O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

 
Xulosa 
Ma’muriy organlar tomonidan amalga oshiriladigan turli harakatlar, shu 
jumladan, ushbu o‘quv qo‘llanmada tahlil qilingan ma’muriy qonunchilik 
ijodkorligi, ma’muriy reja, ma’muriy tekshirish hamda ma’muriy protsess 
ma’muriy organlarning ma’lum bir qaror chiqarishi, davlatning ma’muriy-huquqiy 
munosabatlari eng muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma 
doirasida mana shunday ma’muriy harakatlar yoki ma’muriy faoliyatning 
ma’muriy-huquqiy asoslari tahlil qilindi.
O‘quv qo‘llanma doirasida ma’muriy faoliyatning ko‘rinishlari sifatida 
ma’muriy qonunchilik ijodkorligi, ma’muriy tekshirish, ma’muriy reja hamda 
ma’muriy protsesning umumiy tavsifi, huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligidagi muammolar, xorij tajribasi va uning tahlili keltirib o‘tildi. 
Albatta, o‘quv qo‘llanma doirasida o‘zbek va xorijiy huquqshunos olimlarning 
ilmiy fikrlari tanqidiy tahlili ham amalga oshirildi. Muallif bunday tahlillarni 
konstruktiv va produktiv tarzda amalga oshirilganligiga umid qiladi. 
Muallif ham yosh huquqshunos-olim bo‘lganligi bois ba’zi bir bahsli fikrlar 
bildirgan bo‘lishi tabiiy. Muallif bunday kamchiliklar borasida kelajakda yana ham 
chuqur izlanishlar olib borib, ularni tuzatishga harakat qiladi hamda boshqa olimlar 
tomonidan tanqidiy fikrlarni kutib qoladi. O‘ylaymizki, bunday ilmiy izlanish 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq rivoji, o‘z o’rnida, mamlakatimiz 
huquq sohasining rivojlanishi, umuman olganda, davlatimizning xalqaro miqyosda 
o‘zining munosib o‘rnini egallashiga va rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling