oshiriladi.
13-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektida qo’llaniladigan texnika
qurilmalarini sertifikatlashtirish.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektida qo’llaniladigan texnika qurilmalari sanoat
xavfsizligi talablariga muvofiqligi jihatidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
majburiy sertifikatlashtirilishi kerak.
14-modda. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini
litsenziyalash
Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza ob’yektining unga nisbatan
qo’yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazilishi
kerak:
xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik
jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektida qo’llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan
foydalanish bilan bog’liq boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o’tkazish uchun belgilangan tartibda
akkreditatsiyaga ega bo’lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan
foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo’ljallayotgan tashkilot mablag’lari
hisobidan o’tkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o’tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: