O’zbekiston respublikasi xorazm viloyati maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarmasi urganch shaxar
Download 0.88 Mb.
|
Kuz bayrami
Tarbiyachi: Yusupova Mehribon Bolalar zalga O‘zbekistonimizni va kuz faslimizni madh etuvchi qo‘shiq ostida kirib keladilar va o‘z joylarini egallaydilar. Jarchi: Ehe-he-he, odamlaru, odamlar, eshitmadim demanglar, bugun bizning bog‘chamizda katta tantana, Mehrjon-kuz-xosil bayramiga sizlarni taklif etamiz Exeyee...xe....xe........... Bolalar “Mehrjonim” qo‘shig‘ini aytib beradilar. Tarbiyachi :Assalomu alaykum hurmatli mana shu tantanamiz mehmonlari. Mustaqilligimizning 27- yillik to‘yi nishonlangan bu ulug‘ yilda xirmonimiz mo‘l bo‘ldi. Donimiz to‘liq bo‘ldi. Bu kuz xosilimiz aziz bolajonlar halqimizning risqu-nasibasi bizning nasibamizdir. Azizlar, bugungi shodiyonamizni dalalarda, bog‘larda, polizu, cho‘llarda javlon urib ishlagan ota-bobo dehqonlarimizga, paxtakorlaru, bog‘bonlarimizga ataymiz. Bugungi qo‘shiqlarimiz, she’rlarimiz, sahna ko‘rinishlarimiz sizlar uchun aziz mirishkorlar. Bola: Bayramingiz muborak, yuzi qizil bobojon, Mehnatdan iqbol topgan so‘zlari durdonajon. Bola: Bugun bayram tantana, qalblarimiz beg‘ubor, Xalqimizdir hushchaqchaq, sepin yozar kuz bobo. Bola: Bobomlarning qo‘llaridan kuzning hidi keladi, Qo‘lga ketmonin olsa g‘ayrati jo‘sh uradi. Bola: Mehnat degan ulug‘ so‘z sira tushmas tilidan, Shukronalar aytadi ketmon qo‘ymas qo‘lidan. Bola: “Rahmat”- deyman bobojon sizda bordir ko‘p bardosh, Sizning xizmatingizga ta’zim aylar keksa-yosh. Bola: She’r o‘qiy sizga atab, bo‘lay doim parvona. Bayramingiz muborak, aziz dehqon bobojon. O‘g‘il bolalar “Andijoncha” raqsiga tushib beradilar. /So‘ng musiqa ostida Dehqon bobo kirib keladi./ Dehqonbobo: Assalomu alaykum jajji bolajonlar! Mana bu yil hosilimiz mo‘lu-ko‘l bo‘ldi, hirmonlarimiz donga, sholiga paxtaga to‘ldi. Bog‘larimizdagi mevayu-sabzavotlarni aytmaysizmi....O‘zini ko‘z-ko‘z qildi. Tarbiyachi :Rahmat bobojon. Sizlar bugun mehmonimiz bo‘linglar, bu kun sizning bayramingiz, bolalar sizga atab she’r, qo‘shiq va raqs va sahna ko‘rinishlari tayyorlashgan. Dehqonbobo: Qani, qani bo‘lmasa bir tamosha qilaylikchi. Bola: Kuz keldi bizlarga oltin kosada Sharbat ola keldi don ola keldi Savat-savat qilib shirin mevalar. Omborlar liq to‘la to‘la don ola keldi. Bolalar “Oltin kuz “ qo‘shig‘ini aytib beradilar. Tarbiyachi :Bolalar qaranglar davramizga Kuz kirib kelyapti uni qarsaklar bilan kutib olaylikchi. Kuz : Men kuzman sizlarga oltin kosada, Sharbat ola keldim, bol ola keldim . Savat – savat qilib, shirin mevalar, Omborlar liq to‘la , don ola keldim . Keng vodiylar to‘la, dalalar to‘la, Paxta ola keldim, shon ola keldim . Tarbiyachi :Xush kelibsan ! Oltin Kuz. Kuz : Men bolajonlar sizlarga mehmon qilib Mashani olib kelayotgan edim. U savatchasini ko‘tarib o‘rmonga qo‘ziqorin va maymunjonlar terib olay dedi va yo‘qolib qoldi menga Mashani topishda yordam berasizlarmi? Kelinglar bo‘lmasa uni birgalikda chaqiramiz. Xamma: Masha! A-uuuu.... Musiqa ostida katta uychadan Ayiq chiqib keladi. Kuz : Voy ayiqni kattaligini. Ayiq: Kim mening o‘rmonimda to‘palon qilyapti? Kim «A-u! A-u!»?-deyapti? Kuz: Salom Ayiqvoy Polvonovich. Bu biz shovqin solyapmiz. Biz Masha ismli qizni izlayapmiz. Sen mabodo uni o‘rmonda ko‘rmadingmi? Ayiq: (qo‘li bilan ko‘rsatib ) Mana bunday kichikmi? Bolalar: Xa! Ayiq: Mana bunday yaxshiginami? Bolalar: Xa! Ayiq: Mana bunday aqillikmi? Bolalar: Xa! Ayiq: Ismi Mashami? Kuz: Axir u tasvirlagan bizning Mashinkaku, bolalar. Ayiq: Yo‘q uchratmadimam, ko‘rmadimam, iziniyam topmadim. Kuz: Bu yerda bitta gap bor. Kelinglarchi bolajonlar Mashani boshqattan chaqiramiz. Ular Mashani chaqirishadi uychadan Mashenka chiqib keladi. Masha: Salom bolalar! Qanday yaxshi sizlar meni topganlaring! Ayiq Mashan qo‘lidan tutib orqasiga yashiradi.va Mashaga qarab gapiradi. Ayiq: Men seni ularga bermayman Masha. Menikida yashaysan! Uyimni supirib-sidirasan, bo‘tqa qilib berasan. Seni xech kimga bermayman. Agar menga zerikarli bo‘lsa meni quvontirasan! Kuz: Xa Ayiqvoy bugun xafa ko‘rinasan, kayfiyating yo‘qroq. Masha qizcha senikida ekan bilib oldik. Uni yaxshilikcha ber bo‘lmasa kuch bilan olamiz! Masha: Meni qo‘yib yubor Ayiqvoy! Men bolalar oldiga bog‘chaga borgim kelyapti! Ayiq: Bog‘chada nima qilasan o‘rmonda qola ber. Men seni qo‘ziqorin va maymunjonlar bilan mehmon qilaman! Masha:Meni qo‘yib yubor! Bolalar bilan menga qiziqarli bo‘ladi. Biz bog‘chada o‘ynaymiz, qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushamiz. Ayiq: Men seni qo‘yib yubormayman, men yolg‘iz qolsam juda zerikaman. Sen tushun axir men na qo‘shiq ayta olaman, na raqsga tusha olaman. Kuz: Ayiq Polvonovich agar bolalar seni quvontisalar Mashani qo‘yib yuborasanmi? Ayiq: Bilmadim...qaydam....Qani sizlar bog‘chada qanday qo‘shiq, raqslar ijro etib aytyapsizlar axir?… Bolalar “Ayiqpolvon bog‘ida” qo‘shig‘ini ijro etib beradilar. Shundan kegin “Qo‘ziqorin va mevalarni terish” o‘yini. So‘ng bolalar “Yomg‘ir” qo‘shig‘iga raqs tushib beradilar. Ayiq: Men endi o‘rmondagi barcha xayvonlar bilan raqsga tusha olaman, o‘ynab, birga qo‘shiq ayta olaman. Sizlarga katta rahmat. Kuz: Endi Ayiqvoy Polvonovich Mashani uyiga borishiga ruxsat ber. Bergan vadangni ustidan chiq. Biz senga raqs tushushni, qo‘shiq aytishni o‘rgatdik. Ayiq: Menga Mashenka va bolalar bilan xayrlashish mayuslidir.Lekin sizlar bilan birgalikda mazza qildim. Xayrlashish oldidan mening sevimli o‘yinimni birgalikda o‘ynaylik so‘ng sizlarga ruxsat beraman. O‘yin “Ayiqlar qarag‘ayzor o‘rmonida” Ayiq: Endi, Mashenka, senga ruxsat berib bog‘chaga jo‘nataman. Menga o‘yin va raqslar, qo‘shiqlar o‘rgatganlaring uchun yana bir bor raxmat, endi xech xam zerikmayman. Meni bog‘chadagi bolalarga kuzgi sovg‘am bor. Shularni bolalarga yetkazib tarqatib qo‘ygin. Ayiqvoy Polvonovich berib yubordi degin. (Uyidan karobkada narsa ko‘tarib chiqadi). Yo‘lda yana to‘nkaga o‘tirib olib paqqos tushirmagin-a Mashenka. Bu bolalarning xaqiya....(Xammasi xayrlashib musiqa ostida bog‘chaga ketadilar). Ular musiqa ostida zalga kirib keladilar va Ayiqpolvon bergan sovg‘alarni Masha va Kuz tarqatib beradilar. Tarbiyachi :Raxmat Mashenka, raxmat Kuz bolalarimizga judayam ajoyib sovg‘alar olib kelibsizlar.Buning uchun o‘rmondagi Ayiqvoy Polvonovichga xam raxmatlar aytamiz.Marxamat davramizdan joy olinglar. Endi yana dasturimizni davom ettiramiz. Bola : Quyosh mehribon bo‘lsin , omborlar donga to‘lsin. Dehqonning baxti kulsin, hosil bayram muborak ! Bola : El tashvishin tashasin, har kun palov oshasin. Dehqon bobom yashasin, hosil bayram muborak ! Bolalar “Osh” raqsini ijro etib beradilar. Dehqonbobo : Aziz bolajonlar ! Men bu yilgi hosilimizdan sizlarga sov- g‘alar olib kelganman . /Musiqa ostida hosillar kirib keladilar / Anor : Loladek qip- qizilman, bog‘ning erka qiziman. Ichim to‘la qizil don, meni derlar Anorxon . Olma : Men olmaman,olmaman, ko‘zingizni olaman. Qizil, sariq, ko‘k pishib, og‘zingizda qolaman . Uzum : O‘zim sharbat uzumman, qizil, sariq yuzimiz. Shaklim o‘xshar pillaga, tovlanishim tillaga . Qovun : Serto‘ridan, sarig‘idan, meni qovun deydilar. Obihayot shirinnovvot, uzib qoling deydilar. Piyoz : Ishladilar bahor, yoz, kuzda pishdim men piyoz . Sabzi : Yupqagina po‘stim bor, “A” vitamin do‘stim bor. Topishmoqda yoziqman, o‘sha oltin qoziqman . Qalampir: Men qalampir, qalampir achchig‘im yeb so‘ng gapir . Tarvuz : Men tarvuzman, men tarvuz, kelib qolibdiku kuz. Chertib, chertib so‘ngra uz, rejalarim bo‘lsin yuz . Karam : Barglarim taram- taram , meni deydilar karam. Tuzlab ko‘proq yeydilar, mazzasi zo‘r deydilar . Sholg‘om : Sho‘rva qilib solasiz, ichib terlab qolasiz. Bo‘ling doimo sog‘lom, meni ismimdir sholg‘om . Nok : Mevalarning ichida, qomatlarim o‘zgacha. Rangim sariq va ko‘kroq, nokman husnim bo‘lakcha. Xurmo : Olislardan kelganman, xo‘p dunyolar kezganman. O‘zbegimning uyiga, xurmo bo‘lib kelganman . Yong‘oq : Men yong‘oqman boy yong‘oq, turar joyim balandroq. O‘zim kichik dumaloq, kaltak olib so‘ngra qoq . Tarbiyachi : Bolalar davramizga shoshilib kimdir kelmoqda. Ey... bu Paxtaoyku. Kelinglar uni qarsaklar bilan kutib olamiz. Paxtaoy : Men Paxtaoy, Paxtaoy , O‘zbekiston menga boy. Xalqimni ziynatiman, mehmonni izzatiman . Qalbim yumshoq oppoqdir, kelajagim porloqdir . Meni derlar Paxtaoy yurtimni qilaman boy. Besh yulduzdir chanog‘im, ochildim yo‘q sanog‘im . Yana ham ko‘tarib bo‘y , yurtga beray katta to‘y . Bolalar “Paxta” raqsini ijro etib beradilar. Dehqonbobo : Bolalar, men sizlarga topishmoq aytaman, sizlar esa topish- moqni qunt bilan tinglab, o‘ylab topishingiz kerak . Topishmoqning nomi, “ Bu qanday fasl ? “ deb nomlanadi . Kunlar borgan sari qisqaradi .Dehqonlar yerga ekkan sabzi, piyoz, kartoshka, karam va paxtalarni yig‘ib – terib oladilar. Qaldirg‘och, turna, mayna va boshqa qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. Olmaxonlar yon- g‘oq yig‘adilar. Qani aytinglar-chi, bu o‘zgarishlar qaysi faslda ro‘y beradi ? Bolalar : Kuz faslida . Tarbiyachi :Juda to‘g‘ri topdingiz. Xalqimiz bu faslda sabzavot va meva- Lardan mo‘l hosil yig‘ib- terib oadilar. Shuning uchun, Mehrjon bayrami kuz faslida nishonlanadi . Tarbiyachi : Mana , bolajonlar! Bizning o‘lkamizda saxovatli Kuz fasli o‘zgacha bo‘ladi . O‘lkamizda doimo to‘kin- sochinlik bo‘laversin. Bola : Do‘stlar mening yurtimni ,O‘zbekiston deydilar. Dong‘i ketgan dunyoga, bog‘u- bo‘ston deydilar . Bola : Bog‘larida mevalar ,sharbat bo‘lib pishadi. Uzum, olma, behilar, yo‘lingizga tushadi . Bola : Bahorlari, kuzlari, bir- biridan ortiqdir . Mevali noz- ne’mati xalqimizga tortiqdir. Bolalar “ O‘zbekiston “ haqida qo‘shiq va raqslar ijro etib beradilar . Tarbiyachi : Mana xurmatli mehmonlar, aziz bolajonlar! Shunday qilib “ Kuz- Mehrjon “ bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Bobo Dehqonlarimizga sihat- salomatlik tilab qolamiz. Ular yetishtirgan hosillari doim dastur- xonimiz ko‘rki bo‘lsin. Kuz fasli bilan yanagi yilga, yanagi shu fursatda uch- shish, hammamizga nasib aylasin deya kechamizni yakunlaymiz ! Bugungi bayram dasturxonimiz sizlar uchun. Sizlarni guruhlaringizda bobodehqonlarimiz yetishtirgan nozu-ne’matlar intiq bo‘lib kutib turibdilar. Yanagi Kuz bayramida uchrashguncha xayr azizlar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling