O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Download 53.5 Kb.
|
Ta'lim tizimi islohotlari
O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Barcha sohada bo'lganidek Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida ham turli islohotlar o'tkazildi.Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida” gi farmonida, ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.Ulug’ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.2017-yil 14-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilindi.Ilg’or xalqaro imtihon tizimlari(TOEFL, IELTS, SEFR, SAT General, SAT Subjekt va h.klar) sertifikatlariga ega bo’lgan abiturientlarga kirish imtihonlarida tegishli bo’lgan fandan maksimal ball berish yo’lga qo’yildi.Xalqaro fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o’rinlarni egallagan abiturientlar uchun maxsus grant kvotalari ajratildi.Prezident topshirig’iga ko’ra o’quvchi, talabalar hamda ijtimoiy soha hodimlarini majburiy mehnatga jalb qilinmaydigan bo’ldi.O’zbekistonda ilk marotaba ta’labalar uchun ta’lim grantlari hamda stipendiyalar e’lon qilishga mo’ljallangan www.metsenat.uz loyihasi ishga tushdi.2019-yil 20-fevral “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroro imzolandi2020-2021 o’quv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar uchun maxsus 4% li kvotalar ajratildi.2018-yil 5-aprel “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Prezident qarori.2018-yil 5-sentabr “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident Farmoni.O’zbekiston va xorijiy OTM larning o’zaro kelishuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlari asosida ta’labalarni o’qitish tashkil etildi va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etildi.2020-yil Toshkent shahrida Yaponiya bilan hamkorlikda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi.2020-yil 31-dekabr“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.Pandemiya sharoitida talabalarga o’qishni onlayn (masofaviy) yoki an’anaviy davom ettirishni tanlash imkoniyati berildi.2021-2022-o’quv yilidan boshlab xotin-qizlar uchun ajratilgan grantlar soni 2000 taga yetkazilishi belgilab qo’yildi.Toshkent yoshlar forumida president Shavkat Mirziyoyev IELTS, TOEFL, GMAT, va SAT imtihonlarida maksimal ballning 75%ini to’plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to’liq qoplab berilishini ma’lum qildi.2019-2020- o’quv yilidan boshlab abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida Hujjat topshirishda so’raladigan hujjatlar soni kamaytirildi.2018-yil 3-iyun kuni “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to’g’risida” qonun imzolandi.(Koreya Respublikasi)2018-yil 29-iyun “Samarqand shahrida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to’g’risida”gi qaror imzolandi.2002-yilda Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Westministr International Universitetining fillilali ochildi.2018-yil 21-iyun kuni “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror imzolandi.2009-yil Italiyaning Turin Politexnika universitetining Filliali ochildi.2018-yili Koreyaning YEOJU institutining filliali ochildi.2007-yil Singapurning Menejment institutining filliali tashkil etildi.Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda 5 ta nodavlat universitetlat tashkil etildi.2014-yilda Koreya bilan hamkorlikda Inha universiteti tashkil etildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda Toshkentdagi Prezident Universitetida Oksford ta'limi joriy qilinishi haqida ma'lumot berdi «Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», – dedi davlat rahbari. «Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi – ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidlagan prezident. 2021-2022 o‘quv yilidan boshqa barcha hududlarda Prezident maktablari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Prezident maktablari qurilish ishlari olib borildi.2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling