O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi


Ta`limning ilmiy bulish qoidasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

 
1.Ta`limning ilmiy bulish qoidasi. 
Ilmiy bilimlar-voqelikning haqqoniy in`ikosidir. 
       Tevarak-  atrofni  urab  olgan  dunening  qonuniyatlarini,  narsa  va  hodisalarning 
ichki  muhim  hossalarini  va  uzaro  aloqalarini  aks  ettiruvchi  bilimlargina  ilmiy 
hisoblanadi. 
 
Ta`limning  ilmiyligi  qoidasi  o`quvchining  uquv  materialidagi  qonuniyatlarni 
aks  ettirishi,  tushunishi  va  uzlashtirishi  uchun  tug’ri  sharoit  yaratishg  maqsadida 
zarurdir. 
 
Nazariy  qoidalarni  tushunish-materialni  materialni  ilmiy  asosda  izohlab 
berishning  muhim  belgisi  bulib,  u  o`quvchining  fikrlash  qobiliyati  xususiyatlarini 
belgilaydi.Ilmiy  bilimlar  ilmiyligicha  qolib,  voqelikni  har  hil  darajada  aks  ettirishi 
mumkin.Ilmiy izoh ta`limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari  
vazifalaridan  biri-nazariy  ma`lumotlar  tizimini  shu  ma`lumotlarda  tevarak-atrofdagi 
duneni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir. 
 
Ilmiylik  qoidasi  barcha  esh  guruhlardagi  va  turli  uquv  yurtlaridagi 
o`quvchilarga  urganish  uchun  ilmiy  jihatdan  ishonarli,  amalda  sinab  kurilgan 
ma`lumotlar berilishini talab etadi. 
 
Ilmiy  bilimlarni  egallash davrida  o`quvchilar  ilmiy  duneqarash ,e`tiqod tarkib 
topadi, tafakkur rivojlanadi. 
 
Ta`limning ilmiy bulish qoidasi ta`lim jarayonida o`quvchilarni hozirgi zamon 
fan-texnika  taraqqieti  darajasiga  muvofiq  keladigan  ilmiy  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  eshlarni ilmiy-tadkiqot  usullari bilan tanishtirib borishni  ta`minlashga 
qaratilgan. 
2. Ta`limning tizimli va izchil bulish qoidasi. 
 Ijtimoiy  taraqqietning  har  bir  davridagi  maktabning  tarixiy  tajribasi  ta`lim 
vazifasini ma`lum bir tizimsiz bajarib bulmasligini kursatadi. 
O`quv  materialini  tushuntirish  tizimi  uquv  materiali  aniq  baen  qilingan 
g’oyalarga,  O`qituvchi  bu  g’oyalarning  qaysilarini  tushintirmoqchi  ekanligiga, 
bolalar  eshi,  ularning  bilimlarni  uzlashtirishga  qanchalik  imkoniyat  berishini, 
O`qituvchining bilish-bilmasligiga, shu  esh va shu saviyadagi bolalarga xos fikrlash 
faoliyatining  xususiyatlariga,  darsdagi  bilimlarni  uzlashtirish  jarayoni  odamda 
qanday tushinilishiga bog’likdir. 
 
Hozirgi  zamon  didaktikasi  uqitishda  xususiydan  umumiyga  qarab  borishni 
talab  qiluvchi  klassik  qoidaga  uzgartirishlar  kiritdikup  hollardaboshlang’ich 
sinflardaeq  umumiy  holatlardan  yana  xususiy  holatlarga  borish  mumkinligini 
isbotlandi.. shu munosabat bilan anchagina vaqt tejaladi va yutqizilmaydi, aksincha, 
o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida yutuqlarga erishiladi. 
 
Dars  mazmunining    muqobil  tuzilishini  tanlash,  uqitishdagi  didaktikaning 
tizimlilik qoidasini hisobga olishni talab qiladi. 
 
Ta`limda  izchillikka  rioya  qilib  uqitish  lozim,    toki  bugun  urganilgan  bilim 
kecha urganilganlarni mustahkamlasin, ertaga urganiladiganiga zamin hozirlasin. 
 
Ya`ni 
uqitiladigan 
fan 
neki 
baen 
qilinaetgan 
yangi 
materialning 
o`quvchilarning  oldingi  uzlashtirgan  ilmiy  bilimlari,  kunikma  va  malakalari  bilan 
izchil  va  uzviy  bog’lanishi,  shu  bilan  bir  vaqtda  uqitilaetgan  uquv  materiallarini 

 
36
uzlashtirish  orqali  kelajakda  yangi  bilimlarni  uzlashtirishga,  shuningdek  navbatdagi 
ta`lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi. 
 
Ta`limning  tizimli  bulishi  uning  izchil  bulishi  bilan  bog’likdir.Izchillikka 
asoslangan  ta`limning  xarakteri  belgisi  shundaki,  u  o`quvchilarning  oldindan 
uzlashtirgan  bilim  va  malakalari  zamirida  yangi  bilim,  kunikma  va  malakalar  hosil 
qilish, ularning uzaro bog’lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni 
baen  qilish  jarayonida  oldindan  uzlashtirilgan  bilim,  kunikma  va  malakalarini  yana 
ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir. 
 
Tizimlilik  va  izchillik  o`quvchilarda  har  qaysi  uquv  fanlarining  bir-biri  bilan 
uzviy bog’liq bulishini kursatishda ham  muhim ahamiyatga ega. 
 
Ta`limning  tizimli  ulishi  qoidasi  baen  qilinaetgan  uquv  materiallarini 
mustahkamlash  va  ilgari  utilgan  materiallarni  tuldirishga  hizmat  qilishini, 
o`quvchilarning  uzluksiz  va  tizimli  suratda  mustaqil  ish  olib  borishlarini, 
o`quvchilarning uzlashtirgan bilim va hosil bulgankunikma, malakalarni hisobga olib 
borishni ham uz ichiga oladi. 
 
Tizimlilik  va  izchillik  qoidalariuzaro  bog’liq  bulganalohida  uquv  fanlarini 
hamda  uquv  fanlarini  mantiqiy  jihatdanbir-biriga  mustahkam  bog’liq  xolda  va 
muayan bir tartibda uqitish hamda tartib jarayonida o`quvchilarni tizimli ilmiy bilim, 
kunikma va malakalarini uzlashtirib olishlarini ta`minlaydi. 
 
3.Ta`lim va tarbiyaning birligi qoidasi. 
Maktab  o`quvchilariga  ta`lim  berish,  tarbiyalash  va  ularning  umumiy 
rivojlanishlarini  bir  butunlikda  amalga  oshirish  zarur.Ta`lim  tizimida  ta`lim  bilan 
tarbiyaning  birligi  qoidasi  asosiy  va  etakchi  qoidalardan  hisoblanadi.U  didaktik 
qonunlarning  uqish  va  uqitish  borasidagi  tub  mohiyatini  ifodalaydi.Binobarin,  uquv 
fanlarining  har  biri,  hatto,  ayrim  mavzu  va  mavzuchalari  ham,  shubhasiz, 
tarbiyalovchilik  xarakterga  ega.Ta`lim  jarayonida  utilaetgan  katta  va  kichik 
mavzularning  mazmunidan  kelib  chiqadigan  tarbiyaviy  tomonlarini  iug’ri  belgilash 
va uni ta`lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta`minlash juda muhim va 
hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.Demak,  bir  butun  ta`lim  jarayonida  ikki  uzaro 
bog’likliq., haetni bilish va unga bulgan munosabaini tarkib toptirish jarayoni ajralib 
turadi.Maktabda  beriladigan  ta`lim  va  tarbiya  urtasidagi  pedagogik  jarayonning 
butunligini ta`min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. 

 
37
Maktab  ta`limida  o`quvchilar  tabiy  fanlarni-matematika,  ximiya,  biologiya, 
astronomiya  va  boshqa  fanlarni  uzlashtirish  orqali  ilmiy  e`tiqodlari  shaqlllana 
boradi.Ular  duneni  urganish  mumkinligini  ilmiy  asosda  anglab  oladilar,  haqiqatga 
ishonch bilan, elg’on narsalarga nafrat bilan qaray oladigan buladilar.  
Maktab ta`limida gumanitar fanlarning ham tarbiyaviy mohiyati juda muhimdir.Tarix 
fanini  urganish  orqali  o`quvchilar  jumhuriyatimiz  tarixini,  uning  rivojlanish 
bosqichlari,  moddiy-madaniy,ilmiy-siesiy,  ma`naviy  jihatdan  rivojlanishi,  adabiy-
badiy  merosi,  bobokalonlarimiz  tomonidan  qoldirilgan  qimmatli  hazinalarimiz, 
hozirgacha 
urganilmay 
qolgan 
xalq 
pedagogikasi 
durdonalari 
bilan 
tanishadilar.Adabiet 
va 
san`atni 
urganisho`quvchilarni 
chin 
inson 
qilib 
tarbiyalashdagi eng zarur shartlardandir. 
Ta`lim-tarbiyaning birligi ta`lim jarayonini tug’ri tashkil qilish va uqitishning xilma-
xil  va  usul  va  uslublaridan  foydalanishga  kup  jihatdan  bog’liqdir.Ayniqsa,  ta`lim 
`ilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun.. 
 
A)  baen  qilinaetgan  uquv  materiallarining  iazmuni  ham  ilmiy,  ham  g’oyaviy 
jihatdan tug’ri tashkil qilinishi., 
 
B)Uqitilaetgan mavzuning ilmiy va arbiyaviy mahiyatini ochib berilishi, ta`lim 
jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatinit yaratilishi., 
 
V)baen  qilinaetgan  ilmiy  bilimlarning  puxta  va  mustahkam  uzlashtirilishi  va 
turmushda undanamal qilinishi., 
 
G)ta`limda 
muammoli 
jarayonni 
vujudga 
keltirish, 
o`quvchilarning 
qiziqishlari, 
aktivlik 
va 
tashabbuskorliklarini 
ta`minlashga 
e`tiborning 
kuchaytirilishi., 
 
D) 
ta`lim 
jarayonida 
o`quvchilarning 
uyushqoqlik, 
intizomlilik 
va 
javobgarlikni sezish, uzaro erdam hislarini tarbiyalashni ta`minlamoq zarur. 
4.Ta`limda nazariyaning amaliet bilan bog’lab utish qoidasi. 
Didaktikada ta`limni turmush bilan, ishlab chiqarish amalieti bilan bog’lab borish eng 
asosiy  va  etakchi  qoidadir.Ilmiy  bilimlar  kishilarning  ishlab  chiqarish  faoliyati 
extiejlari  asosida  paydo  bulib,  ana  shu  faoliyatga  xizmat  qilganligi  va  xaet  bilan 
bog’langanligi sababli, shu bilimlarni egalllash uchun ularning mazmuniniuzlashtirib 
olishgina emas, balki bilimlarni amalda qullay bilishlari kerak. 
 
Bu qoida ta`limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir.o`quvchilar 
ilim bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan urganar ekan, ilmning amaliy  ehtiej 
tufayli paydo bulganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etaetgani, texnika 
va  iqtisod  sohasidagi  yangiliklar  ilmni  tobora  rivojlantira  borishini,  ilm  esa,  uz 
navbatida, ishla chiqarishni takomillashtirishga va haetni yaxshilashga erdam berishni 
bilib  boradilar.Binobarin,  barkamol  inson  tarbiyasining    maqsad  va  vazifalari  ham, 
ta`limning  mazmuni,  uqitish  usullari,  tashkil  etish  shaqllari  ham  nazariya  bilan 
amalietning  birligiga  asoslanadi.Maktab  ta`limi  tizimida  nazariya  bilan  amalietning 
birligi  qoidasi  dastavval  uquv  fanining  mazmuni  va  uziga  xos  xususiyatiga  bog’liq 
xolda uqish jarayonida amalga oshiriladi. 
Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta uzlashtirish va uni amalda qulllay olish, uquv 
materiallarini idrok qilish, anglash shuningdek, uni mustahkamlash esda saqlab qolish 
kabi ruhiy operatsiyalar bilan bog’liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi. 
Ta`lim  jarayonida  o`quvchilar  tomonidan  matematika,  fizika,  biologiya, 
ximiya, astronomiya va boshqa tabiy fanlardan uzlashtirilgan nazariy bilim, kunikma 

 
38
va malakalar uquv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, 
tajriba  er  uchastkalari  va  ishlab  chiqarish  mehnati  jarayonida  qullaniladi.Bu 
mashg’ulotlar ularni kelgusida murakkab ilmiy nazariyalarni amalda qullana olishlari 
uchun zarur bulgan tajriba bilan qurollantiriladi. 
Ta`lim  jarayonida  nazariya  bilan  amalietning  birligi  qoidasini  izchillik  bilan 
amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar uquv materialining tub mohiyatini, tabiat 
vajamiyat  taraqqieti  qonunlarini  ilmiy  asosda  atroflicha  tug’ri,  chuqur  tushunib 
oladilar  va  kelajak  amaliy  faoliyatlari  uchun  zarur  mahorat,  kunikma  va  malakalar 
hosil qilish qiladilar. 
o`quvchilarni  amaliy  faoliyatga  tayyorlash  nazariy  bilimlarni    egallash  jarayonida 
boshlanadi.Keyinchalik u laboratoriya va amaoliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. 
5.Ta`limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. 
Bu  qoida  uqitishni  shunday  tashkil  etishni  nazarda  tutadiki,  bunda 
o`quvchilarilmiy  bilimlarni  hamda  ularni  amalda  qullash  usullarini  ongli  va  faol  
egallab  olishadi.  Ularda  ijodiy    tashabbuskorlik  va  uquv  faoliyatida  mustaqillik, 
tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy duneqarash, e`tiqod tarkib topadi. 
O`qitishning  onglilik  qoidasi  o`quvchilar  yangi  qoidalarni  idrok  qilishda 
ta`riflar, teoremalar, adabietdan sh`er edlash va hokazolarning ifodalanishigina emas, 
balki  ularning  haetiy  xodisalar,  jarayonlaar  bilan  bog’liq  bulgan  mazmunini  ham 
tushinishlarini  talab  etadi.  Aks  holda    bilimlarda  yuzakichilik  avj  oladi,  b`unda 
material  quruq  edlab  olingan  buladi.o`quvchilar  uni  qayta  aytib  bera  oladilar,  lekin 
uning mohiyatini tushunmaydilar va amaliy faoliyatlarda qullay olmaydilar. 
Bilitmlarni  ongli  ravishda  uzlashtirish  o`quvchilarda  bu  bilimlarga  nisbatan 
ma`lum munosa`at hosil qilishni, emotsional kechinmalar uyg’otishni ham uz ichiga 
oladi.o`quvchilarning bilimlarni uzlashtirishga faol munosabatda bulishi uning bilish 
faoliyatini aktivlashtirishga erdam beradi. 
Uqitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o`quvchilarda tafakkur va nutqni 
rivojlantirishni  nazarda  tutadi.Mustaqil  tafakkur  turli  usullar  bilan  hosil  qilinadi. 
Tafakkurni  shaqllantirish  usullaridan  biri  mustaqil  hal  qilish,  muammoli  vazifalar 
quyishdir. 
Ta`lim  jarayonida  o`quvchilar  faolligi,  datavval,  ularning  aqliy  faoliyati-
tafakkur  bilish  faoliyatidir.Shunga  kura,  ta`limni  ongli  uzlashtirish  qoidasi,  bir 
tomondan,  o`quvchilarning  mustaqil,  faol  fikr  qilishlarini  nazarda  tutsa,  ikkinchi 
tomondan,  aynan  shu  jaraaen  davomida  o`quvchilarning  mustaqillik  va  faolliklarini 
hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda 
tutadi. 
Ongllilik va faollik qoidasi o`quvchilarning mehnat va uqishda ijodiy faoliyat 
usullariga urgatishni talab etadi. 
6.Ta`limda kursatmalilik qoidasi. 
Ta`limning  kursatmalilik  qoidasi  didaktik  qoidalarning  biri  bulib,  u  uqitish 
jaraeining 
sifatini 
orttiradi, 
o`quvchilarning 
bilim 
olishlarini 
osonlashtiradi.Uqitishning  kursatmaliligi  shuni  tasdiqlaydiki,  agar  o`quvchilarda 
urganilaetgan  narsa  va  hodisalarni  bevosita  idrok  qilishga  bog’liq  muayan  hissiy-
amaliy  tajriba  bulgan  taqdirdagina  ular  bilimlarni  ongli  suratda  uzlashtiradilar.Bu 
qoida  uqitish  jarayonida  kurish,  eshitish,  hid  bilish,  ta`m-maza  bilish,  teri,  muskul-
harakat kabi sezgi organlarining bir yula ob`ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi. 

 
39
Kursatmalilik  qoidasi  ta`limning  etakchi  qonun-qoidalarini  va  talablarini 
amalga oshirishda vositachilik qiladi. 
ChunonchiU` 
1.Baen  qilinaetgan  mavzuning  mazmuniga  mos  keladigan  materiallardan 
unumli  va  tug’ri    foydalanish  o`quvchilarning  utilaetgan  materialni  uzlashtirishga 
bulgan qiziqishini ta`minlaydi. Dars qiziqarli utadi. 
2.Ta`limda  qullanilaetgan  kursatmali  qurollar  o`quvchilarning  qay  darajada  
yaqqol va aniq, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzataetgan ob`ektga mumkin 
qadar kuproq sezgi organlari safarbar qilinsa, uquv materiallari shunchalik tez, qulay 
va  oson  uzlashtiriladi,  uzoq  vaqt    esdasaqlab  qolish  hamda  qayta  esga  tushirish 
mumkin buladi, oqibatda uquv materiallarining puxta uzlashtirilishi ta`minlanadi. 
3.Kursatmali materiallar orqali o`quvchilar ob`ektiv borliqdagi narsa, voqealar 
bilan,  ularning  xususiyati,  belgilari  bilan  tanishadilar.Mavhum  hodisalarning  aniq 
obrazlar  orqali  idrok  qiliniishi  natijasida  o`quvchilarning  mantiqiy  fikr  qilitsh 
qobiliyatlari  rivojlanadi.o`quvchilarning  ayniqsa  sxema,  jadval,  diagramma  kabi 
materiallar  ustidaish  olib  borishlari  va  material  xususiyatlarini  taqqoslash,  tahlil 
qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir. 
4.Uquv  materiallarining  kursatmali  bulishi  uzlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni 
tajribada, ishlab chiqarish amalietida qullanma olishlari uchun zarur bulgan kunikma 
va malakalar bilan ham qurollantiriladi.   
Ta`limda  kursatmalilikning  samarali  natija  berishi  uchun  uning  boshqa 
tomonlariga ham e`tibor berish kerak. 
Birinchidan,  ishlatadigan  kursatmali  qurollar  u  eki  bu  sinf  o`quvchilarining 
eshi  va  uziga  mos  xarakter  xususiyatlari,  umumiy  tayergarligi-saviyasiga  mos 
keladigan bulishi lozim. 
Ikkinchidan,  foydalanadigan  kursatmali  qurollar  utilaetgan  dars  mavzusining 
mazmunini  ochib  berishga  erdam  beradigan  materiallar  bulishini  hisobga  olmoq, 
demak, uning tug’ri tanlanishiga e`tibor bermoq lozim. 
Uchinchidan,dars  jarayonida  foydalanish  uchun  belgilangan  kursatmali 
materiallardan  unumli  foydalanmoq  uchun  zarur  bulgan  ta`lim  usullari  tug’ri 
tanlangan bulishi bulishi lozim. 
1)Buyum va narsalarni asli, tabiy holicha kursatuvchi materiallarU` usimliklar 
va ularning tarkibi, hayvonlar,ma`danlar, gerbariylar, kollektsiyalar, ashelar, asboblar 
va mashinalar modelini, shuningdek, ximiyaviy reaktsiyalar, elektr razryadlarini hosil 
qilishni laboratoriya sharoitida namoyish qilish. 
2)  Grafik-kursatmali  qurollar  chizmalar,  diagramma,  sxemalar  va  shuningdek 
grafik vositasi bilan qullanmalar. 
3)Tasviriy-kursatmali 
qurollar 
rasm, 
fotosurat, 
diafil`mlar, 
diapozitivlar,ovozsiz kinofil`mlar. 
4)Eshittirish  buyicha  kursatmalilik,  grammplastinkalar,  magnit  tasmalariga 
ezib  olingan  badiy  uqish  namunalari,  chet  el  tillaridagi  suzlarni  talffuz  qilishga  oid 
materiallar. 
7.Ta`limning o`quvchilarga mos bulish qoidasi. 
Ta`limning  o`quvchilarga  mos  bulishi  qoidasi  deganda  uquv  materiallarining 
mazmuni,  uning  hajmi,xarakteri,  u  eki  bu  sinf  o`quvchilarining  jismoniy  rivoji, 
umumiy tayergarligi-saviyasi  va imkoniyatlariga loyiq bulishi tushiniladi. 

 
40
 
Moslik qoidasida ta`limning ikki tomoni e`tiborda tutiladi 
1)Ma`lum sinf uchun belgilangan uquv materiallarining xarakteri, mazmuni va 
hajmi shu sinf o`quvchilarining esh xususiyatiga mos bulishi., 
2)Har  bir  sinf  uchun  belgilangan  bilim  hajmi  shu  sinf  o`quvchilarining 
saviyasiga mos bulishi lozim. 
Ilg’or klassik pedagogika namoyandalari ta`limning o`quvchilarga mos bulishi 
yuzasidan  bir  qator  qoidalar  ishlab  chiqqanlar.Ulardan  biri  «osondan  qiyinga  qarab 
borish» qoidasidir. 
Utiladigan  materialning  haddan  tashqari  engil  bulishi  bolalarning  qiziqishini 
sundirganidek,  ularning  bilimda  olg’a  qarab  borishlarini  ham  ta`minlay  olmaydi. 
Aksincha,  utilajak  materiallar  bolalar  saviyasig  nisbatan  og’ir,  tushinsh  qiyin  bulsa, 
quyilgan  misol  va  masalalarni  echish,  hal  qilishga  o`quvchilarning  qurbi  etmasa, 
ularda uz kuchiga ishonmaslik kayfiyati tug’iladi. 
Moslikning  ikkinchi  qoidasi  «Ma`lumdan  noma`lumga  qarab  borish»`dir.Bu 
qoidaga  amal  qilishda  o`quvchilarda  avvaldan  mavjud  bulgan  ilmiy  bilim  va 
tajribalar  zamiridayangi,  hali  o`quvchilarga  ma`lum  bulmagan  ma`lumotlar  bilan 
qurollantirishni tushuntirmoq lozim. 
Moslikning uchinchi qoidasi «Soddadan murakkabga qarab borish»dir. 
Kupincha  biz  tushinib  etgan,  uzlashtirilgan  hamma  narsalar  sodda,  tushinib 
etmagan, uzlashtirilmagan narsalar esa murakkab kurinadi. 
Moslik  qoidasi  yana  bir  qator    talablarga  amal  qilishni  taqozo  etadi.Ayniqsa 
darsda berilaetgan bilimlarni o`quvchilar puxta uqib olishlarigsha imkoniyat yaratish 
uchun  puxta  va  mustahkam  rejaga  amal  qilinishi,  baen  qiliniaetgan  materiallarining 
lunda  xulosalar  chiqarish.,materiallarning  ishonchli  bulishi  uchun  omil,  misol  va 
dalillar  keltirish-kursatma-qurollaridan  foydalanish  baen  qilinaetgan  materiallarni 
turmush  bilan,  o`quvchilarning  shaxsiy  tajribalari  bilan  bog’lab  olib  borishni  talab 
qiladi. 
8.Ta`limda  bilim,  kunikma  va  malakalarni  puxta  va  mustahkam 
uzlashtirish qoidasi. 
Talimning puxta uzlashtirish qoidasi muhim didaktik talab va qoidalarni, ya`ni 
o`quvchilar  tomonidan  tizimli  va  ongli  uzlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  mustahkam, 
esda  saqlab  qolish  hamda  uzlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni    uz  turmush  faoliyatlarida 
qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. 
Demak,  puxta  uzlashtirishning  xarakterli  belgisi  ta`limni  mustahkam  esda 
saqlab qolishdir. Boshqacha qilib aytganda, bu qoida o`quvchilarning xotira faoliyati, 
ya`ni  uquv  materiallarini  esda  qoldirish,esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirishkabi 
xotira  jareni  faoliyati  faoliyatiga  bog’liqdir.Uqv  materiallarini  mustahkam  esda 
saqlab  qolish  ayni  dars  jarayonida  baen  qilinaetgan  uquv  materiallarini  tizimli  va 
ongli uzlashtirilishiga bog’liq. Avvalgi mashg’ulotlarda hosil qilingan bilim, kunikma 
va malakalar ancha murakkabroq materiallarni uzlashtiribolish uchun pillapoya, baza 
bulib  hizmat  qiladi.Lekin  hosil  qilingan  bilim  puxta  uzlashtirilgan,  yaxshi 
mustahkamlangan  bulishi  va  va  o`quvchilarning  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanishi 
kerak.mustahkamlash  qoidasi  shulardaniborat  bulib,  ularga  rioya  qilmaslik 
o`quvchilarning ilmiy bilimlarni puxta uzlashtiraolmasligiga sabab buladi. 
Shunday  qilib,  bilim,  kunikma  va  malakalarni  uzlshtirib  olishning 
mustahkamligiga  avvalo  hamma  uqitish  qoidalari:  tushunarlilik,  tizimlilik  va 

 
41
izchillik,  nazariya  bilan  amalietning  bog’liqligi.  Kursatmalilik,  o`quvchilarning 
ongliligi  va  faolliligi  qoidalarini  amalga  oshirish  bilan  erishiladi.  Puxta 
uzlashtirilishning  muvaffaqiyati  kup  jihatdan  takrorlash  va  mashq  qildirishga  ham 
bog’liqdir. 
Takrorlashning 
ahamiyati 
shundaki, 
takrorlash 
jarayonida 
faqat 
oldindaniuzlashtirilgan  uquv  materiallarigina  esga  tushirilmay,  balki  shu  uquv 
materiallariga  bog’liq  bulgan  yangi-yangima`lumotlar  ham  beriladi,uzlashtirilgan 
bilimlarning noaniq, tuman bulib qolgan tomonlari oydil`nlashtiriladi va tuldiriladi. 
Takrorlash, xotirada qayta tiklashni birnecha yul bilanolib borish mumkin.Har 
bir  darsda  avvalgi  dars  materiali  bilan  yangi  material  urtasida  bog’liqliq  urnatish 
maqsadida uquv yilining oxirida asosiy masalalar buyicha yalpi takrorlanadi. 
Takrorlashning  ikkinchi  turi  maxsus  qaytarishdir.Bunday  takrorlash  katta 
mavzularni  utib  bulgach,  shuningdek,  ma`lumbir  chorak  ichida  utilgan  material 
yuzasidan olib boriladi. 
Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi uquv yili oxirida alohida ajratilgan 
soatlarda utkaziladi. 
9.Ta`limda o`quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi. 
Ta`lim-tarbiya  jarayonining  hamma  tomonlari  umumsinf  o`quvchilari 
jamoasiga  xos  xususiyatlarga  amal  qilgan  holda  yulga  quyiladi.  Biroq,  har  bir 
o`quvchi uziga hos jismoniy, ahloqiy,ruhiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning 
uquv faoliyatigav katta ta`sir kursatadi. 
Shu  jihatdan  ta`lim  jarayonida  umumsinf  o`quvchilarini,  hamda  shu  sinfdagi 
hariqaysi  o`quvchining  uziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holdaish  kurish 
muhim didaktik ahamiyatga ega. 
o`quvchilarning  real  uquv  imkoniyatlarini,  ularning  rivojlanish  jihatlarini 
urganish  hozirgi  vaqtda  shunchaki  hohish  emas,  balki  majburiy  talabdir.Busiz  uquv 
jarayonin muqobillashtirish, uni boyitish aqlga sig’maydi. 
Sinf  o`quvchilari  jamoasiga  xos  bulgan  umumiy  xususiyatlar,  avvalo, 
ma`lumsinf  o`quvchilarining  jismoniy,  aqliy  va  ruhiy  rivojida  nomaen  buladi. 
Ta`limning  muvaffaqiyatli  bulishida  o`quvchilarning  uziga  xos  xususiyatlarini 
kuzatish  vaurganish  hamda  shu  xususiyatga  mos  muomala  qilish  hal  qiluvchi  urin 
egallaydi. 
Darsda  har  bir  o`quvchining  uziga  xos  xususiyatlarini  tula  hisobga  olish  juda 
qiyin va har doim ham buning iloji bulavermaydi. Pedagog o`quvchilarni darsdagi va 
amaliy  mashg’ulotlar  jarayonidagi  ishini,  uy  vazifalarini  bajarishini  kuzatadi, 
ularning  bilimi,  ezma  ishlari,  yasagan  kurgazmamateriallarini  tekshiradi.Darsdan 
tashqari  vaqtlarda  urtoqlari  va  boshqalarga  bulgan  munosabati,  xulqi,  irodaviy 
sifatlarini  urganadi,  ular  bilan  suhbat  qiladi.Kuzatish  jarayonida  u  o`quvchining 
kuchli  va  ojiz  tomonlarini,  uning  qiziqishlari,  tafakkuri,  nutqi,  xotirasi,  diqqati, 
haeliga  mos  bulganxususiyatlarni  bilib  oladi,  o`quvchilarning  haetiy  va  mehnat 
qobiliyatini  urganadi.Bush  uzlashtiruvchi  dasturning  ma`lum  bir  bir  bulimi  eki  fan 
buyicha  orqada  qolish  sabablarini  aniqlaydi.  o`quvchi  ularni  bilib  olgandan  keyin 
birinchi navbatda emon holatlarning ta`sirigabardosh berish choralarini kuradi. 
Masalan  o`quvchining  kurish  qobiliyati  uncha  yaxshi  bulmasa  eki  emon 
eshitsa,  uni  biringchi  qatorga  utkazish  kerak.  Bu  narsa  diqqati  beqaror  bulgan 
o`quvchilarga  ham  tegishlidir.  Bundan  tashqari,  ulardan  tez-tez  surash,  ularni 

 
42
urtog’iningjavobini  qaytarishga,  tuldirishga  eki  uhaqda  uz  fikrini  bildirishga  majbur 
etish lozim. 
Darsda  va  uy  vazifalarida  differentsiallashgan  ta`lim  elementlarini  hisobga 
olishning muhim vositasidir. 
SAVOLLAR 
1.Didaktika 
fani 
yaratilgan 
zaruriyat, 
sabablari 
qaysilar?. 
2. Didaktika fanining maqsad va vazifalarini   sharhlab bering? 
3. Didaktik tushunchalar, ularning mohiyati nimada?. 
4. Didaktikaning asosiy metodlarini aytib     bering?. 
 
          Foydalaniladigan asosiy darslik va oquv qollanmalar royxati 
  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling