6. Asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
43.
|
Asalarichilik tarmog‘ida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish, O‘zbekiston sharoitiga moslashgan “Karpat” va “Karnika” asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha “Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari” dasturini amalga oshirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
44.
|
Asal sifatini xalqaro talablarga moslashtirish, zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning asalarichilik sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirishni tartibga solish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
45.
|
O‘rmon xo‘jaligi yerlari va qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida asalarilarni mavsumiy joylashtirish bo‘yicha “Asalari xaritasi” dasturini ishlab chiqish va shu asosida o‘rmon xo‘jaligi yerlariga asalarilarni joylashtirishni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
46.
|
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yo‘lga qo‘yish hisobiga tarmoqni tijoratlashtirish maqsadida asalarilar bilan changlatish xizmatini bosqichma-bosqich joriy etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-iyul
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
47.
|
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Asalarichilik ilmiy-tajriba stansiyasi va xo‘jalik hisobidagi Asalarichilarni o‘qitish maktabini tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-sentabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|