O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 1992-yilda qabul qilingan mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi Vatanimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi
Download 4.89 Kb.
|
kons
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 1992-yilda qabul qilingan mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi Vatanimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bosh qomusimiz qabul qilingan kun alohida Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. U xalqimizning istiqlol va ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashi natijasi, milliy manfaatlarimiz va intilishlarimizga asoslangan va xalqaro huquq normalari bilan qiyoslangan muhim manba bo‘ldi. Bosh Qonunimiz mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy sohalardagi ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi turmush farovonligini yuksaltirishning huquqiy asosi va ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bugungi kunda, hayotimizda qanday ulkan, hal qiluvchi o‘rin tutayotgani barchaga ma’lum. Ta’kidlash joizki, hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz biz uchun yangi davlat va jamiyat qurishning eng muhim prinsip va maqsadlarini, vazifa va normalarini belgilab berdi. Tarix zarvaraqlariga bitilgan, Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan maqsadlarimiz va prinsiplarni amalga oshirish yo‘lidagi uzluksiz davom etadigan, hayotimizni kundan-kunga farovon, erkin va ozod qiladigan jarayon, ayni haqiqatligini davrning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Konstitutsiyamizda belgilangan davlat va jamiyat qurilishining eng muhim prinsip va maqsadlarini, vazifa va normalari asosida mamlakatimiz tarixan qisqa muddat ichida sobiq ittifoq tarkibida asosan paxta xomashyosi yetkazib beradigan, salohiyati past, aholisining hayot darajasi eng qoloq respublikadan barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgan, ko‘p qirrali iqtisodiyotga ega bo‘lgan zamonaviy davlatga aylanganini bugun xalqaro miqyosdagi e’tiroflar misolida ko‘rish mumkin. Bu muvaffaqiyatlarga, ayniqsa, hali-hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz paytida erishilayotgani, iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 9 barobardan ziyod o‘sgani, so‘nggi 11 yildan buyon yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari barqaror ravishda, 8 foizdan yuqori bo‘lib kelayotgani dunyoda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb tan olingan dasturning hayotbaxsh ifodasidir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili sifatida odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib bormoqda. Albatta, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida konstitutsiyamizning eng muhim tamoyillaridan biri, «o‘zbek modeli» deb nom olgan yangi jamiyat barpo etishning 5 tamoyilidan biri bo‘lgan qonun ustuvorligi va qonunchilikka rioya qilishdir. Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, Konstitutsiyamizda ilgari surilgan bosh maqsadimiz — faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurishdir. Konstitutsiyaning ustuvorligi yana shunda namoyon bo‘ladiki, unga nafaqat shu davlat fuqarolari, balki davlatning o‘zi ham rioya qilishi kerak. Huquq va davlat o‘zaro bog‘liq bo‘lgandagina jamiyatda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi ta’minlanadi. Konstitutsiyaning yana bir muhim jihati shundaki, u asosiy g‘oyalarni mustahkamlaydigan siyosiy-huquqiy hujjat sifatida muayyan tarzda shaxs tafakkuri va dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yurtimiz Konstitutsiyasida ham zamonaviy demokratik davlatlar konstitutsiyasi kabi barchaning qonun oldida tengligi, shaxsning davlatga nisbatan ustuvorligi, davlatning inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilish majburiyati kabi insonparvarlik tamoyillariga katta ahamiyat berilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 14-moddasida «davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi» deb qayd etilgan. O‘z o‘rnida, ushbu mezonlarni jamoatchilik ongiga singdirish har bir fuqaroning qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirishga ko‘maklashadi, deyish mumkin. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish davlat-huquq me’yorlarini yaratish bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu me’yorlarning yaratilishi yagona maqsad emas, balki ular jamoatchilik hamda tegishli davlat organlari faoliyatiga tatbiq etish uchun mo‘ljallangan. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon o‘tgan 24 yil mobaynida uning qoidalari hayotga izchil joriy etilib kelinmoqda. Ulkan mehnatlar evaziga yaratilgan Bosh Qomusimiz abadul-abad nafaqat demokratik taraqqiyotimizning kafolati, balki ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Zero uning bosh g‘oyasi insonparvarlik, fuqarolarning ozod mamlakatda erkin va farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Download 4.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling