O’zbekiston Respublikasi xtv ning 022 yil dekabrdagi 372-sonli buyrug’i asosida
Download 0.79 Mb.
|
2023-2024 Filologiya METOD BIRLASHMA (1)
Yig’ilish raisi: N.Azizova
Yig’ilish kotibi: N.Daminova FILOLOGIYA FANI YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING №5 UMUMIY YIG’ILISHDAN FOTO LAVHALAR FILOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARI TOMONIDAN TAYYORLANGAN DARS ISHLANMALAR TO`GARAKLAR FILOLOGIYA FANI METODBIRLASHMA A’ZOLARI HAQIDA M A’ L U M O T O’QITUVCHILARNING MALAKA OSHIRISH ISTIQBOL REJASI FILOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARI TOMONIDAN TAYYORLANGAN DARS ISHLANMALAR
FILOLOGIYA FANLARI METODBIRLASHMASINING SINFLAR KESMIDA MONITORINGI
TO`GARAKLAR
FILOLOGIYA FANLARI METODBIRLASHMA A’ZOLARI
O’QITUVCHILARNING MALAKA OSHIRISH ISTIQBOL REJASI
FILOLOGIYA FANLARI YO’NALISHI METODBIRLASHMASINING 2023-2024 - O‘QUV YILIDA BAJARGAN ISHLARI YUZASIDAN HISOBOTI FILOLOGIYA FANLARI YO’NALSHI METODBIRLASHMASINING 2023-2024 - O‘QUV YILIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI HISOBOTI Forish tumani 88-umumta’lim maktabi Filologiya fanlari yo’nalishi metodbirlashmasi O’zbekiston Respublikasi XTV ning 2022 yil 5 dekabrdagi 372-sonli buyrug’i asosida 2023-2024 o’quv yillari uchun o’z ish faoliyatini olib bordi.Filologiya fanlari yo’nalishi metodbirlashmasi a’zolari 2023-2024 o’quv yili uchun tayanch o’quv dasturi bo’yicha o’quv soatlari asosida dars o’tib kelishdi. O’quvchilar Kundalik.com dasturi orqali baholanishdi.Filologiya fanlari yo’nalishi metodbirlashmasi o’z ish faoliyati davomida quyidagi ko’rsatmalar asosida faoliyat yurgizib kelishdi:Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib borish; Ona tili va adabiyot fanni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib berish; dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish; har bir chorak yakuniga ko‘ra o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo‘yicha metodik tadbirlarni tashkil etish; yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratish; Ona tili va adabiyot fan metodbirlashma a’zolari orasida sog‘lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya bo‘yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritish; Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilarining metodik yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta’limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam olish; mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchilarning tegishli ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun o‘quvlar tashkil qilib borish; ilg‘or metodikalarga ega o‘qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritish kabi ishlarni taklif va ko’rsatmalar ostida bajarib kelishdi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida yilning avgust oyida va har chorakda kamida bir marta fan metodbirlashma yig‘ilishi o‘tkazilib kelindi. Yig‘ilishlarda o‘qituvchilarga Ona tili va adabiyot fan metodbirlashma rahbari tomonidan ko‘rsatilgan metodik xizmatlar natijasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi va sifati, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar, fan o‘qituvchilarining dars taqsimotlari, mediasavodxonlik va onlayn axborot bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi va tegishli tavsiyalar berib borildi. Shuningdek, maktabning fan o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida o‘rgangan yangiliklarini o‘quv jarayonida qo‘llashi va natijada o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligining o‘sganligi, ta’lim sifatining oshishiga erishganliklari metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama qilib kelindi. O‘qituvchilarning taklif va tavsiyalaridan kelib chiqqan holda darslarini “Onlayn tahlil” qilish bo‘yicha hududiy tuman metodistlar bilan hamkorlikda tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirib ishlari olib borildi. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib borish choralarini ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O’zbek adabiyoti asoschilari, qatag’on qurbonlari hayoti va ijodiga bag’ishlab, adabiy kechalar, seminarlar va vebinarlar tashkillashtirish. (Insholar va rasmlar ko’rik tanlovlari, 5-11 sinf o’quvchilari bilan Dalat muzeylariga sayohatlar uyushtirish) qiish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va sayohatlar tashkillashtirildi. Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “onlayn metodik yordamlar” tashkil qilindi; yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazish choralarini ko‘rildi; Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlandi; O‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari bilan hamkorlikda “onlayn metodik yordamlar” tashkil etildi. Fan o‘qituvchilariga ijtimoiy tarmoqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish usullarini o‘rgatish bo‘yicha video seminarlar tashkil qilindi va boshqa fan metodbirlashmasi bilan hamkorlikda tegishli ishlr olib borildi. Filologiya fanlari yo’nalishi o‘qituvchilari mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalari (“Khan Academy O‘zbek -Onlayn ta’lim platformasi”, online-maktab.uz, rtm.uz, ommalashtirish.uz va boshqalar)dan foydalanib kelmoqdalar. Filologiya fanlari yo‘nalishi metodbirlashmasi rahbari: Azizova Noila FILOLOGIYA FANLARI YO’NALSHI METODBIRLASHMASINING 2023-2024 - O‘QUV YILIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARIDAN FOTO LAVHALAR: Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling