O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

5-§. Kafolat
299-modda. Kafolat tushunchasi
Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa
shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga
muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma
taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
259
,
 300 — 310-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
37, 38-bandlari
.
300-modda. Prinsipalning majburiyatlarini kafolat bilan ta’minlash
Kafolat prinsipalning benefitsiar oldidagi o‘z majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim
darajada bajarishini ta’minlaydi.
Kafolat berilgani uchun prinsipal kafilga haq to‘laydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
259

299

301 — 310-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
37, 38-bandlari
.
301-modda. Kafolatning asosiy majburiyatdan mustaqilligi
Kafilning benefitsiar oldidagi kafolatda nazarda tutilgan majburiyati ular o‘rtasidagi
munosabatlarda bajarilishini ta’minlash uchun shu kafolat berilgan asosiy majburiyatga, garchi
kafolatda ushbu majburiyatga havola qilingan bo‘lsa-da, bog‘liq emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
259

299, 300

302 — 310-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini


ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son
qarorining 
39-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling