O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida
Download 16.93 Kb.
|
gazeta konstitutsiya
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda belgilangan qoidalar amaliyotda bir yarim yil mobaynida sinovdan o‘tdi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasiga kiritildi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash borasidagi barcha ishlar Prezidentimiz Islom Karimovning bevosita rahbarligida amalga oshirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaning ustuvor vazifasi demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy qonun loyihasini tayyorlash edi. Loyihani tayyorlash chog‘ida Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarining konstitutsiyalari o‘rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi va inson huquqlariga oid xalqaro xujjatlarni inobatga olgan holda tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Ushbu o’tgan yillar davomida bosh qomusimizga bir necha bor tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan: 2003-yilning 24-aprelida XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar; 2007-yil 11-aprelda 89-moddaga va 93-moddaning 15-bandiga hamda 102-moddaning 2-qismiga tuzatishlar; 2008-yil 25-dekabrda 77-moddaning 1-qismiga o‘zgartirish; 2011-yilning 18-aprelida 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar; 2011-yilning 12-dekabrida 90-moddaning ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritildi. Konstitutsiyamiz, avvalo, o‘zida milliy xususiyatlarimizni aks ettiradi, ikkinchidan, u jahon andozalariga mos keladi. Biz Asosiy qonunimizning har bir bandi, jumlasi, ifodasi, so‘zi haqida o‘ylashimiz, uni tushunib olishimiz, unga amal qilishimiz zarur va shart. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir. Qomusim
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor. Fidodirman toki tanda qonim bor, Men elimning Qomusini kuylayman! Iymonli elimning baxtli farzandi, Mehnatdan baxt topgan asalu qandi. Farovon zamonam porloq dilbandi, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan! Mustaqil diyorimni himoya etgan, Dono hur fikrlari jahonga yetgan. El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon. Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan! Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim, Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim. Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim, Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan, Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan! Download 16.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling