O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari reja: Kirish I bob auditorlik tashkilotlari faoliyati


Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli


Download 119.08 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi119.08 Kb.
#1585944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Audit kurs ishi. Xalilova Mahliyo

2.2.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli
Ma’lumki, O’zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solishda amaldagi 2ta jamoat tashkiloti, jumladan: O’zbekiston Auditorlar Palatasi va O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP). O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Asosiy vazifalari:
- Palata a’zolarining nomoddiy manfaatlari va madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
- auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida auditorlik tashkilotlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish;
- audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik xizmatlari
bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, halol raqobatni rivojlantirish;
- Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz bajarish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
- auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish, o’qitish va o’tkazish tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish;
- auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tarmog’ini yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq auditor va buxgalter xodimlarini professional darajasini oshirishga ko’maklashish;
- buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs, simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;
Tashkiliy tuzilishi:
O’zbekiston Auditorlar Palatasi 2000- yil avgustda tashkil etilgan. Bugungi kungacha O’AP Respublikaning 8ta hududida o’z faoliyatini kengaytirdi. O’AP qoshida ahloq, metodologiya, a’zolik, tashqi sifat nazorati qo’mitalari tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
O’AP Evrosiyo sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar kengashi(«ESBAK») ning doimiy a’zosi hisoblanadi va Markaziy Osiyo respublikalarining boshqa jamoat tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik qiladi.
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC)ning 2013- yil 14- noyabrda Seul (Janubiy Koreya) da bo’lib o’tgan Kengashi yig’ilishida O’AP Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC)ning uyushgan a’zosi bo’ldi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi a’zoligi:
O’AP a’zoligi 4 shaklga ko’ra farqlanadi:
Faxriy a’zolik – auditorlik faoliyati rivojiga yuqori hissa qo’shgan professional auditorlar hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasida ilmiy darajaga ega bo’lgan oliy o’quv muassasalari o’qituvchilari.
Haqiqiy a’zolik – O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi, buxgalteriya hisobi va audit sohasida 5 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega, barcha xalqaro buxgalter malaka imtihonlarini topshirgan professional auditorlar.
Uyushgan a’zolik – professional auditorlik tashkilotlari.
A’zolikka nomzodlar - O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi professional auditor va buxgalterlar.
O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA). O’zBAMA sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda birlashtirgan jamoat tashkiloti hisoblanadi. O’zBAMAning maqsadi professional buxgalter va auditorlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan malakasini oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro darajaga etkazish maqsadida maslahat xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi.
Asosiy vazifalari
- O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va ularning malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi mezonlariga javob beradigan xalqaro standartlarga yaqinlashtirish;
- O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish;
- buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish;
- Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq sertifikat olish uchun malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan malakaviy talablarni ishlab chiqish;
- Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi ustidan nazorat;
- Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;
- Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish maqsadida uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish;
- Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning xalqaro professional tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish.

Xulosa
Hozirgi davrda auditorlarga ish natijalari buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan turli iqtisodiy sub’yektlarni faoliyatini baholash usullariga yangicha, zamonaviy yondashuvlar juda zarur. Demak, ushbu ilmiy-amaliy muammolar yuzasidan auditorlik faoliyatining sifatini yaxshilash, uni tashkil etish va har tomonlama ta’minlash borasida qat’iy burilish yasash lozim. Auditorlik faoliyati dalolat vazifasini bajarishda, ya’ni moliyaviy hisobotning haqiqiyligini baholashida, ularning to‘g‘riligini tekshirib chiqishda jiddiy muammolar yuz bermoqda. Har bir iqtisodiy sub’yektda tegishli mutaxassislar tomonidan barpo etiladigan buxgalteriya hisobi tizimi nisbatan arzon bo‘lishi hamda moliya-xo‘jalik operasiyalari va iqtisodiy voqealar hisobda o‘z vaqtida, to‘g‘ri aks etishi kafolatlanishi lozim. Bu tamoyillar va qoidalar buxgalteriya axboroti to‘g‘ri shakllanishiga baho berishga mezon bo‘lgani uchun har qanday auditor ularni baholay olishlari darkor. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak. Tarmoqlar va hududlarni modernizasiya qilish, ular ning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim».
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining jadal ravishda rivojlanishi mustaqil Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti uchun jahon xo‘jaligiga integrasiyalashuv jarayonini taqozo qilmokda. Auditorlik xizmati xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriya Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki O`zbekiston Respublikasida `` Auditorlik faoliyati to`g`risidagi`` qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tegishlicha amal qiladi. Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z aksini topadi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus uslublarini qo’llash natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtai nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim.


Download 119.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling