Internet provayderlari va ularning vazifalari
Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.
Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular:
Sayt tushunchasi
Veb-sayt inglizcha “site” so’zidan olingan bo’lib, joy, joylashish kabi ma’nolarni bildiradi.
Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish mumkin bo’lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy.
Veb-sayt bosh sahifasida saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo’ladi.
Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi.
Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Web portal tushunchasi
Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so’zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko’rsatuvchi yirik veb-sayt.
Portallar gorizontal (ko’p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag’ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo’lishi mumkin
Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi:
Elektron pochta
Ma’lumotlarni qidirish
Veb-saytlarni joylashtirish
Konferensaloqalarni taqdim etish
Yangiliklar
forumlar va x.k
Do'stlaringiz bilan baham: |