O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun
zarur bo‘ladigan hujjatlar Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. 74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash Oldingi tahrirga qarang. Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qo‘yish va zarur bo‘lganda shtamplar qo‘yish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamg‘alash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa o‘lchamda tasvirlash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamg‘alanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamg‘alanishidan foydalanish. Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. (74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Vakolatli shaxsning so‘roviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar to‘g‘risida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil ma’lumotlarni tadqiq etish yo‘li bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash ta’minlanishi mumkin. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan bo‘lsa; ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan bo‘lsa; bojxona hududida o‘xshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan bo‘lsa. Oldingi tahrirga qarang. Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi. (74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086- son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling