O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
-bob. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
Download 1.42 Mb.
|
528-sonli qaror
3-bob. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
33. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza yuboradi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari; standart namunalarning nomlanishi, belgilanishi va qo‘llanilish sohasi; ishlab chiqaruvchi mamlakat (ishlab chiqaruvchi); standart namunaning identifikatsiya belgisi va ishlab chiqarilgan yili. 34. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: standart namuna; standart namuna pasporti; texnik topshiriq loyihasi; standart namunaning ekspluatatsiya va texnik hujjatlari. 35. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 36. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 34-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin. 37. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va natijalar ijobiy bo‘lganda standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda — ariza beruvchiga qiyoslash o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin. 38. Ijrochi to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) o‘tkazadi. 39. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi. 40. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi dalolatnomada ko‘rsatilgan e’tirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qiladi. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin texnik topshiriqni qayta ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun to‘lov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi. Ekspertiza o‘tkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak. 41. Texnik topshiriq kelishilgandan so‘ng ariza beruvchi texnik topshiriqqa muvofiq metrologik va texnik tavsiflarni aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlarini o‘tkazadi, texnik hisobot tuzadi va ekspertiza o‘tkazish uchun ijrochiga taqdim etadi. 42. Standart namunani metrologik attestatsiyadan o‘tkazish doirasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan o‘tkaziladi. 43. Ijrochi texnik hisobot olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida standart namuna hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi. Oldingi tahrirga qarang. 44. Standart namunani metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida standart namunalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari mavjud bo‘lgan hujjatlarni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida standart namunani reyestrda ro‘yxatga oladi. (44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son) 45. Standart namuna hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablari ko‘rsatilgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi. 46. Ijrochi standart namuna reyestrda ro‘yxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha reyestrda metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiradi. Oldingi tahrirga qarang. Reyestrga kiritilgan standart namunalar ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi. (46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son) 47. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi. 48. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati metrologik tavsiflar vaqtida o‘z barqarorligini saqlagan standart namuna uchun uzaytiriladi. 49. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi ijrochiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beradi. 50. Arizaga standart namunaning metrologik tavsiflarining barqarorligi to‘g‘risida ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan barqarorlikni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi texnik hisobot shaklidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. 51. Zarurat bo‘lganda ekspertiza o‘tkazayotgan ijrochi arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchiga tashrif buyurgan holda standart namunani qo‘llab standart namuna metrologik tavsiflarining barqarorligiga oid o‘lchashlar o‘tkazish sharoitlari bilan tanishish huquqiga ega. 52. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan standart namunalar bundan mustasno. 53. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan qolgan harakatlar ushbu Qoidalarning 33 — 46-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling