O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Reja
Download 79.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqO1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Halqimizning tarixiy qadriyatlaridan hisoblangan Navro’z bayramini
- Yangi yil bayrami
- Mustaqillik bayrami
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tuzilmasi faol rivojlantirilmoqda. Oliy o'quv yurtlarida yo'nalish bo'yicha nomzodlik doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatmoqda.2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan. Yuzaga kelgan yangi tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. Zero, dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta’minlar edi. Xulosa Halqimizning tarixiy qadriyatlaridan hisoblangan Navro’z bayramini milliy ana’analardan biri sifatida keltirishimiz mumkin. Navro’z (forschada “navro’z” – yangi kun ma’nosini anglatadi) – Turkiston, o’rta va yaqin Sharqda yashovchi o’zbek, ozarbayjon, tojik, hind, fors va boshqa xalqlarning qadimiy an’anaviy Yangi yil bayrami. Shamsiya hisobida yilning birinchi kuni bo’lib, bahorgi tun va kunning tengligiga, ya’ni 21-22 martga to’g’ri keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Navro’zni bayram qilib o’tkazish ahamoniylar davri (miloddan avvalgi VI-V asrlar)dan boshlangan. Mustaqillik sharofati bilan 1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi hamda 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Download 79.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling