O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalaridan barqaror rivojlanish maqsadlarini olishdagi muommolar. Reja


Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir


Download 0.84 Mb.
bet2/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1397650
1   2   3   4   5
Bog'liq
03.02.2020

Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir.





Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir.











Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etadi. 

Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ekspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilib, Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritildi.


Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilaetgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib bu qonunlarni yana ko‘p yillarga hizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.

Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari ayniqsa diqqatga sazovordir. 

Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling