O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi
Download 145.72 Kb.
|
ХАСАН Олимон
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi Kafedra mudiri _________ p.f.n. Eshtayev A.K.
- CHIRCHIQ - 2023 MUNDARIJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI OLIMOV XASAN ZARIF O‘G‘LI HALQADA BAJARILADIGAN MASHQLARNI O‘RGATISH USULARI Ta’lim yo‘nalishi: 5610500 - Sport faoliyati (gimnastika) KURS ISHI
CHIRCHIQ - 2023 MUNDARIJA
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qarori Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: aholi o‘rtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish; maktabgacha yoshdagi bolalarning gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish va ularda ushbu sport turlari bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni shakllantirish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich ko‘paytirish hamda mashg‘ulot va to‘garaklar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish; gimnastika sport turlari bo‘yicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda videomateriallar ishlab chiqish; Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, gimnastikada 6-9 yoshli bolalarni shu sport turiga tanlab olish, o‘rgatish va shug‘ullantirish jarayoni dastlabki tayyorgarlik bosqichiga taaluqlidir. Aynan shu bosqichda gimnastikaning dastlabki sir-asrorlari va fundamental negizlari hamda kelajakda turli miqyosda o‘tkazilib boriladigan musobaqlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish omillariga asos solinadi. Ko‘pdan-ko‘p mutaxassis-olimlarning ta’kidlashicha, mazkur dastlabki jarayon raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash tizimining boshlang‘ich va ularning kelajak taqdirini hal qiluvchi bosqich deb tan olinishi lozim. Binobarin, jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni shunday tashkil etilishi lozimki, oldindan o‘zlashtirilgan bir guruh mashqlar nafaqat boshqa turdosh mashqlar elementlariga o‘rgatish masalasini engillashtirishi darkor, balki dastlabki o‘zlashtirilgan mashqlar qayd etilgan turdosh mashqlarga o‘rgatishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga etakchi texnik xususiyatlarga ega keng gimnastik mashqlar majmuasiga asosan ishlab chiqilgan muvofiq jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligi hamohang bo‘lishi mumkin. Tashkiliy va uslubiy jihatdan bunday ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik nafaqat tasnifiy asosda uyushtirilishi kerak, balki maxsus tanlangan o‘quv-trenirovka mashqlari yordamida olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 145.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling