USLUBIY KO’RSATMA
Nizomiddin Mir Alishеr Navoiy shirinsuxan lirik shoir, istе'dodli yozuvchi, adolatli davlat arbobi bo`lishi bilan birga katta ma'naviy salohiyat va chuqur ilmiy qamrovga, o`z ijtimoiy – siyosiy qarashlariga ega bo`lgan mutasavvuf olimdir. Agar ul zoti sharif insoniyatning uzoq o`tmishi va o`zi yashagan zamon ijtimoiy – siyosiy hayoti tarixini, tasavvuf falsafasini, tafsir, hadis, tavhid, fiqh ilmlarini orifona bilmaganda, juda qisqa vaqtda “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Mahbubul qulub”, “Majolisun nafois”, “Nasoim ul-muhabbat”, “Nazm ul-javohir” kabi o`nlab purma'no, umri boqiy, ijtimoiy-tarixiy ahamiyatga molik asarlarni XV asr Sharq ilmiy yuksakligida turib tahlil qila olmagan bo`lardi.
Mazkur mavzuda referat yozish uchun uning rejasini tuzish va adabiyotlarini o’rganish lozim. Talabada, eng avvalo, ilmiy adabiyotlarni topish, ularni mutoala etish va mazmunini yozib olish mahorati bo’lmog’i lozim. Buning uchun alohida konspekt daftari katta hajmli qattiq muqovali daftar tutmoq maqsadga muvofiq. Adabiyotlarni o’rganishda mavzuga tegishli boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri yozib olishda albatta kitobning betini ko’rsatish zarur. Keyinchalik, referat yozishda bu fikrlardan foydalanib, ularga tegishli (ssilka) havola qoidalarni qo`llash kerak.
TOPSHIRIQLAR:
1. O’z mustaqil mulohazalaringizni sеminar tarzida himoya qiling.
2. Har bir rejani mavjud manbalar asosida chuqur tahlil qiling.
3. Har bir rejani manbalarning va mualliflarning aniq fikrlari va
ularga tegishli mulohazalar asosida ilova qiling.
4. Mavzu yuzasidan o’zingizning mustaqil fikrlaringizni bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |