O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Download 0.55 Mb.
bet39/53
Sana10.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1761747
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi-fayllar.org

1. Emansipasiya reaksiyasi. U kattalarning qaramogidan, nazoratidan va
homiyligidan ozod bo’lishga intilish, harakat qilishda namoyon buladi. Reaksiya kattalar
tomonidan belgilangan tartib, koida, konun va umuman joriy qilingan «Standart» va
«Qadriyat»ga karshi yo’naltiradi. «Ozod bulish» ehtiyoji mustaqil hayotga intilish bilan
bogliq bulib, bu reaksiya ugil bolalarda kiz bolalarga nisbatan kuchlirok namoyon
bo’ladi. Ushbu reaksiya o’smirlikning kichik va urta davrlarida sosio-psixologik omil
ta’sirida kengrok tarkaladi. Psixopatiya sharoitlariga emansipasiya reaksiyasi ashaddiy
ko’rinishi bo’lib, o’smirning uyidan kochib ketishida namoyon bo’ladi.
2. Tengkurlari bilan guruhlashgan reaksiya. Usmirlarga tengqurlari bilan
guruxlarga birlashish va jipslashish -instinktlik darajasiga xos jarayondir. Odatda ikki
turdagi o’smirlar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchisi, bir jinsga asoslanib, unda ashaddiy lider mavjuddir va guruhni barcha
a’zolarining vazifalari, ularning guruxdagi o’rni kat’iy belgilab qo’yilgan bo’ladi.
Bunday turdagi guruxda «Liderning ad’yutanti», «Antilider», «Ikki yuzlamachi» kabi
rollar mavjud bo’lib. ulardan birinchisi odatda unga intellektual kobiliyatga ega
bo’lmagan, lekin jismoniy kuchli bo’lgan o’smir bajaradi.
Ikkinchisi, liderning o’rnini egallashga xarakat qiladigan, uchinchisini esa u
tomonga xam bu tomonga ham o’tib yuradigan o’smir amalga oshiradi. Bunday
guruhning «o’z hududi» mavjud bo’lib, unga «begonalar» yaqinlashtirilmaydi.
Guruhning tarkibi barkaror ravishda bo’ladi va yangi a’zolarni fakatgina muayyan
«sinovlar» asosida qabul kiladi.
Ikkinchi turdagi gurux esa rollarni kat’iy taksim etilmagani va unda doimiy liderning
yo’qligi bilan izohlanadi. Liderning vazifalarini odatda guruhning turli a’zolari
bajarilayotgan vazifaning maqsadiga muvofik bajarishlari mumkin. Guruh a’zolari ikki
jins vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi barkaror emas, ya’ni biri ketadi, biri esa
kelib ko’shiladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling