O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqаrilаdigаn tovar (ish, xizmat)lar bo`yicha qqs ni hisoblash tartibi


Download 89 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi89 Kb.
#1560591
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qqs


Qo`shilgаn qiymat solig`i
Kirish

  1. O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqаrilаdigаn tovar (ish, xizmat)lar bo`yicha QQS ni hisoblash tartibi.

  2. QQS bo`yicha soliqqa tortiladigan aylanmaga tuzatish kiritish

  3. QQS ning kаmchiliklаri

  4. Bоshqа soliqlargа nisbatan QQS ning afzalliklari.

  5. Byudjetga to`lаnishi shart bo`lgan QQS summasini аniqlаsh usuli

  6. O`zbekistonda QQS ni joriy etishning iqtisоdiy shart-sharoitlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzchaMaurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻis. solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻis boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻisni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻisni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.

(O`zR SK, IV bo`lim, 19-23 boblar, 65-79-moddalar)



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling