O‘zbekiston respublikasidagi saylov tizimi
Download 14.5 Kb.
|
Ad0lat saylov tizimi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI SAYLOV TIZIMI Mavzu ustida ishlash natijasida: – demokratik davlatda saylovlarning ahamiyati haqida; – mavjud saylov tizimlari, ularning prinsiplari va samaradorligi haqida; – O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimining xususiyatlari haqida bilib olasiz. 1. Umumxalq saylovi – mamlakat taraqqiyot yo‘lini tanlashdir. 2. Saylovning qaysi modeli yaxshiroq? 3. Demokratik saylov prinsiplari. 4. Saylovlar o‘tkazilishi ustidan nazorat. 1. UMUMXALQ SAYLOVI – MAMLAKAT TARAQQIYOT YO‘LINI TANLASHDIR Demokratik jamiyatda davlat o‘z fuqarolari manfaatlarini muhofazalashga va ularning turmushini yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilishga da’vat etilgan, ya’ni hokimiyat organlari xalqqa bo‘ysundirilgan va unga xizmat qiladi. Umumxalq saylovlari yo‘li bilan davlat hokimiyati organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning muhim alomatlaridan biri hisoblanadi. Har bir fuqaro o‘z ovozini berish asnosida hokimiyatga da’vogarlik qilayotgan turli kishilarga, siyosiy partiyalarga o‘zining munosabatini bildiradi. U saylab qo‘yiladigan organlarni shakllantirishda ishtirok etishga, ya’ni ularning tarkibiga saylash va saylanishga haqlidir.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan.Asosiy qonun belgilaydi “Saylov” atamasi ovoz berish yo‘li bilan saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarini shakllantirishni anglatadi. Shunday ekan, eng munosibini saylash imkoniyati tug‘ilishi uchun bir necha nomzodlar bo‘lishi kerak. Bunday saylov muqobil saylov deb ataladi. Muqobil bo‘lmaganda saylovchilarda taklif etilgan nomzodni saylashni rad etish imkoniyati bo‘lishi lozim. 2. SAYLOVDA QAYSI MODEL YAXSHIROQ? Saylovlar o‘z-o‘zicha demokratiya kafili bo‘la olmaydi. Buning uchun saylov tizimining ahamiyati muhimdir. Saylov tizimi– davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibidir. Xalqaro amaliyotda saylov tizimining turli modellari mavjuddir: majoritar va proporsional.Majoritar tizimda saylovchilarning qonun bilan belgilangan ko‘pchilik ovozini (kamida 51%) olgan nomzod ayni shu saylov okrugi bo‘yicha saylangan hisoblanadi.“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunda (2003-yil 29-avgustdagi yangi tahriri, o‘zgartirishlar kiritilgan) majoritar tizim belgilangan.Ovoz berishda qatnashgan saylovchilar ovozining yarmidan ko‘pini olgan nomzod Oliy Majlis deputatligiga saylangan hisoblanadi.“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonun, 44-modda. Agar nomzod saylovlarda ishtirok etgan saylovchilar ovozining yarmidan kamini olsa, eng ko‘p ovozlar miqdorini olgan ikki nomzod qatnashadigan ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovozlar sonini olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Proporsional (mutanosiblik) saylov tizimi asosiga saylovchilar tomonidan partiya uchun berilgan ovozlar va partiya tomonidan olingan deputat vakolatlarining qonuniyligini guvohlantiruvchi hujjatlar o‘rtasidagi proporsionallik (mutanosiblik) prinsipi qo‘yilgan.Bunday tizimda siyosiy partiyalar tomonidan familiyasiga qarab emas, balki ro‘yxatlar bilan ko‘rsatiladi va saylovchilar umumiyligicha u yoki bu partiyaning ro‘yxatiga ovoz beradilar.O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimini tanlashda mamlakatda shakllangan an’analar va siyosiy tizim rivoji darajasi inobatga olingan. Qonun belgilaydi Aksariyat huquqshunos olimlar va siyosatshunoslar mamlakatimizda majoritar tizimdan foydalanish ko‘proq maqsadga muvofiqdir, negaki u qo‘llashda ancha oddiy va barqaror siyosiy tartibot sharoitida, ayniqsa, samaralidir, degan xulosaga kelishdi. 3. DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni saylov tizimining negizi bo‘lib, ularda saylov tizimining demokratik prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgan.Umumiylik prinsipi ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tishning ochiqligini ta’minlaydi. Saylov o‘tkaziladigan kunga qadar 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqi havola etilishi lozim.Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, mashg‘ulot turi va xarakteridan qat’i nazar, teng saylash huquqiga egadirlar.“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonun, 3-modda.Saylov uchastkalari ishining tashkil etilishi ham saylov huquqi umumiyligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. U saylovchilarga maksimal qulay shart-sharoitlar yaratib beriladigan bir tarzda tashkil etiladi: saylov uchastkalari yashash joyiga bevosita yaqin joylashtiriladi; saylov dam olish kuniga tayinlanadi va ertalab soat 6 dan kechqurun soat 20 gacha davom etadi; ovoz berish joyi to‘g‘risida har bir saylovchiga bildiriladi; tiqilinch navbatda turishlar va ovoz berish uchun boshqa to‘sqinliklar bo‘lmasligi maqsadida ovoz berish uchun zarur miqdorda maxsus xonalar jihozlanadi.Basharti, salomatligi holatiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra saylovchi saylov uchastkalariga kela olmasa, ularning iltimosiga binoan ovoz berish o‘z yashaydigan joyda tashkil etiladi.Qonun belgilaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan.Saylovchilar ularning familiyalari ro‘yxatlarga kiritilganiga hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotlar soxtalashtirilmaganiga ishonch hosil qilishlari uchun saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxatlari ular tanishib chiqishlari uchun osib qo‘yiladi.Tenglik prinsipi har bir saylovchining ovozi teng kuchga ega ekanligini anglatadi.Yashirinlik prinsipi saylovchiga qandaydir chetdan nazoratsiz va begonalarning ishtirokisiz ovoz berishni kafolatlaydi. Ovoz berish sirini ta’minlash maqsadida saylovchi maxsus tayyorlangan kabinaga kiradi, saylov byulletenini to‘lg‘azadi, ya’ni o‘zi qarshi ovoz beradigan nomzodlar familiyasi ustiga chizadi va uni o‘zi qo‘li bilan saylov qutisiga tushiradi. Oliy Majlis deputatlari saylovida ovoz berish erkin va yashirindir. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi bildirilishi ustidan nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda. Ochiqlik prinsipi saylov vaqtida qoidabuzarlik imkoniyatini cheklaydi, ovozlar sanalayotganda va rasmiy natijalarni e’lon qilayotganda halollik bo‘lishini ta’minlaydi.Asosiy qonun belgilaydi Qonun belgilaydi 4. SAYLOVLAR O‘TKAZILISHI USTIDAN NAZORAT Saylov kampaniyasida saylovlar ustidan nazorat qilish imkoniyati muhim masaladir. Bu narsa ular qanchalik demokratik tarzda, halol va to‘g‘ri o‘tkazilganini baholash imkonini beradi.Ham chet ellik, ham mahalliy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov o‘tkazilayotgan davlatning nufuzini oshirishi mumkin, ayni mahalda bunda kuzatuvchilar saylov jarayoniga aralashmaydilar, balki faqat unga mustaqil baho beradilar, xolos.Saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishdagi barcha tadbirlarda, shuningdek, ovoz berish xonalarida saylov kunida va ovozlar sanalayotganda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radiodan vakillar, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar ishtirok etishga haqlidirlar.Saylov faqat siyosiy partiyalar yoki guruhlar qarashlarini emas, butun xalq manfaatlarini ko‘zlab o‘tkazilishi lozim. Har bir fuqaro agar o‘zi ovoz bermagan nomzod hukumat tepasiga kelgan taqdirda ham, huquqlari va manfaatlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi lozim. Siz qanday hisoblaysiz? 1. Nima deb o‘ylaysiz, garchi inson 16 yoshda pasport olsa ham, saylovlarda 18 yoshdan boshlab ishtirok etadi, jinoiy javobgarlik esa ba’zi hollarda 13 yoshdan boshlanadi? 2.Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarini istisno qilganda, hukumat a’zolari, Bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari nima uchun deputat etib saylangan taqdirda egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Oliy Majlis deputatligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinadi? 3.Nega hokimiyatning davlat organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonuniga saylovlarga kelmaganlik uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qoida kiritilmagan? davlat hokimiyati organlarini umumxalq saylovlari orqali shakllantirish;ovoz berish – hokimiyatga da’vogarlik qilayotgan turli shaxslar va partiyalarga munosabatni bildirish shakli;saylash huquqi – 18 yoshdan boshlab, mamlakat fuqarolari; saylov huquqidan mahrum etilganlar: huquqiy layoqatsizlar, qamoq joylarida saqlanayotganlarmuqobil saylov; majoritar va proporsional saylov tizimi; umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi; yashirin ovoz berish; nazorat: saylovlarda kuzatuvchilarning hozir bo‘lishi; saylov to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik. Download 14.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling