O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Shartnoma tuzish erkinligi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu
Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
(354-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnoma (aralash
shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar
taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar
qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni
qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
(354-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli
qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib,
uning qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni
belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma
bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa,
tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish
muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353

358-moddasi
, 361-moddasining 
birinchi qismi

377-moddasi
, 379-
moddasining 
birinchi qismi

459-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
2-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling