O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 86.23 Kb.

Sana10.02.2018
Hajmi86.23 Kb.

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

“FOLKLOR” TO‘GARAGI  

O‘QUV DASTURI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

TOSHKENT-2016 

 

 



Muallif:           

 

T.Sapaeva  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy 

ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

D.Ermatov  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy 

ijodiyot markazi direktori 

 

Z.Tovboev  –  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat 

pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi 

 

 



Taqrizchilar:           

N.Shomansurova  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 

badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari 

 

 

 

E. Islomov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist 



 

 

 



A.Yuldoshev 

– 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Davlat 


konservatoriyasi qoshidagi akademik litseyi direktori 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu  o‘quv  dasturi  Respublika  Ta’lim  markazi  huzuridagi  Ma’naviy-

ma’rifiy  yo‘nalishdagi  Ilmiy  metodik  kengashining  2016  yil  15  iyuldagi  

6-sonli  navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan  foydalanishga  tavsiya  etilgan 

hamda  Xalq  ta’limi  vazirining  2016  yil  1  avgustdagi  194-sonli  buyrug‘i  bilan 

tasdiqlangan. 



 

“FOLKLOR” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI 

 

KIRISH 

 

“Folklor”  to‘garagi  maqsadi  o‘quvchilarga  folklor  qo‘shiqlari  va  ularning 

yaratilish  tarixini,  folklor  qo‘shiqlarining  turlarini,  uslublarini,  namoyondalarini, 

hududda  yashab  o‘tgan  madaniyat  namoyondalari,  folklorga  xos  bo‘lgan  liboslar 

turlarini,  xududlarga  xos  bo‘lgan  milliy  raqs  yo‘nalishlarini:  xususan  Farg‘ona-

Toshkent  raqs  maktabi,  Xorazm  raqs  maktabi,  Buxoro  raqs  maktabi,  folklor 

qo‘shiqlarida  foydalaniladigan  milliy  xalq  cholg‘u  asboblarini  ijro  yo‘llarini,  ota-

bobolarimizdan 

avloddan-avlodga 

o‘tib 


kelayotgan 

folklor 


qo‘shiqlarini 

o‘rgatishdir. 

“Folklor”  to‘garagiga  6  yoshdan  16  yoshgacha  bo‘lgan  o‘quvchilar  qabul 

qilinadi. 

“Folklor” to‘garagining o‘quv dasturi ikki o‘quv yiliga mo‘ljallangan. 

Mazkur 


o‘quv 

dasturi 


Xalq 

ta’limi 


vazirligining 

2015 


yil  

31  martdagi  7-mh-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  maktabdan  tashqari  ta’limga 

qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. 

Ushbu  o‘quv  dasturida  berilgan  mavzular  va  mavzuga  oid  soatlar  miqdori 

(216  soatdan  chiqmagan  holda)  hududning  va  to‘garaklarga  jalb  qilingan 

bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 

25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. 

 

“FOLKLOR” TO‘GARAGINING BIRINCHI O‘QUV YILIGA 

MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 

Mashg‘ulot mavzulari 

Nazariy 

soat 

Amaliy 

soat 

Jami 

soat 

1.  Kirish  

 



2.  Folklor. Xalq og‘zaki ijodi  



10 

3.  Mahalliy uslublar 

20 


22 

4. 


Bolalar  folklor  qo‘shiqlari  va  raqs 

xarakatlari 

21 


24 

5.  Xorazm folklor qo‘shiqlari  

19 


21 

6.  Surxon folklor qo‘shiqlari   

19 


21 

7.  Oraliq nazorat ishi 

 



8.  Toshkent, Farg‘ona folklor qo‘shiqlari  

19 


21 

9.  Buxoro folklor qo‘shiqlari 

19 


21 

10.  Mavsumiy qo‘shiqlar 

19 


21 

11. 


Laparlarni  yod  olish  va  ijro  etish 

qoidalari 

19 


21 

12.  Topishmoq va tez aytish qoidalari  

13 


15 

13.  Yakuniy konsert dasturi 

10 


12 

14.  Yakuniy nazorat ishi 

 





Jami

:

 

25 

191 

216 


 

 



1. Kirish

Folklor,  uning  tarixi,  hududda  yashab  o‘tgan  madaniyat  namoyondalari, 

xududlarga xos bo‘lgan qo‘shiq va raqslar, ularning kelib-chiqishi, uning hayotda 

tutgan o‘rni, qadimiy folklor qo‘shiqlarning kelib-chiqishi va ularning ahamiyati. 

 

2. Folklor. Xalq og‘zaki ijodi. 

Folklor  xalq  og‘zaki  ijodi.  Folklor  qo‘shiqchilarining  kelib-chiqishi,  ergash 

Jumanbulbul  o‘g‘li,  Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li,  Mukarrama  Turg‘unboeva,  Qunduz 

Mirkarimovalarning xalq og‘zaki ijodi va raqs san’atiga  qo‘shgan hissalari.  



Amaliy mashg‘ulot: Ular ijro etgan qo‘shiq va raqslarni o‘rganish. 

 

3. Mahalliy uslublar

Folklor  xalq  og‘zaki  ijodining  mahsuli.  O‘z  mahalliy  uslubida  ijro  etish. 

Mahalliy uslublarning o‘sha hududga xosligi. Qo‘shiqlardagi shevaga xos so‘zlarni 

ishlatish,  qo‘shiq  va  mahalliy  uslubga  xos  bo‘lgan  raqslar,  mahalliy  liboslarni 

tanlash,  liboslar  turlarini  ajra  olish,  mehnat  kiyimlari,  bayram  va  sayl  kiyimlari, 

mavsumiy kiyimlar orasidagi farqlar. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Qo‘shiq  va  raqsni  ijro  etilishi,  ovoz  sozlash,  raqsning 

xolatlarini o‘rgatish, qo‘shiq va raqsga musiqani moslash. 



 

4. Bolalar folklor qo‘shiqlari va raqs harakatlari. 

Ota-bobolarimizdan  avloddan–avlodga  o‘tib  kelayotgan  bolalar  folklor 

qo‘shiqlari, raqslari. 

Amaliy mashg‘ulot:  Ijro  etish  ko‘nikmalari.“Oftob  chiqdi  olamga”  qo‘shig‘i 

va  raqsi.  “Oftob  chiqdi  olamga”  qo‘shigi  matni,  ovoz  mashqi,  raqs  xarakatlari. 

Qo‘shiq 

ohangi 


eshittirish. 

Qo‘shiq 


harakatlari. 

Kiyimlar 

tanlanash. 

Sahnalashtirish. 

 

5. Xorazm folklor qo‘shiqlari.  

Xorazm qo‘shiqlarining ijro etilish yo‘li, uning ijodkorlari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Xalfachilik  yo‘nalishidagi  ijro  yo‘llari.  “Omon-omon” 

qo‘shig‘ini  Xorazm  ijro  yo‘lida  ijro  etish.  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z 

shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va  ularning  ishlatilishi,  audio  tasma  orqali  eshittirish, 

qo‘shiq  matni  yozdirish  va  sahnalashtirish.  Xorazm  bolalar  folklor  qo‘shiqlarini 

ijro etish, unga xos bo‘lgan raqslar. 

 

6. Surxon folklor qo‘shiqlari va raqslari. 

Surxondaryo folklorining ijro etilish yo‘li, uning ijodkorlari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar 

o‘rni  va  ularning  ishlatilishi,  audio  tasma  orqali  eshittirish.  Qo‘shiq  matnini 

yozdirish. Surxon bolalar folklorini ijro etish, unga xos bo‘lgan raqslar. 

 

7. Oraliq nazorat ishi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yilining  birinchi  yarim  yilligi  davomida 

o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 



 

 



8. Toshkent, Farg‘ona folklor qo‘shiqlari.  

Toshkent, Farg‘ona folklorining ijro etilish yo‘llari, uning ijodkorlari.  



Amaliy mashg‘ulot: YAlla va  laparlar    ijro  yo‘llari.  “Jamalagi tillo qizgina” 

hamda “Yalla jonim, yalla” qo‘shiqlarini Toshkent, Farg‘ona ijro yo‘lida ijro etish 

uslublari. Qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi o‘z  shevasiga xos so‘zlar o‘rni va ularning 

ishlatilishi,    audio  tasma  orqali  eshittirish.  Qo‘shiqlar  matni.  Sahnalashtirish. 

Toshkent, Farg‘ona bolalari folklorlarini ijro etish, unga xos bo‘lgan raqslarni ijro 

etish.  


 

9. Buxoro folklor qo‘shiqlari.  

Buxoro folklor qo‘shiqlarining ijro etilish yo‘li, uning ijodkorlari. 



Amaliy  mashg‘ulot:  YAllalar  ijro  yo‘llari.  Buxoro  ijro  yo‘lida  ijro  etish 

uslublari.  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar  o‘rni  va  ularning 

ishlatilishi. 

Qo‘shiqni 

audio 

tasma 


orqali 

eshittirish. 

Qo‘shiq 

matni. 


Sahnalashtirish.  Buxoro  bolalari  folklorini  ijro  etish,  unga  xos  bo‘lgan  raqslarni 

ijro etish.  



 

10. Mavsumiy qo‘shiqlar

Folklor  qo‘shiqlarining  xalq  sayilllarida  kuylanishi,  ularning  mehnat 

qo‘shiqlari, fasliy qo‘shiqlar va mavsumiy qo‘shiqlarga bo‘linishi.  

Amaliy  mashg‘ulot:  Qo‘shiqlarda  xalqning  orzu-istaklarini  bayon  etilishi, 

rag‘batlantirilishi,  baxt  va  quvonchni  tarannum  etilishi,  mehnatga  ishtiyoqni 

oshirish. Mavsumiy qo‘shiqlarini va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish.  

 

11. Laparlarni yod olish va ijro etish qoidalari. 

Laparlarning  xalq  og‘zaki  ijodida  tutgan  o‘rni,  ularni  yaratilish  tarixi  va 

lapardagi so‘zlardan kelib chiqqan holda raqs sahnalashtirish, laparlarni yod olish 

va ijro etish.  



Amaliy mashg‘ulotLaparlarni ijro etish. 

 

12. Topishmoq va tez aytish qoidalari. 

To‘garak a’zolariga topishmoq, tez aytishlar va so‘z o‘yinlari. 



Amaliy mashg‘ulotTopishmoq va tez aytish. 

 

13. Yakuniy konsert dasturi. 

YAkuniy konsert dasturini namoyish etish tartibi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  To‘garak  a’zolarining  yil  davomida  o‘rgangan  qo‘shiq, 

yalla, raqs, laparlardan tuzilgan yakuniy konsert dasturi namoyish etish. 

 

14. Yakuniy nazorat ishi. 

Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 



 

 

“FOLKLOR” TO‘GARAGINING IKKINCHI O‘QUV YILIGA 



MO‘LJALLANGAN O‘QUV DASTURI 

 

T/r 

Mashg‘ulot mavzular 

Nazariy 

soat 

Amaliy 

soat 

Jami 

soat 

1.  Xalq og‘zaki ijodi va turlari 

 



2.  Folklor ijrochiligida sahna kiyimlari 



3. 


Toshkent, 

Farg‘ona 

qo‘shiqchilik 

uslubi 


16 


18 

4.  Surxondaryo qo‘shiqchilik uslubi 

17 


18 

5.  Xorazm qo‘shiqchilik uslubi 





6.  Xorazm folklor -raqs uslubi 

11 



12 

7.  Buxoro folklor -raqs uslubi 





8.  Bolalar folklor qo‘shiqlari. 



10 

9. 


Mahalliy uslublarda aytiladigan bolalar 

folklori 

14 


16 

10.  Oraliq nazorat ishi 

 



11.  Mehnat qo‘shiqlari 

13 


14 

12.  Fasliy qo‘shiqlar 

14 


15 

13.  An’anaviy sayl-bayram qo‘shiqlari 

14 


15 

14.  Topishmoq qo‘shiqlar 

 

13 


13 

15.  Sho‘x qo‘shiqlar va yallalar 

14 


15 

16.  Xalq aytimlari  

 

13 


13 

17.  Gulyor laparlar 

 

13 


13 

18.  Marosim qo‘shiqlari 

15 


16 

19.  Yakuniy nazorat ishi 

 





Jami

:

 

16 

200 

216 

 

1. Xalq og‘zaki ijodi. 

Xalq  og‘zaki  ijodiyoti,  tarixi.  Hududda  yashab  o‘tgan  xalq  og‘zaki  ijodiyoti 

namoyondalari.  Qo‘shiqlar.  Qo‘shiq  va  musiqaning  hayotda  tutgan  o‘rni.  Xalq 

og‘zaki  ijodi.  Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li,  Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li,  Muhammadqul 

Jonrot o‘g‘li, Po‘lkanlarning xalq og‘zaki ijodiga qo‘shgan hissalari. 

 

2. Folklor qo‘shiqlar ijrochiligida sahna kiyimlari.  

Har bir hududning o‘ziga xos bo‘lgan mahalliy liboslari.  



Amaliy  mashg‘ulot:  Liboslar  turlari,  mehnat  kiyimlari,  bayram  va  sayl 

kiyimlari, mavsumiy kiyimlar orasidagi farq hamda ularni kiyib ijro etish. 



 

3. Toshkent, Farg‘ona qo‘shiqchilik uslubi. 

Toshkent,  Farg‘ona  qo‘shiqchilik  uslubi.  Toshkent,  Farg‘ona  folklor 

qo‘shiqlarining ijro etilish yo‘li, uning ijodkorlari. Yalla va laparlar yo‘nalishidagi 

ijro yo‘llari. Toshkent, Farg‘ona ijro yo‘lida ijro etish, qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi 



 

shevaga  xos  bo‘lgan  so‘zlar  o‘rni  va  ularning  ishlatilishi.  Audio  tasma  orqali 



eshittirish. Qo‘shiqlar matnini yozdirish va raqsi xolatlarini sahnalashtirish. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Audio  tasma  orqali  eshittirish.  Qo‘shiqlar  matnini 

yozdirish va raqsi xolatlarini sahnalashtirish. 

 

4. Surxondaryo qo‘shiqchilik uslubi. 

Surxondaryo  qo‘shiqchilik  uslubi.  Surxondaryo  follor  qo‘shiqlarining  ijro 

etilish yo‘li, uning ijodkorlari. Baxshichilik yo‘nalishidagi ijro yo‘llari. Surxon ijro 

yo‘lida ijro etish uslublari.  



Amaliy  mashg‘ulot:  Baxshichilik  yo‘nalishidagi  ijro  yo‘llari.  Surxon  ijro 

yo‘lida ijro etish va raqs xarakatlarini sahnalashtirish.  

 

5. Xorazm qo‘shiqchilik uslubi. 

Xorazm  qo‘shiqlarining  ijro  etilish  yo‘li,  uning  ijodkorlari.  Xalfachilik 

yo‘nalishidagi ijro yo‘llari. Xorazm vohasiga xos bo‘lgan folklor qo‘shiqlar. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Qo‘shiq  matni,  qo‘shiqdagi  o‘z  shevasiga  xos  so‘zlar 

o‘rni  va  ularning  ishlatilishi.  Audio  tasma  orqali  eshittirish,  qo‘shiq  matnini 

yozdirish va raqs xolatlarini sahnalashtirish. 

 

6. Xorazm folklor raqs uslubi. 

To‘garak a’zolariga Xorazm folklor raqs uslublarini o‘rgatish. 

Amaliy mashg‘ulot: Xorazm folklor raqs uslubini mashq qildirish. 

 

7. Buxoro qo‘shiqchilik uslubi. 

Buxoro folklor qo‘shiqlarining ijro etilish yo‘llari. Yallalar ijro yo‘llari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Buxoro  hududiga  xos  bo‘lgan  folklor  qo‘shiqlarini  ijro 

etish uslublari. Sahnalashtirish. 

 

8. Bolalar folklor qo‘shiqlari. 

Bolalar folklor qo‘shiqlari. Qo‘shiq so‘zlarini yod olish. Qo‘shiq mazmuniga 

xos raqs harakatlari. Qo‘shiqlarga mos liboslar tanlash. 

Amaliy mashg‘ulot: Bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish.. 

 

9. Mahalliy uslublarda aytiladigan bolalar folklori. 

Mahalliy uslublarda aytiladigan bolalar folklor qo‘shiq va raqslari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Mahalliy  hudud  xususiyatlari,  urf  odatlari,  an’analari, 

shevasi,  liboslari  hisobga  olingan  holda  qo‘shiq  matni,  uni  musiqa  jo‘rligida  ijro 

etish yo‘llari, raqs harakatlari saxnalashtirish. 

 

10. Oraliq nazorat ishi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yilining  birinchi  yarim  yilligi  davomida 

o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi. 

 

11. Mehnat qo‘shiqlari.  

To‘garak a’zolariga mehnat qo‘shiqlarini o‘rgatish.  



 

Amaliy  mashg‘ulot:  Musiqa  jo‘rligida  kuylash,  harakatlar,  kiyiladigan 

liboslar.  

 

12. Fasliy qo‘shiqlar. 

Yilning har bir fasliga xos bo‘lgan qo‘shiqlar va raqslarni o‘rgatish. 

Amaliy mashg‘ulot: Tabiatning yangilanish faslida boychechak bilan bog‘liq 

turli  xalq  qo‘shiqlarini  ijro  etish.  Yoz  kuz  bayramlari  “Navro‘z”,  “Gullar”,  “Qor 

parchalari” kabi bolalar folklorlar qo‘shiqlarini  saxnalashtirish. 

 

13. An’anaviy sayl-bayram qo‘shiqlari. 

“Navro‘z”,  “Mehrjon”  bayramlari,  muchal  to‘ylari,  “Lola”,  “Qovun” 

sayllarida kuylanadigan qo‘shiqlar va ularning ijrosiga mos harakatlar.  



Amaliy  mashg‘ulot:  “Boychechak”,  “Gullola”  kabi  folklor  qo‘shiqlarini 

saxnalashtirish. 



 

14. Topishmoq qo‘shiqlar. 

Topishmoq qo‘shiqlar matni ijro yo‘llari, qo‘shiqqa mos raqs harakatlar. 



Amaliy mashg‘ulot:  Topishmoq  qo‘shiqlar  ijro  etishda  ,  qo‘shiqqa  mos  raqs 

harakatlarni sahnalashtirish. 



 

15. Sho‘x qo‘shiqlar va yallalar. 

Sho‘x  qo‘shiqlar  va  yallalar,  ularning  xususiyatlari,  qo‘shiqlar  matnini  yod 

olish, qo‘shiq mazmuniga monand raqs harakatlari. 

Amaliy  mashg‘ulot:  Sho‘x  qo‘shiqlar  va  yallalar,  ularning  xususiyatlari, 

qo‘shiqlar  matnini  yod  olish,  qo‘shiq  mazmuniga  monand  raqs  harakatlarini 

sahnalashtirish. 

 

16. Xalq aytimlari. 

Xalq  aytimlari  yo‘lidagi qo‘shiq so‘zlari bilan  tanishish,  yod  olish,  ijro  etish 

usullari.  

Amaliy mashg‘ulot:  Xalq  aytimlari  yo‘lidagi qo‘shiq  so‘zlarini  yod  olish va 

ijro etish.  



 

17. Gulyor laparlar. 

Gulyor  laparlarni  ijro  etish  yo‘llari.  Qo‘shiqlar  matni  bilan  tanishish,  yod 

olish,  musiqa  jo‘rligida  ijro  etish.  Qo‘shiq  mazmuniga  monand  raqs  harakatlari, 

ijro  jarayonida  doira,  likopcha,  angishvona  va  qoshiqlardan  foydalanish, 

takinchoqlar tanlash.  

Amaliy mashg‘ulot: Gulyor laparlarni ijro etish. Qo‘shiq mazmuniga monand 

raqs  harakatlari,  ijro  jarayonida  doira,  likopcha,  angishvona  va  qoshiqlardan 

foydalanish. 

 

18. Marosim qo‘shiqlari. 

Folklor  qo‘shiqlar  ijrochiligida  har  bir  qo‘shiq  mazmuniga  mos  sahna 

kiyimlari  tanlash.  Kiyimlarda  milliy  bezaklar.  Marosim  qo‘shiqlarini  ijro  etishda 


 

kiyiladigan  taqinchoqlar,  ro‘mol,  durra,  kamzul,  tillaqosh,  zebigardon,  bilakuzuk, 



kovush milliy kiyimlari.  

Amaliy mashg‘ulot:  Beshik  to‘y,  muchal  to‘y,  nikoh  to‘yi,  kelin  salom  kabi 

marosimlarda  ko‘ylanadigan  qo‘shiqlar  matnini  yod  olish,  musiqa  jo‘rligida  ijro 

etish. 

 

19. Yakuniy nazorat ishi. 



Amaliy  mashg‘ulot:  O‘quv  yili  davomida  o‘tkazilgan  mavzular  bo‘yicha 

yakuniy nazorat ishi. 

 


10 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

1.  I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 



2.  Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 31 martdagi 7-mh-sonli buyrug‘i. 

3.  M.Dadaboev.  “Ohanglarda  qalb  sadosi”  -  Namangan  sh.  Namangan 

nashriyoti, 2002. 

4.  O.Ibrohimov  va  boshq.  Musiqa  4-  sinf.  -  T.:  G‘.G‘ulom  nomidagi 

adabiyot va san’at nashriyoti. 2003. 

5.  M.Olimov. qo‘shiq aytaylik. - Andijon. 1997. 

6.  X.Nurmatov va boshqalar. Musiqa alifbosi. 1- sinf. - T.: O‘qituvchi 1998. 

7.  Q.Usmonov. Yakka musiqa darsligi. - “Fan” nashriyoti 1998. 

8.  M.Dadaboev. “Hur yurtimni kuylayman” nomli nashri 

9.  O‘zbekiston - vatanim manim. 3-kitob. 

10. M.Dadaboev. Kuylang bulbullar. - Namangan 1998 yil 

11. Yu.Rajabiy. O‘zbek xalq musiqasi 1-tom. O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 

1955. 


12. YU.Rajabiy. O‘zbek xalq musiqasi 3-tom. O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 

1955. 


13. T.Jalilov.  Tanlangan  asarlar.  G‘.G‘ulom  nomidagi  adabiyot  va  san’at 

nashriyoti. - T.: 1968. 

14. Qo‘shiq  bizning  do‘stimiz.  G‘.G‘ulom  nomidagi  adabiyot  va  san’at 

nashriyoti. - T.: 1989. 

15. M.Nasimov. Dilbarim. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 

- T.: 1971. 

16. O‘zbekiston qo‘shiqlari. Kiev. 

17. O.Ibrohimov.  Maqom  ansambli.  T.:  1993  (Umumta’lim  maktablari  va 

maktabdan tashqari muassasalarning to‘garak rahbari uchun dastur) 

18. Folklor  ansambli.  F.Xidirov.  (Umumta’lim  maktablari  va  maktabdan 

tashqari muassasalarning to‘garak rahbari uchun dastur). 

19. O‘zbek  xalq  cholg‘u  asboblari  orkestrlari.  -  T.:  1982.  (Umumta’lim 

maktablari va maktabdan tashqari muassasalarning to‘garak rahbari uchun dastur) 

20. Y.Botirov. Maktabdan tashqari muassasalar uchun ashula va raqs to‘garak 

dasturi. - T.: 2004. 

21. Y.Botirov  Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  “Ashula  va  raqs” 

to‘garaklari uchun dastur. - T.: 2008. 

 

Elektron manba. 

1.  Ziyonet.uz 

2.  Google.uz 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling