O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 56.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.08.2017
Hajmi56.47 Kb.
#12650

 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

“YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI” TO‘GARAGI  

O‘QUV DASTURI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



TOSHKENT-2016 

 

 

 

Mualliflar:                - 

S.Xo‘jaev  –  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy 

ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

R.Boboqulov  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi uslubchisi 

 

 

Taqrizchilar:            - 

N.Shomansurova    “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari 



 

 

 

G‘.Yuldoshev  -  A.Xo‘jaev  nomli  Respublika  dizayn 

kolleji katta o‘qituvchisi 



 

 

 

E.Aliev  –  YUnusobod  tumani  “Barkamol  avlod”  bolalar 

markazi to‘garak rahbari 



 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ushbu  o‘quv  dasturi  Respublika  Ta’lim  markazi  huzuridagi  Ma’naviy-

ma’rifiy  yo‘nalishdagi  Ilmiy  metodik  kengashining  2016  yil  15  iyuldagi  

6-sonli  navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan  foydalanishga  tavsiya  etilgan 

hamda  Xalq  ta’limi  vazirining  2016  yil  1  avgustdagi  194-sonli  buyrug‘i  bilan 

tasdiqlangan. 



 

 



“YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI 

 

KIRISH 

 

Yopg‘och  o‘ymakorligi  o‘zbek  xalq  amaliy  bezak  san’atining  keng 

tarqalgan  turlaridan  biri  hisoblanadi.  Bunda  biror  naqsh  yoki  tasvir  yog‘och 

buyumlarga  chizib,  kesib,  o‘yib  ishlanadi.  O‘rta  Osiyoda  ham  yog‘och 

o‘ymakorligi  qadimdan  rivojlanib,  kishilarning  uy  ro‘zg‘or  buyumlarida  va 

arxitekturada  juda  keng  qo‘llanilgan.  Bu  o‘ymakorlik  qadimiy  arxitekturaning, 

eshik, darvoza, ustunlar, har xil to‘sin, stol, xontaxta, quticha, ramka, qalamdon va 

boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. 

“Yog‘och  o‘ymakorligi”  to‘garagida  o‘quvchilarda  turli  buyumlarni  yasash 

duradgorlik  asboblari  va  dastgohlari  bilan  ishlash  ko‘nikmalari  va  malakalarni 

hosil qilishdan iborat.  

“Yog‘och  o‘ymakorligi”  to‘garagida  8  yoshdan  16  yoshgacha  bo‘lgan 

o‘quvchilar qabul qilinadi. 

“Yog‘och  o‘ymakorligi”  to‘garagi  o‘quv  rejasi  bir  o‘quv  yiliga 

mo‘ljallangan. 

Mazkur 


o‘quv 

dasturi 


Xalq 

ta’limi 


vazirligining 

2015 


yil  

31  martdagi  7-mh-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  maktabdan  tashqari  ta’limga 

qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. 

Ushbu  o‘quv  dasturida  berilgan  mavzular  va  mavzuga  oid  soatlar  miqdori 

(216  soatdan  chiqmagan  holda)  hududning  va  to‘garaklarga  jalb  qilingan 

bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 

25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. 

 

“YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI” TO‘GARAGINING BIRINCHI O‘QUV YILIGA 



MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 


Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 


soat 

Amaliy 


soat 

Jami  


soat 

1.  Kirish  

 



2.  Naqsh  va  uning  turlari.  Yog‘och 

o‘ymakorligida 

ishlatiladigan 

naqsh 


elementlari 

15 



16 

3.  Eng 


oddiy 

hoshiyabop 

naqsh 

namunalarini  tartib  raqami  bo‘yicha 



chizish 

11 


23 

34 


4.  Yog‘och  o‘ymakorligida  ishlatiladigan 

materiallar va ularning turlari 





5.  O‘ymakorlik  ishlari  haqida  umumiy 

tushuncha 

13 


18 

6. 


Yog‘och o‘ymakorligi buyumlari uchun 

mos materiallar tanlash 

 





7.  Yog‘och 

o‘ymakorlik 

birikmalari 





 

xaqida tushuncha berish 



8.  Yog‘ochlar ustida ishlash 



10 

9.  Oraliq nazorat ishi 



 



10.  Oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini 

akslangan  holda  bosqichlari  bo‘yicha 

chizish 

30 



33 

11.  Yog‘och o‘ymakorlik maktablari haqida 

tushuncha berish 

14 



18 

12.  Yog‘och 

o‘ymakorliknig 

oddiy 


naqshlardan fodalanlgan xolda murakab 

naqsh 


namunalarni 

tuzish, 


o‘yish 

loklash va pardrzlash 

10 

57 


67 

13.  Yakuniy nazorat ishi 



 



Jami: 

41 

175 

216 

 

1.  Kirish.   

Yog‘och  o‘ymakorlik  san’ati    9-10  asrlarda  O‘rta  Osiyoda  keng  tarqalgan 

bo‘lib,  o‘sha  paytlarda  yog‘ochdan  ishlangan  buyumlar  eshik  tepalarida  har  xil 

ko‘rinishda  aks  eta  boshlagan  (masalan,  ponno,  haykal  buddalar).  Hozirgi  kunda 

bu  san’at  turi  har  xil  binolarni  bezatish  uchun  va  uy  ro‘zg‘or  buyumlarini 

bezatishda ko‘rishimiz  mumkin.  Har  xil  asbob uskunalarni  o‘z  joyida ishlatish  va 

o‘qituvchini ruxsatisiz tegmaslik kerak. 

 

 

2. Naqsh va uning turlari. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan 



naqsh elementlari. 

Naqsh  turlari  juda  ko‘p  bo‘lib,  masalan:    Islimiy  (o‘simliksimon  naqshlar), 

pargori (serko‘l va to‘g‘ri chiziq yordamidagi naqshlar)  

Naqsh elementlari: shobarg, kurte, marg‘ula, novda va h.k. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Naqsh  va  uning  turlari,  yog‘och  o‘ymakorligida 

ishlatiladigan naqsh elementlarini tushuntirish. 



 

3.  Eng  oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini  tartib  raqami  bo‘yicha 

chizish. 

Birinchi guldan o‘ninchi gulgacha chizish va ularni qatoriga qator chizish. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Eng  oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini  tartib 

raqami bo‘yicha chizish. 

 

 

4.  Yog‘och  o‘ymakorligida  ishlatiladigan  materiallar  va  ularning 



turlari. 

Yog‘och o‘ymakorligida asosan yong‘oq daraxtidan foydalaniladi. Yong‘oq 

daraxti  zichligi  yaxshi  bo‘lib,  o‘yilishi  oson.  Qizil  yog‘ochlar  turidan  buk  daraxti 

ham  mayda  o‘ymalarni  o‘ziga  yaxshi  qabul  qila  oladi.  Chinor  ham  shular 

jumlasidandir. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Yog‘och  o‘ymakorligida  ishlatiladigan  materiallar  va 

ularning turlari haqida tushuncha berish. 

 


 

5. O‘ymakorlik ishlari haqida umumiy tushuncha berish. 

O‘quvchilarga  yog‘ochlardan  to‘g‘ri  foydalanish,  arralash,  randalash, 

elimlash  va  jipslash,  mixlardan  to‘g‘ri  foydalanish  ish  davomida  olingan  foto 

nusxalarni devorlarga bosqichma-bosqich joylashtirish. Shuning bir qator yog‘och 

o‘ymakorlik asboblaridan foydalaniladi. 



Amaliy mashg‘ulot: O‘ymakorlik ishlari haqida umumiy tushuncha berish. 

 

6. Yog‘och o‘ymakorligi buyumlari uchun mos materiallar tanlash. 

Mayda  naqshli  qutichaga  buk  yog‘ochi,  kursichalarga  yong‘oq  va  chinor 

daraxtlaridan  foydalaniladi.  Devoriy  buyumlarga  barcha  turdagi  yog‘ochlardan 

foydalansa bo‘ladi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Yog‘och  o‘ymakorligi  buyumlari  uchun  mos 

materiallar tanlash. 

 

7. Yog‘och o‘ymakorlik birikmalari xaqida tushuncha berish. 

Har  xil  ro‘zg‘or  buyumlar  sabzi  taxta,  quticha,  tuzdon  bilan  eshik,  rom,  pol  va 

ustunlar va ularni o‘rnatish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Yolg‘och  o‘ymakorlik  birikmalari  xaqida  tushuncha 

berish. 


 

8. Yog‘ochlar ustida ishlash.  

Arralarni    yog‘ochga   to‘g‘ri qo‘yib kesish va randani to‘g‘ri qirra burchak 

qilib randalash jilvirlashda to‘g‘ri jilvirlash yog‘ochni elimga qarab ishlov berish. 

Amaliy mashg‘ulot: Yog‘ochlar ustida ishlash. 

 

9. Oraliq nazorat ishi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yilining  birinchi  yarim  yilligi  davomida 

o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 

 

10.  Oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini  bosqichlari  bo‘yicha 

chizishni va o‘yish, laklash va pardozlashlarni tushuntirish. 

Naqshlarni bosqichlar bo‘yicha o‘yayotganda asboblarni to‘g‘ri ushlab urish, 

chakichlayotganda  yog‘ochni  yo‘liga  qarama-qarshi  chakichlash.  Tayyor 

buyumlarni jilvirlash, laklash va pardozlash.  



Amaliy  mashg‘ulot:  Oddiy  hoshiyabop  naqsh  namunalarini  bosqichlari 

bo‘yicha chizishni va o‘yish, laklash va pardozlashlarni tushuntirish. 



 

 

11. YOg‘och o‘ymakorlik maktablari haqida tushuncha berish. 

Xiva,  Buxoro,  Qo‘qon,  Toshkent  maktabi  asoschilari  va  ularning  ijodlari 

xaqida tushuncha va malumot berish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Yog‘och  o‘ymakorlik  maktablari  haqida  tushuncha 

berish. 


 

12.  Yog‘och  o‘ymakorliknig  oddiy  naqshlardan  foydalangan  xolda 

murakkab naqsh namunalarni tuzish. 

 

Yog‘och  o‘ymakorlikning  10  ta  naqsh  gullaridan  foydalangan  xolda 



o‘quvchilarga  mustaqil  ravishda  murakkab  gullar  chizish  yo‘llarini  tushuntiriladi 

va o‘rgatiladi. 



Amaliy 

mashg‘ulot

Yog‘och 


o‘ymakorliknig 

oddiy 


naqshlardan 

foydalangan xolda murakkab naqsh namunalarni tuzish. 



  

13. YAkuny nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Foydalanilgan adabiyotlar 



 

1. O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  va  “Kadrlar 

tayyorlash milliy Dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari // Barkamol avlod - O‘zbekiston 

taraqqiyotining poydevori.-T.: SHarq matbaa - nashriyoti, 1997. 

2.  Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Xalq 

ta’limi 


vazirining 

2015 


yil  

31 martdagi 7-mh-sonli buyrug‘i. 

3.  S.Bulatov  “O‘zbek  xalq  amaliy  bezagi  san’ati”  334-341  betlar  Toshkent 

“Mehnat” nashriyoti 1991. 

4.  Mehnat  ta’limi  bo‘yicha  ishlov  dasturi.  K.Davlatov.  S.Usmonov. 

Toshkent 1998. 

5. Uy- ro‘zg‘or buyumlarini yasash va ta’mirlash. Toshkent 2000. 

6. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-2 jildlar. Toshkent. 2000 . 

7. S.Bulatov O‘zbek xalq  amaliy san’at bezagi.  Toshkent 1991 

 

Elektron manba: 

1. “Ziyonet”.uz.  

2. Barkamol.uz.

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 56.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling