O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalari
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
2.Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalari.
Adam Smit davridan boshlab, davlat va xususiy sektorlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati va rollari to`g`risida juda ko`p nazariy tortishuvlar, turli fikrlar mavjud bo`lib kelgan.Bunda ishlab chiqarilgan tovarlarni faqat huquq va qonunga itoat etgan tarzda erkin ayriboshlash va taqsimot hukmronligi himoya qilingan. Davlat aralashuvi ayrim tovarlar, ya'ni umumiy iste'molga atalgan tovarlar bo`yicha saqlanishi to`g`risida gapirilgan. Bozor iqtisodiyoti eplay olmaydigan bunday tovarlar to`rt xil deb ko`rsatiladi: O`z tabiati bo`yicha umumiy bo`lgan va yakka iste'mol etishning imkoni bo`lmagan tovarlar ya'ni mudofaa tovarlari; Mulk va tovarga aylantirish mumkin bo`lmagan boyliklar, masalan: Davlat muxofaza qilishi kerak bo`lgan ob-havo. Xaridori yo`q bo`lgan tovarlar aytaylik, ishsizlar (jamiyat a'zolarining bir qismi). Bahosi monopoliya ixtiyorida bo`lgan tovarlar. Bu sohalarda bozor zaiflik qiladi va samaradorlikni ta'minlash uchun davlatni yordamga chakirish zaruriyat tug`iladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ayniqsa «Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo`nalishlarini belgilaydi. Iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va mustaqil davlatimizning ijtimoiy - siyosiy hayotida tub o`zgarishlarning amalga oshirish siyosatini ishlab chiqarish va izchil ro`yobga chiqarish kerak»1 deb ta'kidlagan edilar. Davlat iqtisodiy sub'ekt bo`lsada, uning iqtisodiyotdagi o`rni alohida, uni firmaning yoki iste'molchining roli bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Davlat boshqa bozor ishtiroqchilari ega bo`lmagan vositalar, chunonchi soliq, subsidiya, litsenziya, boj to`lovlari kabi vositalar bilan ulkan moliyaviy resurslar to`plangan bo`ladi, davlat byudjetida katta pul jamlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tengsizlik, ya'ni boylar va kambag`allar mavjud bo`ladi. Ularning o`rtasida nizo chiqmasligi uchun davlat aholining nochor qatlamlariga ijtimoiy yordam berishda vazifani o`z zimmasiga olishi kerak. Jamiyatda hamma bahramand bo`ladigan xizmatlar bor. Umumiy ta'lim, sog`liqni saqlash, atrof muhitni muxofaza qilish, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, yurtni obod qilish, ijtimoiy tartibni saqlash va boshqalar. Bu sohalar g`oyat serxarajat lekin bevosita foyda olish imkonini bermaydi.Shu sababli ularga firmalar qo`l urmaydi. Bu ish hamma uchun zarur bo`lganidan mazkur sohalarni davlat o`z qo`liga oladi, demak, davlat iqtisodiy vazifani bajarishi zarur ekan. Umuman, bozorni tartibga solish zarurmi, degan savol tugiladi. Bunga javob bergan holda, davlatning besh iqtisodiy faoliyati yo`nalishini ko`rsatish mumkin: Jamiyatning xavfsizligini ta'minlash (mudofaa, ekologik, iqtisodiy, genetik kabilar). Moddiy boyliklar va daromadlarni qayta taqsimlashish yo`li bilan aholini ijtimoiy himoyalash; Davlat byudjetining daromadi va xarajati yordamida davlat sektori orqali iqtisodiyotga ta'sir etish; Vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotning samarali faoliyatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar o`tkazish kerakligi. Bu faoliyatlar yo`nalishi monopoliyaga qarshi va raqobatni qo`llashga qaratilib, iqtisodiy tizimni yaxshilovchi islohot mazmuniga ega bo`ladi. Iqtisodiy o`sishni barqarorlashtirish va tartibga solish. Hozirgi davrda insonning hayotiy huquqi jamiyat tomonidan ta'minlanishi zarur shart hisoblanib, ishlab chiqarish omillari mavjudligi, xo`jalik faoliyati shakllari va natijalaridan qat'iy nazar, insonning mavjud standartga loyik farovonligi, arzigulik yashash huquqi kafolatlanishi talab etiladi.Albatta buni bozor iqtisodiyotining o`zi bajara olmaydi. Bozor iqtisodi tizimida ishlashni istaydiganlarning mehnat qilish huquqining to`la ta'minlanishini kutib bo`lmaydi. Davlatning bunga ham aralashishi, ishsizlikni pasaytirish chora larini qo`llashi talab etiladi. Shu bilan birga ularning daromadini kafolatlash, minimal chegarasini belgilash zaruriyati tug`iladi. Yana shunday muhim tomonlar borki, masalan, murakkab mintakaviy muammolar mavjudligi, bular tarixiy, milliy, demografik va boshqa xil nobozor omillar ta'sirida yuzaga keladi. Bu muammolarni faqat davlat yechishi mumkin.Ma'lumki, milliy va xalqaro darajadagi muammolarni davlat tomonidan hal qilib borish jahon iqtisodiyotining soglom taraqqiyotining sharti hisoblanadi. Bularga tashqi savdo siyosati, kapital va ish kuchining xalqaro miqyosidagi siljishi, valyuta kursiga ta'sir ko`rsatish kabilar kiradi. Bozor iqtisodiyoti monopoliya, inflyatsiya, umumiy iqtisodiy faoliyat pasayishi kabilarga qarshi kurashish qobiliyatiga ega emas. Bozor o`z ichki rezervlari bilan bularning oldini ololmaydi, davlatning tashabbusi talab etiladi. Jamiyat xavfsizligini ta'minlash, ya'ni milliy mudofaa, ekologik, iqtisodiy va genetik xavfsizliklarni ta'minlash faqat davlat tomonidan ijro etiladi. Iqtisodiyotni programmalash, rejalashtirish, istiqbolli taraqqiyotni ta'minlash, ustuvor tarmoqlarni yangilash va yangilarini barpo qilish kabilar davlat iqtisodiy faoliyatiga bog`liqdir. Albatta bozor erkin harakati bilan davlatning iqtisodiy faoliyati o`rtasidagi muvozanat qonuniydir va davlatning tartibga solish faoliyatining samarali oqibati mavjuddir. Bu borada shunga e'tibor berish kerakki, davlat o`ziga ajratilgan iqtisodiy vazifalarni bajarishi va undan chekkaga chiqmasligi zarur. Aks holda, bozor mexanizmlariga putur yetkazilib, uning harakatlari susaytiriladi, iqtisodiy buzilishlar ro`y beradi, ya'ni bozor jarayonlari izdan chiqib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayishi va binobarin orqaga kaytish jarayoni, nodavlatlashtirish zaruriyati tug`iladi. Bunga 70-yillardagi yetakchi mamlakatlardagi inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy nomuvozanatlik xollarini misol keltirish mumkin. Bu davlatning ortiqcha iqtisodiy harakatlari natijasi bo`lib, buning oldini olish natijasida normal taraqqiyot yo`liga o`tilgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi va unga o`tish davridagi davlatning iqtisodiy faoliyati va tartibga solish vazifasining bajarilishi bir-biridan farqlanadi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlat faoliyati ancha murakkablashadi, chunki bozorni yaratish bilan bog`liq bo`lgan alohida vazifalar ham qo`shiladi. Bular turli mulkchilikni yaratish, davlat mulkini xususiylashtirish, raqobat sharoitini yaratish, kuchli inflyatsiyaning oldini olib borish, tadbirkorlikni jonlashtirish, xalq xo`jaligi tuzilishini bozorga moslab o`zgartirishdan iborat. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling