O‘zbekiston respublikasi xorazm viloyati urganch shahar navro‘z mahallasi hokim yordamchisi
Download 22.01 Kb.
|
Фирменний бланк намуна Ҳоким ёрдамчиси (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bankning Xorazm viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘iga
- Hokim yordamchisi R.Madraximov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI URGANCH SHAHAR NAVRO‘Z MAHALLASI HOKIM YORDAMCHISI 2023 yil “____”___________ _____________________-son
Urganch shahar Navro‘z mahallasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan uchrashganda, Quruvchilar ko‘chasi 36-uyda yashovchi fuqaro Ibodullayeva Farida rahbarligidagi Maftunaxon-Marjanoxon MChJ tomonidan maktabgacha ta’lim yo‘nalishida faoliyatni yo‘lga qo‘ymoqchiligini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan 2022-yil 13-dekabrda №1490896-sonli 1000 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratish uchun Oilakredit.uz sayti orqali ariza yuborilgan. Ushbu ariza bo‘yicha xonadon hokim yordamchisi, Agrobank xodimlari, Urganch shahar hokimligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan o‘rganilgan. Urganish natijasiga ko‘ra fuqaroning salohiyati yetarli, sharoitga ega ekanligi va garov ta’minoti mavjudligi aniqlangan. Ushbu o`rganish bo‘yicha tavsiyanoma berish hamda ishchi guruh xulosasini online-mahalla.uz platformasi orqali taqdim qilish imkoni bo‘lmayabdi. Hokim yordamchisi tavsiyanoma berish jarayonida “Mahallangiz bo‘yicha belgilangan 2 oylik rejaga nisbatan ko‘proq summaga tavsiyanoma bermoqchi bo‘lyapsiz” degan matn chiqib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qarori 3-ilova 2-band a) qismi bo‘yicha 225 million so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratilishi belgilan. Biroq Online-mahalla.uz platformasida yillik limit 2591 mln.so‘m belgilangan bo‘lib, 216 mln.so‘m oylik limit berilayotganligi sababli ushbu fuqaroga tavsiyanoma berish imkonsiz bo‘lmoqda. Sizdan yuqoridagilarni inobatga olgan holda Navro‘z mahallasiga ajratilgan yillik limitdan ushbu tadbirkorlik sub’ektiga dastur doirasida imtiyozli maqsadli kredit uchun qo‘shimcha 1000 mln.so‘m ajratishda amaliy yordam berishingiz so`raladi. Hokim yordamchisi R.Madraximov Download 22.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling