O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Ikkinchi mavzu: Ma’muriy reja va uning o‘ziga xos xususiyatlari Umumiy tavsifi Har bir sohadagi ma’muriy organlarning ma’lum bir maqsad va vazifalari mavjud. Bu turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan: dastur, konsepsiya, reja va hokazo (2.1-ilovaga qarang). Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy organlarning maqsad va vazifalari shu organlar faoliyatini tashkil etish haqidagi qaror 1 hamda nizomlarda 2 ham belgilanishi keng tarqalgan. Ma’muriy reja bu – ma’muriyatning faoliyatni rejali amalga oshirishga qaratilgan, ko‘zlangan maqsadlar, ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan har bir yo‘nalish va ularni amalga oshirishdagi tartib (jarayon)larni belgilab beruvchi ma’muriy sohadagi asoslar (asosiy yo‘nalish va prinsiplar)ni belgilab beruvchi harakatlarning umumiy nomlanishidir. 3 Ma’muriyat o‘z faoliyati davomida turli-tuman vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda boshqa soha xodimlari bilan ham turli munosabatlarga kirishadi. Xuddi shu paytda ma’muriyat uchun to‘g‘ri faoliyatni amalga oshirish uchun uning asosiy maqsad va vazifalari ma’muriy rejalar shaklida aniq bo‘lgani yaxshi. Turlari 1 Masalan, http://lex.uz/online da quyidagilar qidirib topildi: 1) «Ўзбекистон Республикаси давлат архитектура ва қурилиш қўмитаси фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори (№538, қабул қилинган сана 02.12.2003, кучга кириш санаси 02.12.2003; 2) «Ўзбекистон Республикаси монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитасининг фаолиятини ташкил этиш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори (№ПҚ-1293, қабул қилинган сана 02.03.2010, кучга кириш санаси 02.03.2010). 2 Masalan, http://lex.uz/online da quyidagilar qidirib topildi: Утверждено постановлением Кабинета Министров от 9 сентября 1992 г. № 421 Положение «О Высшей аттестационной комиссии при Кабинете Министров Республики Узбекистан». 3 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)» Houritsubunkasha. 2005. – P.76. 68 Ma’muriy rejani har xil tasniflar asosida amalga oshirish mumkin. Lekin biz ma’muriy huquq predmetidan kelib chiqib uning eng asosiy turi bo‘lmish huquqiy tabiatiga ko‘ra turlarini ko‘rib chiqamiz. Ma’muriy reja jismoniy shaxslarning huquqiy holatiga ta’siri yuzasidan huquqiy ta’sir ko‘rsatadigan va huquqiy ta’sir ko‘rsatmaydigan turlarga ajratiladi. O‘z navbatida, huquqiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’muriy rejalar regulyativ (cheklovchi) va taqdim qiluvchi ma’muriy rejaga tasniflanadi. Regulyativ (cheklovchi) ma’muriy reja yangidan huquqlarni cheklash va yangidan majburiyatlar o‘rnatish kabi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan ma’muriy rejalardir. Taqdim qiluvchi ma’muriy reja deb qandaydir soliq imtiyozlari yoki maxsus moliyalashtirish tartibini nazarda tutish kabi alohida huquqiy manfaatlarni olish maqomini belgilaydigan rejalarga aytiladi. 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling