O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

265-modda. Garov turlari
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-moddasi
.
Garovga qo‘yiladigan mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o‘tkazilganda
garov zakalat deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 
II bo‘limi
.
Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish ipoteka hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264

266 — 289-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
266-modda. Garovga qo‘yuvchi
Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.


Garovga qo‘yiladigan huquqning egasi bo‘lgan shaxs huquqni garovga qo‘yuvchi bo‘lishi
mumkin.
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
264

265

270-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Garov
to‘g‘risida”gi Qonunining 
7, 8-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
15-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling