O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Beshinchi muammo ma’muriy qonunchilikda huquqiy ekspertiza jarayonining
yetarli darajada tartibga solinmaganligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari ekspertizasi tartibiga oiddir. Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida Adliya vazirligi va uning viloyatlardagi boshqarmalari ma’muriy qonunchilik hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ hujjatlarining davlat huquqiy ekspertizasi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan shug‘ullanadi, bu faoliyat, soha uchun mas’ul va javobgar bo‘lgan vakolatli davlat organi hisoblanadi. Gap shundaki, agar ma’muriy qonunchilik ijodkorligining huquqiy ekspertizasi adliya organlariga hech qanday moddiy va protsessual normalar bilan huquqiy tartibga solmasdan ishonib topshiriladigan bo‘lsa, suiiste’mollar yoki boshqa shaklda yomon oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida ma’lum bir moddiy va protsessual huquqiy normalar o‘rnatilgan. «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (197-son, 19.05.2000), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori, «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish 55 chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (304-son, 05.08.2000), «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i (2565-son, 28.02.2014), «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiton Respublikasi Qonuni (O‘RQ 213-son, 23.04.2009), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori (10.05.2010) va boshqalar shular jumlasidandir. Muammo shundaki, huquqiy ekspertiza masalasi yetarli darajada huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. To‘g‘ri, qonunchilikda huquqiy ekspertiza jarayoni, talablari va boshqa normalar mavjud. Lekin «huquqiy ekspertiza» degani «huquqiy baho berish»ni anglatadi. Ya’ni huquqiy ekspertiza o‘z tabiatiga ko‘ra «mustaqil», «neytral» («betaraf», «xolis») tarzda amalga oshirilishi shart. Shuning uchun adliya organlari ijro hokimiyatining bir bo‘lagi, ma’muriy organlardan biri sifatida haqiqatda ham mana shunday mustaqillik va neytralitetni kafolatlay oladimi degan savol tug‘iladi. Adliya organlari ham oxir-oqibat ijro hokimiyatining bir bo‘lagidir. Shu bois mustaqil, xolis, neytral tarzda ijro hokimiyatining boshqa a’zolari tomonidan qabul qilinadigan ma’muriy qonunchilikka mustaqil, xolis, neytral huquqiy baho bera olishi uchun ma’lum bir huquqiy kafolatlarga ehtiyoj seziladi. Shunday bo‘lishi kerakki, adliya organlari tashqi ta’sir, boshqa ma’muriy organlarning turli ta’siridan xoli bo‘lsin va bunday ta’sirlarga berilmasdan mustaqil, xolis, neytral, to‘g‘ri, adolatli huquqiy ekspertiza o‘tkaza olsin. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa, avvalo, adliya organlari xizmatchilari «xizmat maqomining huquqiy kafolatlari (shu jumladan, moddiy)» va «mustaqilligi», shuningdek, «formal protsessual tartiblar»ni joriy etish lozim. Masalan, huquqiy ekspertiza bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qilish uchun adliya organlari huzurida maxsus komissiya tashkil etsa bo‘ladi. Komissiya tarkibi esa faqat oliy yuridik ma’lumotga ega mutaxassislar, huquqshunos olimlar va boshqalardan tashkil topishi mumkin. Komissiya faoliyati protsessual jihatdan formal protseduralar bilan boshqarilishi lozim. Shundagina huquqiy ekspertizaning xolisligi, mustaqilligi, to‘g‘ri 56 va asosliligi ta’minlanishi mumkin. Lekin adliya organlarining xizmatchilariga hech qanday maxsus huquqiy kafolatlar taqdim etmasdan turib ularga ma’muriy qonunchilik bo‘yicha davlat huquqiy ekspertizasini o‘tkazish ishonib topshiriladigan bo‘lsa, adolatli, xolis, mustaqil qaror qabul qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu masalaning yana bir jihati bilan uning dolzarbligi oshadi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan normativ hujjatlar barcha uchun, shu jumladan, sudlar uchun ham bajarilishi majburiydir va bunday normativ hujjatlar ma’muriy organlar hamda sudlar tomonidan qaror qabul qilishda huquqiy asos hisoblanadi. Agar ma’muriy qonunchilikning huquqiy ekspertizasi yaxshi tashkil etilmasa va haqiqatda ma’muiriy qonunchilikning huquqiy ekspertizasi xolis, mustaqil, adolatli tarzda o‘tkazilmasa, bunday hujjat normativ (umummajburiy) kuchga ega bo‘lganidan keyin jamiyatdagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida xususiy shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita ma’muriy organlarning normativ hujjatlarini nizolashishning huquqiy mexanizmi huquqiy jihatdan kafolatlanmaganligini inobatga olsak, adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tgan hujjatlarga qayta huquqiy baho berish juda mushkul. Shuning uchun avvalboshdan huquqiy ekspertizani adolatli tarzda tashkil etish juda muhimdir. Ta’kidlash joizki, huquqiy ekspertiza o‘z nomi bilan, avvalo, tekshirilayotgan hujjatning «huquqqa mosligi» bo‘yicha o‘tkazilishi zarur. Erkin Hojiyevning ta’kidlashicha, «boshqaruv aktlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu ularning davlat siyosatiga mos kelishidir». 1 To‘g‘ri, normativ hujjatlar davlat siyosatiga zid bo‘lishi mumkin emas, lekin huquqiy ekspertizani amalga oshirishda eng asosiy talab normativ hujjatning «huquqqa mosligi, muvofiqligi» sanaladi. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 20-bandi: 1 Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Дарслик. – Тошкент, 2006. – Б.404 – 408; 426. 57 «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart». Bu esa ma’muriy faoliyatda qonuniylikni ta’minlash prinsipi talabi va taqozosidir. Shu jihatdan, adliya organlari ham qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasida salbiy qaror chiqarishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishi shart. Qonunchilikda esa buning aniq formulirovkalari berilishiga e’tibor qaratish lozim. Jumladan, «mumkin» degan so‘z emas, «shart», «kerak» degan aniq yuridik ta’sirga ega terminlarni ishlatgan ma’qul (quyida muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan so‘zga e’tibor bering). «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 94-bandi: «Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: a) hujjat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga zid bo‘lsa; b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktyabrdagi №469 qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza o‘tkazilmaydi; v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganida bunday 58 organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa; g) hujjat mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan boshqa talablarga javob bermasa». Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling