O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.94 Mb.
bet49/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Qaror qabul qilish.

Qaror qabul qilish, ya'ni bir to`xtamga kelish qanday bo`lmasin biror fikrga kelish yoki qilinishi mumkin bo`lgan ishlarni aniq-tayin bir yo`lini tanlab olishdir.


Qarorlar qabul qilish menejerning fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan -tashkiliy, kadrlarga oid, texnologik, ta'minot masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo`lsagina, ana shu holda u o`rinli deb hisoblanadi.
Qarorlar qabul qilishning tamoyillari. Boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish ishi juda tayinli tamoyillarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.Tamoyillarning o`ndan ortik turi bor, lekin yakkaboshchilik, yakdillik, ko`pchilik, konsensus tamoyillari eng ko`p rusum bo`lgan.
Yakkaboshchilik tamoyili. Bunda qaror yakkaboshchilik asosida qabul qilinadi. Bunda menejerlarning hatti-harakatlari va qarorlari asosli tanqidlarga uchraydi, natijada boshqaruv ishi obro`-e 'tiborga asoslanib olib borilganda shaxslarning o`rtasidagi ishonch yo`qolib qolishi va janjallar ko`p bo`lib turishi bilan ta'riflanadi.
Yakdillik tamoyili, bozor munosabatlari sharoitida bunday tamoyilning to`laligicha namoyon bo`lishi juda qiyin. Bizning sharoitimizda yakdillik «ma'qullaymiz» degan galati shaklga kirib qoladiki, bu iqtisodiyotimizning o`zigagina emas, balki butun jamiyatimizga ham zarar yetkazadi.
Ko`pchilik tamoyili. Qaror qabul qilishda ovoz berish yo`lidan foydalaniladi.
Konsensus tamoyili. Konsensus qarorlarni qabul qilishda barcha masalalar va turli - tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish, kelishishdir. Bu narsaga o`zaro fikr almashish va maslahat qilish, shuningdek oldinga surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo`llash bilan erishiladi.
Umuman olganda samarali qarorlar tijorat korxonasining yashab borishi uchun garovdir.


Nazorat savollari :



  1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta'rif bering.

  2. Tadbirkorlikning tamoyillarini sanab ko`rsating..

  3. Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini tushuntirib bering.

  4. Marketing va menejment deganda nimalarni tushunasiz?


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling