47
xususiyatga
ega
hujjatlar
va
boshqalar)
kiritilishiga
yo‘l
qo‘yilmaydi.
Umummajburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umummajburiy davlat ko‘rsatmalari
sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va
qo‘llanilmaydi».
Aslida, ushbu muammo amaldagi qonunchilikka ko‘ra noqonuniy hisoblanadi va
bunday hujjat asosida ma’muriy individual akt chiqarish ham mumkin emas. Shuning
uchun ma’muriy amaliyotda xususiy shaxslar ham, ma’muriy organlar ham yuqorida
ta’kidlangan noqonuniy xatti-harakatlarning bajarilmasligini talab qilishlari va
e’tiborli bo‘lishlari lozim.
Ikkinchi muammo ma’muriy organlar (shu jumladan,
vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralari)ning o‘z sohalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari
yuqorida ta’kidlangan delegatsiya (topshiriq) asosida qabul qilinmasligidir.
Ta’kidlash joizki, «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 11-
moddasida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari
asosida hamda ularni ijro
etish uchun qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi belgilangan.
Ushbu qonunning 12-moddasida ham vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralarining
normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
asosida hamda ularni
Do'stlaringiz bilan baham: