Xulosa
Ma’muriy organlar tomonidan amalga
oshiriladigan turli harakatlar, shu
jumladan, ushbu o‘quv qo‘llanmada tahlil qilingan ma’muriy qonunchilik
ijodkorligi, ma’muriy reja, ma’muriy tekshirish hamda ma’muriy
protsess
ma’muriy organlarning ma’lum bir qaror chiqarishi, davlatning ma’muriy-huquqiy
munosabatlari eng muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma
doirasida mana shunday ma’muriy harakatlar yoki ma’muriy faoliyatning
ma’muriy-huquqiy asoslari tahlil qilindi.
O‘quv qo‘llanma doirasida ma’muriy faoliyatning ko‘rinishlari
sifatida
ma’muriy qonunchilik ijodkorligi, ma’muriy
tekshirish, ma’muriy reja hamda
ma’muriy protsesning umumiy tavsifi, huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligidagi muammolar, xorij tajribasi va uning tahlili keltirib o‘tildi.
Albatta, o‘quv qo‘llanma doirasida o‘zbek va xorijiy huquqshunos olimlarning
ilmiy fikrlari tanqidiy tahlili ham amalga oshirildi.
Muallif bunday tahlillarni
konstruktiv va produktiv tarzda amalga oshirilganligiga umid qiladi.
Muallif ham yosh huquqshunos-olim bo‘lganligi bois ba’zi bir bahsli fikrlar
bildirgan bo‘lishi tabiiy. Muallif bunday kamchiliklar borasida kelajakda yana ham
chuqur
izlanishlar olib borib, ularni tuzatishga harakat qiladi hamda boshqa olimlar
tomonidan tanqidiy fikrlarni kutib qoladi. O‘ylaymizki,
bunday ilmiy izlanish
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq rivoji, o‘z o’rnida,
mamlakatimiz
huquq sohasining rivojlanishi, umuman olganda, davlatimizning xalqaro miqyosda
o‘zining munosib o‘rnini egallashiga va rivojlanishiga xizmat qiladi.