O’zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning erkinliklari va burchlari


Download 20 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi20 Kb.
#1780819
1   2   3   4
Bog'liq
rus tili 10

Fuqarolarning huquq va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanishini ko’plab huquqni muhofa za qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.Bular: Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta’minlashda maxsus tuzilmalari faoliyatiga tayanadi.Bulardan tashqari, turli hokimiyat tarmoqlaridahuquq va erkinliklarni ta’minlovchi maxsus organlar mavjud,masalan,’’Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili” hukumat tizimidagi “Inson huquqlarini himoya qilish Milliy markazi”boshqalar.Fuqarolarning huquq va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanishini ko’plab huquqni muhofa za qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.Bular: Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta’minlashda maxsus tuzilmalari faoliyatiga tayanadi.Bulardan tashqari, turli hokimiyat tarmoqlaridahuquq va erkinliklarni ta’minlovchi maxsus organlar mavjud,masalan,’’Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili” hukumat tizimidagi “Inson huquqlarini himoya qilish Milliy markazi”boshqalar..Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash.2018 yil 10 dekabrь kuni “Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash – Oʻzbekiston Respublikasidagi demokratik islohotlar yangi bosqichining muhim yoʻnalishi” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.Ushbu tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi, BMTTD, YeXHT loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), F.Ebert nomidagi jamgʻarma, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tashkillashtirildi.Xalqaro anjuman ishida senatorlar, deputatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek xalqaro ekspertlar G.Klemenchich (Sloveniya), A.Xederix (Sloveniya), A.Guardino (AQSh) ishtirok etdi.Anjuman xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekistonda davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonuniylikka erishish va qonun ustuvorligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bilan tanishtirish maыsadida oʻtkazildi. U Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlandi.Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizdagi tub islohot va oʻzgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgani haqidagi fikrlariga eʼtibor qaratildi. Haqiqatan ham, Bosh Qomusimiz xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga toʻla javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatdir. Ayni paytda biz Asosiy qonunimiz talablarini toʻliq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Yaʼni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taʼminlash boʻyicha hali koʻp ish qilishimiz kerak.Shu maqsadda oʻtgan yili mamlakatimizda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat mohiyatiga koʻra jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yoʻl xaritasi”ga aylandi”.Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklariga rioya qilishning ishonchli kafili ekanligi qayd etildi. Konstitutsiyada Oʻzbekistonning demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqligi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani mustahkamlab qoʻyilgan.Xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyalashtirishning asosiy tendentsiyalari, ushbu sohada davlat institutlari va jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini tatibga solishning konstitutsiyaviy mexanizmlari; konstitutsiyaviy rivojlanish nuqtai nazaridan inson huquqlari xalqaro va milliy standartlarining oʻzaro aloqasi va taʼsiri masalalarida zamonaviy yondashuvlar; qonunchilikning Konstitutsiya qoidalariga muvofiqligi ustidan konstitutsiyaviy nazoratning ilgʻor koʻrinishlari, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni taʼminlashda konstitutsiyaviy adolatning roli muhokama qilindi. Davlat va jamiyat faoliyatida jamoatchilik boshqaruvining koʻrinishlari va yoʻnalishlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Konstitutsiya qoidalarining taʼsirini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, birinchi navbatda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga toʻla muvofiqligi qayd etildi. Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mavjud inson huquq va erkinliklarining barchasi, yaʼni insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar va asosiy erkinliklari mustahkamlangan.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig xalqaro ahamiyati unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari mustahkamlanganligida yaqqol namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasida bevosita va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladigan halqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari ustuvorligi eʼlon qilingan.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida istisno hollarda inson huquq va erkinliklarining cheklanishi mumkinligi boʻyicha xalqaro standart va asoslar mujassam. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining inson huquq va erkinliklari cheklanishi jamoatchilik nazorati, jamoatchilik xulqini himoya qilish va boshqa shaxslar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish zarur boʻlgan hollarda, shuningdek qonunda mustahkamlangan asoslar boʻyicha amalga oshirilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi 29-moddasini implementatsiya qilinganligi bilan asoslanadi.Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning demokratik tamoyillarini belgilab berganini taʼkidladilar. Bosh Qomusimizda fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻliq kafolatlangandir.Xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga yoʻnaltirilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.



E’tiboringiz uchun rahmat.





Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling