O‘zbekiston Respublikasida ko‘priksozlik sohasi rivojlanishining obzori va zamonaviy holati


Download 1.51 Mb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1366143
  1   2
Bog'liq
Maqola1


O‘zbekiston Respublikasida ko‘priksozlik sohasi rivojlanishining obzori va zamonaviy holati.
Ko‘priksozlik rivojlanishining tarixi ko‘priklarning konstruksiyalari, qo‘llanilgan sxemalari jamiyat ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi darajasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bizning eramiz boshlanishidan oldin yog‘och va toshning hossalaridan foydalanib ular ko‘priklar qurilishida ishlatilgan. Metallurgiya rivojlanishi bilan ko‘priklar cho‘yandan, payvandlanadigan, undan keyin esa quyilgan temirdan, uglerodli, yuqori mustahkamlikka ega legirlangan po‘latlardan qurilgan. Hozirgi paytda o‘lchamlari va qabul qilingan dadil qarorlari bo‘yicha misli ko‘rilmagan to‘sinli va panjarali fermalardan iborat arkali, vantli ko‘priklar, oraliq uzunligi 2 km dan katta osma ko‘priklar bunyod qilingan. Yaqin yillarda oraliq uzunligi 3km dan katta ko‘priklar qurilishi rejalashtirilgan. Portlandsementni, yuqori markali sementlarni ishlab chiqarish temirbeton ko‘priklarning, keyinchalik esa o‘zlarining o‘lchamlari va sxemalari bilan ajralib turadigan oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton ko‘priklar qurilishi rivojlanishiga olib keldi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati, shahsan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan transport qurilishiga, ayniqsa ko‘priksozlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu borada qarorlar qabul qilinmoqda. PQ-3309 04.10.2017 “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni bemalol bunga misol qila olamiz. Dunyodagi har bir davlatning rivojlanish ko‘rsatkichlari ushbu davlat iqtisodiyotining izchil o‘sib borishi, har bir sohada erishilgan yutuqlar, texnik imkoniyatlarning kengayishi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
Aytib o‘tish kerakki, alohida olingan bir davlatning ko‘priksozlik sohasidagi yutuqlari ushbu davlat iqtisodiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Rivojlangan davlatlarda qurilgan va qurilayotgan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar hozirgi globallashgan dunyo talablariga mos kelishi, ya’ni zamonaviy bo‘lishi talab etiladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati, shahsan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan transport qurilishiga, ayniqsa ko‘priksozlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda.
Keyingi 5 yil ichida shaxarda 12 ta ko‘prik qurish umumiy foydalanuvga mo‘ljallangan 68 km dan ziyod magstral yo‘llarni bunyod etish va rekonstruksiya qilish belgilangan. O‘zbekiston Republikasi ko‘priksozlik soxasi rivojlanishini xozirgi davrgacha qurib foydalanishga topshirilgan va qurilayotgan ko‘priklar misolida ham bemalol ko‘rsak bo‘ladi. Masalan:
Bo‘zsuv kanali ustidan qurilgan ko‘prik Toshkent xalqa yo‘li va Amir Temur shohko‘chasida barpo etilgan ko‘prik. Umumiy uzunligi 423, balandligi 5,5, kengligi 33 metr bo‘lgan 8 polosali mazkur ko‘prik “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurilish bo‘linmasi bunyodkorlari tomonidan olti oyda qurib bitkazildi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 2 metrli yo‘lak barpo etilgan bo‘lib, bu piyodalarga qulaylik yaratadi. 
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorraxadagi ko‘prikni bunga misol qilib vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv8aytishimiz mumkin. Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur ko‘prik.  Unga parallel ravishda ikkita, har birini uzunligi 131,6 metrlik piyodalar uchun mo‘ljallangan tomi yopiq er usti ko‘prigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator o‘rnatildi.

Toshkentning Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari tutashgan hududdagi yo‘l o‘tkazgich. Ma’lumot uchun, ko‘prikning uzunligi 346 metr, eni 30 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Uzunligi 281 metr, eni 22 metr bo‘lgan qismi esa yangidan qurildi. Mirobod tumanidagi qurilgan va rekonstruksiya qilingan ko‘prik ham shulardan biri. Uning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan qurilgan. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatilgan. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.


Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq Bunyodkor va CHo‘pon ota ko‘chalari chorrahasida ham yangi ko‘prik bunyod etildi. Ma’lumki, Bunyodkor ko‘chasi poytaxtimizning eng serqatnov yo‘llaridan biri. Buning natijasida endi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab to‘xtovsiz va xavfsiz harakat ta’minlanadi. Bu ko‘chaning Toshkent halqa yo‘li, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boshqa yirik ko‘chalar bilan kesishgan joylarida yo‘l o‘tkazgich va tunnellar qurilgan. Yo‘l o‘tkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi. Shuningdek, bu erda 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilgan. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida liftva ekskavatorlar o‘rnatildi.



Bu kabi bunyodkorlik ishlari aholiga yanada qulaylik yaratish, turmush farovonligini oshirish, tirbandlikni kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilar ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotishining oldini olishn ta’minlaydi, haydovchilar va piyodalarga bir qancha qulayliklar yaratadi, avtomobillar harakatining uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bunday keng ko‘lamli va ezgu ishlar tufayli poytaxtimiz yo‘llarining xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilanmoqda, dedi davlatimiz rahbari. Mazkur yangi ko‘priklar avtomobillarning o‘tish imkoniyatlarini bir necha marta oshirish barobarida aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi. Mana shunday zamonaviy ko‘priklarning qisqa vaqtda barpo etilgani mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgani, xalqimiz ulkan yutuq va marralarga erishayotganidan dalolatdir. 
Navro‘z” istirohat bog‘ida qurilgan piyodalar ko‘prigi
Toshkentda Rossiya kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda ilk bor piyodalar o‘tish ko‘prigi qurildi. Ko'prikning ko'p darajali tuzilishi cheksizlik belgisi ko'rinishidagi ikkita halqa - parkni Olimpiya shon-sharafi muzeyi bilan bog'laydigan yurish joylarini tashkil qiladi.
Asosiy konstruktiv elementlar va yordamchi qismlarning bir qismi "Giprostroymost St. Materials instituti" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Qurilishda “Ko‘prikqurilish” trestiga qarashli “Mostootryad” korxonasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kapital qurilish direksiyasi mutaxassislari jalb etilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning “Kurganstalmost”, “MostoStroyEngineering” korxonalari hamda Davlat va kommunal ehtiyojlar markazi mutaxassislari jalb qilingan.
Ko'prik kontseptsiyasini ishlab chiqish, loyihalash loyihasi, ishchi hujjatlar va ishlarni bajarish to'liq Ural kon-metallurgiya kompaniyasining investorlari va aktsiyadorlari, shuningdek, Transmashxolding korxonasi (Rossiya) tomonidan moliyalashtirildi.
Toshkent shahriga sovg‘a qilinadigan mazkur muassasa Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini bepul qurishni ko‘zda tutuvchi uzoq muddatli xayriya investitsiya dasturining bir qismidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni ushbu transport inshootini borib ko‘rdi.
Uning qurilishi 2020-yil avgustda boshlangan edi. Loyiha doirasida 6,5 kilometr uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik qurildi. Bu orqali Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasi Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Usmon Nosir ko‘chalari bilan samarali bog‘landi.
Shu paytgacha Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlanar edi. Soatiga 4 mingta avtotransport qatnoviga mo‘ljallangan bu yo‘lda aslida yuklama bundan katta, shu bois ertalab va kechki paytlarda juda tirband bo‘lardi.
Yangi qurilgan yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega. Bu tirbandlik muammosini bartaraf etib, poytaxt aholisiga juda katta qulaylik yaratadi.
Ko‘priklar, ularga chiqish-tushish qismlari oqilona loyihalashtirilib, mavjud yo‘llarga svetoforsiz ulangan. Natijada avtotransportlar boshqa yo‘llardagi qatnovga to‘xtovsiz, qulay tarzda qo‘shilib ketishi mumkin. 
Yana bir tomoni – havoga ta’siri. Ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Lekin bu faqat daraxt ekish degani emas, balki ekologiyani asrash ham demakdir. Yangi yo‘l ochilishi natijasida havoga zararli gaz chiqishi 3 barobarga kamayadi.
Yo‘l bo‘ylariga energiya tejamkor yoritgichlar, uzum ishkomlari o‘rnatilgan. Bo‘sh maydonlar ko‘kalamzorlashtirilib, piyodalar yo‘lagi va veloyo‘lakchalar tashkil etilgan.
Shu yerda Toshkent shahrida avtomobil yo‘llari qurish va shahar transport tizimini takomillashtirish takliflari taqdimoti o‘tkazildi. Bugun ochilgan yo‘lni davom ettirib, Sergeli tumanini aylanib o‘tuvchi halqa yo‘ligacha 6 kilometrlik yo‘l barpo etish loyihasi ma’qullandi. 
Davlatimiz rahbari yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
– Hamma joyda yo‘l qurib yoki kengaytirib bo‘lmaydi. Ko‘p narsa qatnovni to‘g‘ri tashkil etishga ham bog‘liq. Endi yo‘llarning, chorrahalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz shu yerda toshkentlik nuroniylar, jamoatchilik faollari bilan suhbatlashdi.
– Milliy qadriyatimizga ko‘ra, yo‘l va ko‘prik qurish – savob. Odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan bu yo‘l hozirgi ulug‘ ayyom kunlarida ochilayotgani ham quvonarli. Ilgari «Sergelida 10 ta uy qursa bo‘ladimi» deganda hech kim ishonmasdi. Oxirgi besh yilda Sergeli va Yangihayot tumanlarida 800 ga yaqin ko‘p qavatli uylar qurildi, qariyb 100 ming aholi boshpanali bo‘ldi. Mana endi yo‘llari ham rivojlanyapti. Hozir mutaxassislar bilan keyingi loyihalar bo‘yicha ham maslahatlashib oldik. Ularni vaqti bilan, mehnatimiz bilan, tinchlik-osoyishtalikda amalga oshira olamiz, - dedi davlat rahbari.
Nashr etmoq





Ta'kidlanishicha, Prezident farmoni bilan davlat dasturida belgilangan 5 mingdan ortiq ko‘prikning ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.


Ma'lum qilinishicha, ko‘priklar inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, ya’ni avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarning holati qayta xatlov o‘tkazish natijalariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha jami 14534 ta ko‘prik va yo‘l-o‘tkazgich mavjud bo‘lib, shundan 7668 tasi qoniqarli, 5952 tasi ta’mirtalab va 914 tasi yaroqsiz holatda ekani aniqlangan.
Inspeksiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ta’mirtalab va yaroqsiz xoldagi inshootlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli manzilli ro‘yxatga takliflar kiritilgan.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan 2021 yilning rejasiga kiritilgan 133 ta sun’iy inshoot ob’yektlarining, hisobot davrida 105 tasida ya’ni 79% nazorat qilish ishlari o‘tkazilishi ta’minlandi. Natijada 165 ta aniqlangan qoida buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan 81 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Qurilishi tugallangan yo‘l ob’yektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etish bo‘yicha hisobot davrida jami 17 ta ob’yektlarda (qurilish - 1 ta, rekonstruksiya – 9 ta, mukammal ta’mirlash – 5 ta, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish – 2 ta) qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga binoan to‘liqligi va ijro hujjatlarining amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishi ta’minlanganligi o‘rganilib, ob’yektlar foydalanishga qabul qilindi.




TAPOiCHdagi tunnel va ko'prik transport harakati uchun ochildi


Yangi yoʻl Chimyongacha boʻlgan yoʻlni 22 kilometrga qisqartiradi va deyarli toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent va Yangibozorni bogʻlaydi..
Oʻtish joyining pastki, tunnel qismining uzunligi 593 m, aylana shaklidagi oʻrta sathining uzunligi 29 m, yoʻl oʻtkazgich qismi 502 m ga choʻzilgan.Tunnelda har bir yoʻnalishda uchta yoʻlak bor va estakadada, to'rttasi esa o'rta darajada.
“Toshkentda avtomashinalar soni oshib borishi muqarrar. Shunday ekan, oldinga siljish, ko‘chalarni kengaytirish, ko‘priklar qurish ishlarini davom ettirish zarur”, — dedi Prezident.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling