O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida


Download 21.38 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1652823
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida

1. Davlat ekologik ekspertizasi bu ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ekologik ekspertiza turidir. Quyidagilarni:


prognoz qilinayotgan, mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;
atrof muhitning holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatayotgan mo‘ljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik hamda boshqa xil faoliyatning ekologik xavflilik darajasini;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash ekologik ekspertizaning maqsadi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari hisoblanadi:
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi;
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining davlat ekologik ekspertizasi.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etadi, ularga “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi metodik rahbarlik qiladi.
3. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi quyidagi obyektlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradi:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (I va II toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha);
keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
aholi soni 50 ming kishidan ortiq bo‘lishi rejalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalari.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi quyidagi obyektlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradilar:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (III va IV toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha);
aholi soni 50 ming kishi va undan kam bo‘lgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, ko‘rib chiqilayotgan obyektning o‘ziga xosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun shartnoma asosida bitta yoki bir guruh malakali mutaxassislar va olimlarni, zaruriyat bo‘lganda xorijiy ekspertlarni jalb etishi mumkin, ularning xulosalari tavsiya tusiga ega bo‘ladi.
Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalari ajratish materiallarining ekologik ekspertizasi loyiha oldi va loyiha hujjatlari obyektlari tarkibida o‘tkaziladi.
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
a) ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
b) obyektlarni atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida o‘rganadi, tahlil etadi, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
v) buyurtmachini (uning so‘rovi bo‘yicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari to‘g‘risida ko‘rib chiqish muddati tamom bo‘lgandan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi;
g) davlat ekologik ekspertizasi xulosasini beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari quyidagi huquqlarga egadir:
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, axborot materiallari va boshqa materiallarni olish;
davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;
ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini joyning o‘ziga borib aniqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, shuningdek ekspertlar, qonun hujjatlariga muvofiq, ekspertiza o‘z vaqtida, kompleks, xolis va sifatli o‘tkazilishini va belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash uchun javob beradilar.
7. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
8. Buyurtmachi atrof muhitga ta’sirni baholash o‘tkazilishi tashkil etilishi, davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarining to‘liqligi, ishonchliligi va sifati uchun javob beradi.
9. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
10. Davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
a) loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus rejimli obyektlar) atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari, u quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
mo‘ljallanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat haqidagi niyat paydo bo‘lishi bosqichida bajariladigan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi, obyektni mablag‘ bilan ta’minlash boshlangungacha;
atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha qidiruvlarni, naturadagi tekshirishlarni, maxsus tahlillarni, modelli eksperimentlarni bajarish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangungacha taqdim etiladi. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizani ishlab chiqish zaruriyati atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan belgilanadi;
Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling