Til va yozuv.

  10. Tilni tadqiq qilish usullari va boshqalar.

«Umumiy tilshunoslik» fani talabalarga nima uchun kerak?
«Umumiy tilshunoslik» fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash uchun, ularni shu yo`nalishda puxta, «hushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talabalargina (faqat talabalar emas) tom ma`nodagi filolog - tilshunos sifatida shakllanadi. Shuningdek, ular til hodisalari tahlilidan ilmiy xulosalar, g`oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e`tibor beradi, nazariya bilan amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutq birliklarini chuqur o`rganish jarayonida dialektik falsafaning shakl va mazmun, umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari nuqtai nazaridan, shularga asoslangan holda fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi.

«Umumiy tilshunoslik» fani talabalarning umumlingvis-tik tayyorgarligini, bilim darajasini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, yangi nazariya va faktik materiallar bilan tanishtiradi, mustaqil, ijodiy fikr-mulohaza yuritishga, izchillikka o`rgatadi, nazariy saviyasini yuksaltiradi, ularni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodologiyasi va metodikasi bilan qurollantiradi.

«Umumiy tilshunoslik» fani haqida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, ushbu fan bo`yicha rus hamda o`zbek tilshunosligida yaratilgan ishlarga ijodiy yondashgan va ulardan foydalangan holda o`quv qo`llanmasida quyidagi dolzarb massalalarga, aniqrog`i, dastavval, birinchi masalaga to`xtalamiz, fikr yuritamiz. Bular:


  1. Tilshunoslik tarixi.

  2. Tilshunoslikning nazariy masalalari.

  3. Tilshunoslik metodlari.



Download 163.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling