O’zbekiston respublikasi yuqori va órta tálim ministirligi berdaq nomidagi qoraqolpoq davlat universiteti
Download 1.82 Mb.
|
4-kurs Suroj
II. Asosiy qism
II.1. Olinishi va qollanilishi Osh tuzidan ammiakli usulda soda olish uchun NaCl ning tozalangan kontsentrlangan eritmasi ammiak bilan qayta ishlanadi. So„ngra ammoniylangan rassol CO2 tutuvchi gaz bilan karbonlanadi. Karbonlash natijasida natriy bikarbonatning ammoniy xlorid eritmasidagi suspenziya kristallari hosil bóladi. Suspenziyani filtrlash orqali beqaror bikarbonat va xira eritma (filtr suyuqligi)ga ajratiladi. Beqaror bikarbonatni toblantirib kalsinirlangan soda olinadi. Ko„p miqdorda ammiak tutgan nursiz eritma, oxak suti bilan qayta ishlanib distillanadi. Ajralib chiqqan NH3 yangi tuz eritmalari (namakob) bilan to„yintirish uchun yuboriladi. Jarayon uchun zarur oxak va CO2 oxaktosh yoki bo„rni parchalash yóli bilan olinadi. Ammiak – soda jarayonining asosiy reaksiya va bosqichlari: Namakobni (tuzli eritma) oxakli sodali tozalovi: Soda ishlab chiqarish zavodlarida eritma konsentratsiyasi normal nisbatlarda ifodalanadi. 1 normal nisbat 1 dm3 dagi 1/20 g – ekv modda kontsentratsiyaga muvofiq keladi (410 bet). 20 sm3 suyuqlikni titrlash uchun 20 sm3 normal eritma sarflangan bo„lsa sinalayotgan suyuqlik xam 1 n yáni 1 dm3 1 g – ekv modda tutadi. 10 sm3 n eritma 20 sm3 tekshirilgan suyuqlikda titrlashga sarflansa mahsulot 2 n eritma hisoblanadi va xokazo. n nisbatni g/dm3 ga ótkazish uchun n nisbat sonini berilgan modda g.ekv.ga kópaytirib 20 ga bólish lozim. Masalan: 20,5 n nisbatdagi NH3 eritmada (20,5∙17)/20=17,4 g/dm3 NH3 tóģri keladi 40 n nisbat Na2CO3 eritma kontsentrlanadi. (40∙53)/20= 106 g/dm3 Na2CO3 ga teng g/dm3 ifodalangan (A) konsentratsiyani n nisbat (x) ga qayta hisoblash uchun grammlar sonini 20 ga kópaytirilib moddaning (M) g-ekv kórsatgichiga bólish kerak. x= (A∙20)/M M: 312 g/dm3 NaCl tutgan eritma konsentratsiyasi: (312∙20)/58,5=106,7 n nisbatga teng boladi. Normal nisbat kórsatilgan birikma va uning alohida ionlari kontsentratsiyasi bir xil miqdoriy qiymatga g/dm3 da ifodalanganda turli qiymatga egaligini kórsatib ótamiz. Qayta hisoblarni yengillatish uchun alohida moddalar uchun belgilangan koeffisentlardan foydalanish mumkin. Normal nisbatlar sonini koeffisent kórsatgichiga kópaytirib g/dm3 qiymati olinadi yoki aksincha g/dm3 qiymatini belgilash koeffitsienti kórsatgichiga bólib normal nisbat qiymati olinadi. Quyida ammiak usulida soda ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar uchun g-ekv / 20 kórsatgichlari keltirilgan. Soda ishlab chiqarishda qóllaniladigan suniy va tabiiy tuz eritmalari Ca2+, Mg2+, SO42-va boshqa aralashmalarni tutadi. Bu aralashmalar ammoniylashjarayonida cho„kmalar hosil qilib apparat devorlariga ótadi va ishlab chiqarish quvvatini kamaytiradi. SHuning uchun odatda namakob oldindan Ca2+ Mg2+ ionlaridan tozalanadi. Tozalashning eng keng tarqalgan usullaridan biri soda-oxak usuli hisoblanadi. Bu usulda namakobga (tuz eritmasi) soda eritmasi va oxak suti qóyiladi. Reogentlarni uzatish ketma – ketligi tuz eritmasidagi magniy miqdori bilan aniqlanadi. Kóp miqdorda Mg tutgan (Masalan: 2,3 normal nisbat Mg2+ va 1,5 normal nisbat Cu2+ namakobga oldin oxak suti quyiladi, sóng soda. Kam miqdorda (0,5 normal nisbat Mg2+ va 1,5 normal nisbat Ca2+ Mg tutgan namakobga oldin soda aralashtiriladi. 0,1 normal nisbat Mg2+ va 1,2 – 1,7 normal nisbat Ca2+ tutgan namakobni tozalashni oldindan aralashtirilgan reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonida Mg namakobdan gidrooksid xolida cho„ktiriladi, kaltsiy – karbonat xolida cho„ktiriladi. Olingan suspenziya tindiriladi. Tindirilgan namakob tozalangan namakob rezervuariga keladi sóng adsorbsiya bólimiga ótadi. Tozalangan namakob (tuz eritmasi) quyidagi tarkibga ega (n nisbatlarda). Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling