O’zbekiston Respublikasining 022-2026 yillarga mo’ljallangan Yanigi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasi to’g’risida Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi
Download 42.37 Kb.
|
Kirish Abdumalik (2)
Kirish O’zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yanigi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasi to’g’risida Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi 1 va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi. Uy joylar qurilishini va qurilish materiallarini sanoatini qo’llab quvvatlashning qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida Respublikamizada qurilish sohasini va qurilish materiallarini ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini ta’minlash, uy-joy qurilishi bozorida talab va taklif nomutanosibligini qisqartirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-son farmoniga muvofiq respublikaning 24 ta tuman va shaharlari qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilganligi. 2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining: 1-ilovaga muvofiq respublikaning 8 ta tumanida xomashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish; 2-ilovaga muvofiq respublikaning 16 ta tuman va shaharlarida boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish; har bir hududda kamida bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish obyektlarini loyihalashtirish va tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan. 3. 2022-yilda yangi tashkil etiladigan qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4.2022-yil 1-martdan boshlab: barcha yuridik shaxslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi; 2024-yil 1-yanvarga qadar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. 5. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda: 2022-yil yakuniga qadar kapital bozorlari konyunkturasidan kelib chiqib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 300 million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda xalqaro korporativ obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million AQSh dollari miqdorida Hukumat kafolatisiz xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini jalb qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-son Farmoniga ko‘ra Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ajratilgan kredit liniyasini 5 yil muddatga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin. 6. Qurilish vazirligi qurilishda energiya tejamkor materiallarni keng joriy etish orqali uy-joy qurilishi vaqti va tannarxini pasaytirish maqsadida: “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda va keyinchalik doimiy ravishda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida mazkur qarorga 4-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan energiya tejamkor devorbop qurilish materiallardan foydalanishning afzalliklari yuzasidan keng targ‘ibot qilib borsin; “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning filiallari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ularda energiya tejamkor devorbop qurilish materiallari qo‘llanganligiga alohida e’tibor qaratilishini ta’minlasin. 7. 2022-2023-yillarda yangi noruda konlarini shakllantirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning manzilli rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun 2022-2023-yillarda Davlat budjetidan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga geologiya-qidiruv ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. 8. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 400 ta foydali qazilma kon uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlasin. 9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi S.S. Annaklichev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilangan. O‘zbek halqiga, millatimizga berilgan ta’riflar orasida bunyodkor degan so‘zni ko‘p eshitamiz, ishlatamiz. Darhaqiqat bunyodkorlik, qurilish qilish qonimizda bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kundagi bunyodkorlik jarayoni esa sifatli qurilish mahsulotlarini talab qilmoqda. Sifat esa raqobat degani. Shu bois, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirish davr talabi. Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma ob’ektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishida qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortadi. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallar ishlab chiqarish, sohaga investorlarni keng jalb qilish orqali yirik loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli\ ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida esa sohada jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Ayni kunda yurtimizda 13 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yillarda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 180 tadan oshib ketdi. Ta’kidlash joiz, qurilish sohasi xususan qurilish materiallarini ishlab chiqarishga investitsiyalarni keng jalb etish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish va sifatni oshirishga, eng muhimi bugungi kundagi ustivor vazifa aholini ish bilan ta’minlash kabi vazifalarni bajarish mumkin. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2016 yilda Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 6 831,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa bugungi kelib bu ko‘rsatkich 22 trln so‘mga yetgan. Ya’ni sohadagi o‘sish sur’ati 2 yarim barobarga yetganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, 2020 yil maboynida 12,5 mln tonna sement (o‘sish 1,7 barobar), 56,5 mln kv metr qurilish oynasi (7 barobar), 18 mln.kv.m keramik plitkalar (124 barobar), 61 mln kv metr gipsokarton (1 barobar), 650 ming dona santexnik buyumlari (5,2 barobar) o‘sishi ta’minlandi. Eksport hajmi 2016 yilda 55,3 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 200 mln dollarni tashkil etdi. Shuningdek, Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari ham 2016 yilga qaraganda 70 taga ko‘payganini, korxonlar soni ham 12 yarim mingtagacha ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin. Valyuta bozorini liberallashtirilganligi, boshqa davlatlar bilan xamkorlikni kengayganligi va ochiq siyosat olib borilayotganligi, mahalliy va xorijiy investorlarga keng yo‘l ochilganligi, bir qancha imtiyozlar va sharoitlar yaratilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi hamda bank sektori rivojlanib, imtiyozli kreditlar ko‘payganligi sababli qurilish materiallari sohasida ham o‘tgan besh yilda katta siljishlar bo‘ldi, hususan 2016 yildan 2021 yilgacha 7385 ta investitsiya loyiha bo‘yicha 5386 mln dollar o‘zlashtirildi: Download 42.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling